35-modda. Fermer xoʻjaligining majburiyatlari boʻyicha javobgarlik
“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (662-II-son) · Sana: 26.08.2004 · Amalda
Fermer xoʻjaligi oʻz majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan moddiy-texnika resurslari yetkazib berilganligi va xizmatlar koʻrsatilganligi uchun oʻz vaqtida haq toʻlash boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan oʻz mol-mulki bilan javob beradi.
Fermer xoʻjaligining boshligʻi fermer xoʻjaligining mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda fermer xoʻjaligining majburiyatlari boʻyicha oʻziga qarashli mol-mulk bilan qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgar boʻladi.
Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun javobgar qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan fermer xoʻjaligida mablagʻ boʻlmagan yoxud yetarli boʻlmagan taqdirda, undirilishi lozim boʻlgan summalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan toʻlanadi.
