Jumhuriyat ijroiya hokimiyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (123-XII-son)
26.10.1990
oʻzbekiston respublikasi oliy kengashi rayosatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻrtoq I. A. Karimovning yagona ijroiya hokimiyatini vujudga keltirish, boshqaruv idoralarini takomillashtirish va davlat, xoʻjalik hamda ijtimoiy-madaniy qurilish sohasida ularning masʼuliyatini kuchaytirish toʻgʻrisidagi taklifni qarab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirib, jumhuriyatda prezidentlik va ijroiya hokimiyatini birlashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozi boʻlinsin.
2. Jumhuriyatda ijroiya hokimiyatini takomillashtirish masalalariga yondashuvlarni tamomila yangichasiga qayta koʻrib chiqish zarur deb hisoblansin, shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tayyorlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining uchinchi sessiyasi muhokamasiga kiritilmasin.
3. Qonunchilik, qonuniylik va huquq-tartibot masalalari, Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitalariga boʻlib oʻtgan fikr almashuvni hisobga olgan holda jumhuriyat Prezidentining apparati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida ijroiya hokimiyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi Qonun loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi uchinchi sessiyasining muhokamasiga kiritish topshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi M. IBROHIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 26-oktabr
123-XII-son
