15-modda. Vakilning faoliyatiga koʻmaklashish
“Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (669-II-son) · Sana: 27.08.2004 · Amalda
Mansabdor shaxslar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligiga taalluqli, Vakil soʻragan hujjatlar, materiallar hamda boshqa maʼlumotlarni taqdim etishlari shart.
Vakil oʻz faoliyatiga doir masalalar boʻyicha davlat organlarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi.
Faoliyati davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlar bilan bogʻliq tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga Vakilning kirishi tartibi, shuningdek davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni Vakilga taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Vakilning faoliyatiga toʻsqinlik qilish belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
