3-modda. Fermer xoʻjaligi
“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (662-II-son) · Sana: 26.08.2004 · Amalda
Fermer xoʻjaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektidir.
Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining asosiy subyektidir.
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish bilan birga qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaligidir.
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestri Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan yuritiladi.
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
