10-modda. Fermer xoʻjaliklari yuritish uchun beriladigan yer uchastkalari
“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (662-II-son) · Sana: 26.08.2004 · Amalda
Fermer xoʻjaliklari yuritish uchun yer uchastkalari:
zaxira yerlardan;
yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan;
Ilmiy-tadqiqot muassasalari, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarining yerlari, shuningdek suv fondi yerlari fermer xoʻjaliklariga berilishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi, katta va kichik daryolar, suv havzalari boʻylab joylashgan yer uchastkalari fermer xoʻjaligi yuritish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi boʻylab besh yuz metrli mintaqada faoliyati hayvonlarni (chorva mollar, parrandalar, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar, asalarilarni, hayvonot bogʻlari hamda vivariylarning hayvonlarini va boshqa jonivorlarni) koʻpaytirish, oʻtlatish va boqish bilan bogʻliq boʻlgan chorvachilik, parrandachilik hamda boshqa yoʻnalishdagi fermer xoʻjaliklariga yer uchastkalari berish taqiqlanadi.
