“Keksalarni eʼzozlash yili” shahar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (129-son)
“Keksalarni eʼzozlash yili” shahar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (129-son)
01.04.2015
Buxoro viloyati Kogon shahar hokimining
qarori
2015-yil Oʻzbekiston Respublikasida “Keksalarni eʼzozlash yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 8-son, 91-modda) hamda viloyat hokimining 2015-yil 6-martdagi 102-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarorini viloyatda ijrosini tashkil etish haqida”gi (Gazeta № 23 “Buxarskiy vestnik” 18,03,2015 g.) qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi hamda viloyat hokimining 2015-yil 6-martdagi 102-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarorini viloyatda ijrosini tashkil etish haqida”gi qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. “Keksalarni eʼzozlash yili” shahar dasturi 1-ilovaga, shahar dasturida belgilangan tadbirlar ijrosini tashkil etish va monitoringini yuritish boʻyicha shahar komissiyasi tarkibi 2-ilovaga, dasturning har bir boʻlimlari ijrosini tashkil etish boʻyicha kichik ishchi guruhlari tarkibi 3-ilovaga, shahar dasturining ijrosini tashkil etish va uning monitoringini yuritish tizimi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Shahar komissiyasi:
shahar dasturiga kiritilgan tadbirlar toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi uchun mutasaddi tashkilot va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari darajasida ishlar muvofiqlashtirilishini, tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatilishini;
har oy yakunlari boʻyicha “Keksalarni eʼzozlash yili” shahar dasturida nazarda tutilgan tadbirlar ijrosi toʻgʻrisida viloyat komissiyasiga axborot taqdim etib borilishini;
har chorakda dasturning amalga oshirilishiga doir maʼlumotlarni shahar faollari yigʻilishi muhokamasiga kiritilishini taʼminlasin.
4. Shahardagi tashkilot va idoralar rahbarlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda shahar dasturiga kiritilgan tadbirlarning toʻliq, oʻz vaqtida bajarilishini tashkil etish bilan har kuni shaxsan shugʻullansinlar.
5. Shahar dasturining ijrosi boʻyicha 3-ilovaga muvofiq boʻlimlarga biriktirilgan masʼullarga oʻzlariga tegishli dastur boʻlimlarida belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olib, amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha shahar komissiyasiga har oyning 18-sanasiga qadar axborot berib borish topshirilsin.
6. “Kogon hayoti” gazetasi (S. Shodiyev) hamda boshqa ommaviy axborot vositalariga:
aholi oʻrtasida shahar dasturining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlar va chora-tadbirlarni muntazam va keng koʻlamda yoritish;
shahardagi tashkilot va idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining shahar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdagi ishtiroki va qoʻshgan aniq hissasini aks ettirgan holda, shahar dasturining bajarilishi haqida keng jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qaror “Kogon hayoti” gazetasida eʼlon qilinsin hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim I. FARMONOV
Kogon sh.,
2015-yil 1-aprel,
129-son
Tuman hokimining 2015-yil 1-apreldagi 129-sonli qaroriga 1-ILOVA
“Keksalarni eʼzozlash yili” shahar
dasturi
2015-yilda shahar Dasturi tadbirlarini amalga oshirishga xarajatlarning jami: 95,5 mln soʻm. Ulardan: Soʻmda Budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari 73,2 mln soʻm Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari 22,05 mln soʻm Tijorat banklari kreditlari 0,00 mln soʻm Xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar mablagʻlari va grantlar 0,250 mln soʻm
Tuman hokimining 2015-yil 1-apreldagi 129-sonli qaroriga 2-ILOVA
Shahar dasturida belgilangan tadbirlar ijrosini tashkil etish va monitoringini yuritish boʻyicha shahar komissiyasi
TARKIBI
