Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 26-avgustdagi PF-4751-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2713-son)
28.08.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 28-avgustda 2713-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 26-avgustdagi PF-4751-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 26-avgustdagi PF-4751-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 27-noyabrdagi 79-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 21-noyabrdagi PF-4672-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2629, 2014-yil 2-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y. 49-son, 586-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 26-avgust,
78-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 26-avgustdagi 78-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 26-avgustdagi PF-4751-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 26-avgustdagi PF-4751-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandiga muvofiq, pensiyalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
1. 2015-yilning 1-sentabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng kam:
ish haqi — oyiga 130 240 soʻm;
yoshga doir pensiyalar — oyiga 254 730 soʻm;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 254 730 soʻm;
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 156 310 soʻm belgilandi.
2. 2015-yil 1-sentabrdan keyin ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarni (2011-yil 1-oktabrdan amalga kiritilgan) qoʻllagan holda yangi tayinlanadigan pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqini tenglashtirish uchun ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq eng kam oylik ish haqi miqdorlari qoʻllaniladi.
2015-yil 1-sentabrgacha tayinlangan pensiyalar, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonda belgilangan 1,1 baravar miqdorga oshirish yoʻli bilan qayta hisoblanadi.
3. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan (130 240 soʻm x 8 = 1 041 920 soʻm) ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi.
4. Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyenti qoʻllanilgan yangi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari va undan yuqori miqdorida boʻlgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblashni amalga oshirishda ish haqi miqdori eng kam ish haqining sakkiz baravari 1 041 920 soʻm (130 240 soʻm x 8) bilan chegaralanib, ish stajining davomiyligiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan foizlarga koʻpaytiriladi.
5. Yoshga doir yoki I va II guruh nogironlik boʻyicha pensionyerlar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 17-moddalariga muvofiq, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan taqdirda, qayta hisoblashdagi pensiya miqdori mavjud stajga mutanosib ravishda belgilanadi.
6. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (130 240 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.
7. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
2015-yil 26-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 26-avgustdagi PF-4751-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqi
MIQDORLARI
Oʻzgartirishlar sanasi va davri Belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori Soʻmlarda: 01.01.1973-yildan 70,00 01.01.1992-yildan 350,00 01.03.1992-yildan (350,00 + 550,00) / 2 = 450,00 01.04.1992-yildan 550,00 01.07.1992-yildan 1 000,00 01.09.1992-yildan 1 250,00 01.10.1992-yildan 2 000,00 01.01.1993-yildan 2 500,00 01.04.1993-yildan 3 000,00 01.06.1993-yildan 7 500,00 01.07.1993-yildan 11 250,00 01.09.1993-yildan 13 500,00 01.11.1993-yildan 16 200,00 Soʻm-kuponlarda: 01.12.1993-yildan 24 300,00 01.01.1994-yildan 30 000,00 01.03.1994-yildan 45 000,00 01.06.1994-yildan 70 000,00 Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida (soʻm): 01.07.1994-yildan 70,00 01.08.1994-yildan 100,00 01.03.1995-yildan 150,00 01.09.1995-yildan 250,00 01.04.1996-yildan 400,00 01.09.1996-yildan 550,00 01.12.1996-yildan 600,00 01.07.1997-yildan 750,00 01.07.1998-yildan 1 100,00 01.01.1999-yildan 1 320,00 01.08.1999-yildan 1 750,00 01.08.2000-yildan 2 450,00 01.08.2001-yildan 3 430,00 01.04.2002-yildan 3 945,00 01.08.2002-yildan 4 535,00 01.05.2003-yildan 5 440,00 01.08.2004-yildan 6 530,00 01.05.2005-yildan 7 835,00 01.10.2005-yildan 9 400,00 01.07.2006-yildan 10 800,00 01.11.2006-yildan 12 420,00 01.08.2007-yildan 15 525,00 01.11.2007-yildan (15 525,00 + 18 630,00) / 2 = 17 077,50 01.12.2007-yildan 18 630,00 01.04.2008 �ildan 20 865,00 01.09.2008-yildan 25 040,00 01.11.2008-yildan (25 040,00 + 28 040,00) / 2 = 26 540,00 01.12.2008-yildan 28 040,00 01.08.2009-yildan 33 645,00 01.12.2009-yildan 37 680,00 01.08.2010-yildan 45 215,00 01.12.2010-yildan 49 735,00 01.08.2011-yildan 57 200,00 01.12.2011-yildan 62 920,00 01.08.2012-yildan 72 355,00 01.12.2012-yildan 79 590,00 01.08.2013-yildan (79 590,00+91 530,00)/2=85 560,00 01.09.2013-yildan 91 530,00 01.12.2013-yildan (91 530,00+96 105,00)/2=93 817,50 01.01.2014-yildan 96 105,00 01.09.2014-yildan 107 635,00 01.12.2014-yildan (107 635,00+118 400,00)/2=113 017,50 01.01.2015-yildan 118 400,00 01.09.2015 �ildan 130 240,00
