Oʻzbekiston Respublikasining 1935-yil 21-iyunda Jenevada qabul qilingan Ishning davom etish muddatini haftasiga qirq soatgacha qisqartirish toʻgʻrisidagi 47-Konvensiyaga qoʻshilishi haqida (83-I-son)
06.05.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1935-yil 21-iyunda Jenevada qabul qilingan Ishning davom etish muddatini haftasiga qirq soatgacha qisqartirish toʻgʻrisidagi 47-Konvensiyaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-may,
83-I-son
