19-modda. Vakil tomonidan shikoyatlar koʻrib chiqilayotganda inson huquqlari himoya qilinishining kafolatlari
“Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (669-II-son) · Sana: 27.08.2004 · Amalda
Vakilga shikoyat bergan shaxs, shuningdek Vakil tomonidan axborot toʻplash va uni tahlil etish yoki ekspert bahosi berish topshirilgan shaxslar bunday harakat uchun taʼqib qilinishi yoki huquqlari boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.
Vakil tomonidan shikoyatlar koʻrib chiqilayotganda jismoniy shaxsning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyiga, shuningdek yuridik shaxslarning mulk shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakllari va boshqa holatlarga qarab kamsitilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
