“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatining ustavi va tahrir hayʼati toʻgʻrisida (585-II-son)
24.12.2003
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI KENGAShI va OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashi hamda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladilar:
1. “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatining yangi tahrirdagi Ustavi tasdiqlansin.
2. “Narodnoye slovo” gazetasi boʻyicha Bosh muharrir oʻrinbosari lavozimiga Azat Radjapovich Saidov, masʼul kotib lavozimiga Lyudmila Mixaylovna Kucherenko tayinlansin.
O. Qaipbergenov va G. Proxorenko gazetaning tahrir hayʼati aʼzoligidan chiqarilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisining oʻrinbosari B. Bugrov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Azizxoʻjayevga gazeta muassislari hamda tahririyatlar oʻrtasida shartnoma tuzish topshirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-iyundagi 649-I-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2003-yil 24-dekabr,
585-II-son
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2003-yil 24-dekabr,
564-son
