Kimyo va neft-kimyo sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
09.09.1994
Bitim
Mazkur Bitim qatnashchilari boʻlgan Davlatlar Hukumatlari — bundan buyon Tomonlar, kimyo va neft-kimyo sanoatining muhim ahamiyatini hisobga olgan xolda ushbu Bitim qatnashchilari boʻlgan davlatlar iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida,
Bitim qatnashchilari boʻlgan davlatlarda kimyo va neft-kimyo sanoatining hozirgi holatiga va muhim kimyo mahsulotlarining (polimer mahsulotlar, sintetik kauchuklar, kimyoviy tolalar va kalavalar, sintetik boʻyoqlar, lok-boʻyoq mahsulotlari, mineral oʻgʻitlar, pestitsidlar va boshqalar) ishlab chiqarish hajmlari kamayishi davom etib borayotganligiga jiddiy xavotir bilan qaragan xolda,
Mazkur Bitim qatnashchilari boʻlgan davlatlarda kimyo va neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish doirasida turli tarmoq ilmiy-texnik, ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari oʻrtasida mavjud boʻlgan texnologik aloqalarni saqlab qolish zarurligini hisobga olgan holda,
Kimyo va neft-kimyo sanoatida integratsion jarayonlarni rivojlantirish yuzasidan choralar koʻrish zaruriyatini taʼkidlagan, ilmiy-texnik rivojlanishni taʼminlovchi, hamkorlikning yangi bosqichiga chiqish imkoniyatini koʻzda tutuvchi, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi qatnashchilari boʻlgan davlatlarda kimyo va neft-kimyo sanoati korxonalari va tashkilotlarining tashabbusini qoʻllab-quvvatlagan holda,
quyidagilarga kelishildi,
1-modda
Tasdiqlangan va amaldagi Nizom va Ustav asosida kimyo va neft-kimyo doirasida hamkorlik qilish boʻyicha Hamdoʻstlik aʼzolari boʻlgan davlatlarning vazirlik va idora rahbarlarining Kengashi tushilishi maʼqullansin (Moskva, 22-iyul 1993-y.).
Tomonlar kimyo va neft-kimyo doirasida hamkorlik qilish boʻyicha Hamdoʻstlik aʼzolari boʻlgan davlatlarning vazirlik va idora rahbarlarining Kengashiga iqtisodiy boshqarish milliy tuzilmalari, boshqa tegishli kimyo va neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar ishtirokida, mazkur Bitim qatnashchilari boʻlgan davlatlarning shakllangan kimyo va neft-kimyo sanoati ishlab chiqarish va ilmiy-texnik potensiali tahlili asosida, olib borilayotgan tizimli qayta qurishni hisobga olgan xolda olti oy muddatda mazkur potensialdan unumli foydalanish oʻzaro hamkorlik qilish konsepsiyasini ishlab chiqish va ushbu konsepsiya asosida kimyo va neft-kimyo doirasida investitsion, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish boʻyicha davlatlararo dasturni tayyorlashni topshiradi.
Tomonlar tegishli dasturni tasdiqlash uchun Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hukumatlari rahbarlari Kengashiga kiritadilar.
2-modda
Kimyo va neft-kimyo korxonalarida sanoat ishlab chiqarishni stabilizatsiyalash va rivojlantirish, ishlab chiqarish aloqalarini saqlab qolish va rivojlantirish, ilmiy-texnik rivojlanish erishmalaridan foydalanish maqsadida Hamdoʻstlik aʼzolari boʻlgan davlatlarning vazirlik va idora rahbarlarining Kengashi Hamdoʻstlik davlatlari doirasida kimyo va neft-kimyo doirasida hamkorlik qilish boʻyicha 1994-1995-yillarda moliyaviy-sanoat guruhi, transmilliy kompaniyalar, qoʻshma korxonalar, aksionerlik jamiyatlari va boshqa iqtisodiy tizimlarni tuzish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
Tomonlar mazkur takliflarni amalga oshirish boʻyicha toʻlaqonli yordam koʻrsatish majburiyatlarini oladilar.
3-modda
Tomonlar kimyo va neft-kimyo korxonalari va ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan qurilmalar, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar va mahsulotlar yetkazib beruvchi korxonalarni saqlab qolish, rivojlantirish va birlashtirish yuzasidan uzoq muddatga ikki va koʻp tomonlama bitimlar tuzishlari mumkin.
4-modda
Mazkur Bitimda ishtirok etish Tomonlar hamkorligining boshqa shakllaridan foydalanish huquqlarini cheklamaydi.
5-modda
Mazkur Bitimni qoʻllash va talqin qilish doirasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar oʻrnatilgan tartibda Tomonlar muzokaralari orqali hal etiladi.
6-modda
Tomonlar oʻrtasidagi kelishuvlar asosida mazkur Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
7-modda
Bitimdan chiqishni xohlagan Tomonlar uchun mazkur Bitim shunday Tomondan depozitariy tomonidan tegishli xabar olinganidan olti oy muddat oʻtganidan soʻng oʻz kuchini yoʻqotadi.
8-modda
Mazkur Bitim uning maqsad va prinsiplarini boʻlishadigan boshqa davlatlarning qoʻshilishi uchun ochiqdir.
9-modda
Mazkur Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
1994-yil 9-sentabrda rus tilida yagona nusxada tuzildi. Asl nusxa Belarus Respublikasi Hukumati Arxivida saqlanadi, tasdiqlangan nusxalari mazkur Bitim qatnashchilari boʻlgan har bir davlatga yoʻllanadi.
(imzolar)
