.
28.05.2015
Nota
Janobi oliylari,
Men Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisida 2005-yil 10-mayda Toshkent shahrida imzolangan Bitimga (keyingi oʻrinlarda “Bitim”) havola qilgan holda, unga kuyidagi oʻzgartishlar kiritishni taklif etish sharafiga muyassarman:
1. Bitimning 2-moddasi quyidagi mazmundagi 1 (a) (iii) Koreya Respublikasi uchun 1 (b) (iii) — kichik band bilan toʻldirilsin:
“(iii) Soliq kodeksi (Agentlikka majburiy toʻlovlar boʻyicha qismi)”.
2. Bitimning 2-moddasi quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4. 2-moddaning 1 (a) Koreya Respublikasi uchun 1 (b)-bandini qoʻllash maqsadida, ish beruvchidan undiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Agentligiga oʻtkaziladigan yagona ijtimoiy toʻlovlar Koreya Respublikasi fuqarolari mehnat faoliyatidan olinadigan daromadlariga nisbatan belgilanmaydi.”.
Mazkur oʻzgartish u kuchga kirgunga qadar belgilangan, ammo toʻlanmagan yagona ijtimoiy toʻlovlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Basharti Koreya Respublikasi Hukumati mazkur taklifga oʻz roziligini bildirsa, ushbu nota va Siz janobi oliylarining yuqoridagi oʻzgartishlar qabul qilinganini bildiruvchi javob notasi Bitimga ish beruvchidan undiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Agentligiga oʻtkaziladigan yagona ijtimoiy toʻlovlardan ozod qilish yuzasidan oʻzgartish kiritish boʻyicha bitimni tashkil qilishi va uning ajralmas qismi hisoblanishi hamda Siz janobi oliylarining javob notasi sanasidan kuchga kirishini taklif qilish sharafiga muyassarman.
Men fursatdan foydalanib, Siz janobi oliylariga yana bir bor oʻzimning yuksak ehtiromimni izhor etaman.
(imzo)
Janobi oliylari,
Men Sizning 2015-yil 28-mayda yuborilgan quyidagi mazmundagi notangiz qabul qilinganini tasdiqlash sharafiga muyassarman:
“Men Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisida 2005-yil 10-mayda Toshkent shahrida imzolangan Bitimga (keyingi oʻrinlarda “Bitim”) havola qilgan holda, unga quyidagi oʻzgartirishlar kiritishni taklif etish sharafiga muyassarman:
1. Bitimning 2-moddasi quyidagi mazmundagi I (a) (iii) Koreya Respublikasi uchun 1 (b) (iii) — kichik band bilan toʻldirilsin:
“(iii) Soliq kodeksi (Agentlikka majburiy toʻlovlar boʻyicha qismi)”.
2. Bitimning 2-moddasi quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4.2-moddaning 1 (a) Koreya Respublikasi uchun I (b)-bandini qoʻllash maqsadida, ish beruvchidan undiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Agentligiga oʻtkaziladigan yagona ijtimoiy toʻlovlar Koreya Respublikasi fuqarolari mehnat faoliyatidan olinadigan daromadlariga nisbatan belgilanmaydi.”
Mazkur oʻzgartish u kuchga kirgunga qadar belgilangan, ammo toʻlanmagan yagona ijtimoiy toʻlovlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Basharti Koreya Respublikasi Hukumati mazkur taklifga oʻz roziligini bildirsa, ushbu nota va Siz janobi oliylarining yuqoridagi oʻzgartishlar qabul qilinganini bildiruvchi javob notasi Bitimga ish beruvchidan undiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Agentligiga oʻtkaziladigan yagona ijtimoiy toʻlovlardan ozod qilish yuzasidan oʻzgartish kiritish boʻyicha bitimni tashkil qilishi va uning ajralmas qismi hisoblanishi hamda Siz janobi oliylarining javob notasi sanasidan kuchga kirishini taklif qilish sharafiga muyassarman.
Men fursatdan foydalanib, Siz janobi oliylariga yana bir bor oʻzimning yuksak ehtiromimni izhor etaman”.
Men yuqorida bayon etilgan taklif Koreya Respublikasi Hukumatiga maqbul ekanini, Siz janobi oliylarining notasi va ushbu javob notasi Bitimga ish beruvchidan undiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Agentligiga oʻtkaziladigan yagona ijtimoiy toʻlovlardan ozod qilish yuzasidan oʻzgartish kiritish boʻyicha bitimni tashkil qilishi va uning ajralmas qismi hisoblanishi hamda ushbu javob notasi sanasidan kuchga kirishini tasdiqlash sharafiga muyassarman.
Men fursatdan foydalanib, Siz janobi oliylariga yana bir bor oʻzimning yuksak ehtiromimni izhor etaman.
(imzo)