I. Farmonov — shahar hokimi, komissiya raisi V. Qaxxorov — shahar hokimi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari D. Sharipova — shahar hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, komissiya raisi oʻrinbosari Sh. Isamutdinov — shahar hokimligi bosh mutaxassisi, komissiya kotibi Aʼzolari: N. Moʻminova — xalq deputatlari shahar Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari doimiy komissiyasi raisi F. Nazarov — xalq deputatlari shahar Kengashining sanoat, transport, qurilish, kommunal xoʻjalik hamda aholiga xizmatlar koʻrsatish doimiy komissiyasi raisi M. Doniyorov — shahar hokimligi iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi X. Safarov — shahar Tibbiyot birlashmasi boshligʻi A. Eshov — shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi boshligʻi K. Imomov — shahar moliya boʻlimi mudiri Sh. Toshev — shahar gʻaznachilik boʻlimi boshligʻi N. Xakimov — shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi X. Yaxyoyev — shahar statistika boʻlimi boshligʻi B.Xalimov — shahar xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Lavozimiga koʻra — shahardagi kasb-hunar kollejlari rahbarlari N. Qoʻshoqova — shahar madaniyat va sport ishlari boʻlimi mudiri R. Madatova — shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bosh vrachi Lavozimiga koʻra — shahar tijorat banklari rahbarlari T. Fayziyev — shahar hokimligi apparati huquqshunosi G. Xolbekova — shahar bosh arxitektori Lavozimiga koʻra — shahar kasaba uyushmalari raislari M. Joʻrayev — Kogon TETK rahbari N. Rajabov — shahargaz filiali rahbari F. Nazarov — shahar “Suvoqova” IChK rahbari O. Turdiyev — “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar boʻlinmasi raisi M. Ravshanov — “Nuroniy” jamgʻarmasi shahar boʻlimi raisi B. Yodgorov — Maʼnaviyat targʻibot markazi shahar boʻlimi rahbari O. Poʻlatov — “Kamolot” YIH shahar kengashi raisi M. Jumayev — shahar telekommunikatsiya bogʻlamasi rahbari S. Shodiyev — “Kogon hayoti” gazetasi bosh muharriri T. Razzoqov — Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi shahar vakili
Tuman hokimining 2015-yil 1-apreldagi 129-sonli qaroriga 3-ILOVA
Dasturning har bir boʻlimlari ijrosini tashkil etish boʻyicha kichik ishchi guruhlari
tarkibi
1-ishchi guruh: keksalarga gʻamxoʻrlik koʻrsatish va eʼtiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, pensiya taʼminoti va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yoshi ulugʻ insonlarga davlat xizmatlari, shu jumladan, turli maʼlumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni olish xizmatlari koʻrsatishning eng qulay tizimini shakllantirish ishlarini tashkil etuvchi kichik ishchi guruhi. T. Fayziyev — shahar hokimligi huquqshunosi, guruh rahbari E. Mirzaliyev — shahar hokimligi moliya boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari M. Jumayev — Kogon telekommnukatsiya bogʻlamasi rahbari Oʻ. Qurbonov — shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori oʻrinbosari K. Komilov — xalq deputatlari shahar Kengashining qonuniylik, huquq tartibotni va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari doimiy komissiyasi raisi, shahar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi xodimlari kasaba uyushmasi raisi 2-ishchi guruh: keksalar, avvalambor, fashizm ustidan qozonilgan Gʻalaba va Vatanimizni qayta tiklashga munosib hissa qoʻshgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshi ulugʻ insonlar, birinchi navbatda yolgʻiz qariyalar va nogironlarga qoʻrsatiladigan ijtimoiy va maishiy xizmatlar roʻyxatini kengaytirish, ularni farovon va munosib turmush sharoitlari bilan taʼminlash uchun mahallalar, “nuroniy” jamgʻarmasi, boshqa nodavlat tashkilotlari va ijtimoiy tuzilmalar tomonidan moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash miqyosini oshirish masalalarini tashkil etuvchi kichik ishchi guruhi A. Eshov — shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori , guruh rahbari Lavozimiga koʻra — shahar kasaba uyushmalari tashkilotilari birlashmasi raisi M. Ravshanov — “Nuroniy” jamgʻarmasi shahar boʻlimi raisi X. Karimova — shahar tibbiyot birlashmasi statist vrachi N. Eshmurodov — shahar hokimligi moliya boʻlimi boshligʻiningoʻrinbosari U. Abdullayev — “Mahalla” jamoat fondi shahar boʻlinmasi mutaxassisi N. Kozimov — “Qizil yarim oy” jamiyati (tuman) shahar boʻlimi raisi N. Bazarova — “Kamolot” YIH shahar kengashi mutaxassisi 3-ishchi guruh: faxriylar va yoshi ulugʻ insonlarga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, ularni tizimli asosda sogʻlomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlarini koʻpaytirish, koʻrish va eshitish organlari, tayanch-harakat tizimi va yurak-qon tomir kasalliklarini davolashning zamonaviy usullari bil�n qamrab olish va ulardan foydalanishni kengaytirish, keksalar va nogironlarni yordamchi hamda texnik reabilitatsiya vositalari bilan, jumladan, imtiyozli asosda taʼminlash, keksalarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan sanatoriy — sogʻlomlashtirish va ijtimoiy xizmat koʻrsatish muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash masalalarini amalga oshiruvchi kichik ishchi guruhi X. Safarov — shahar tibbiyot birlashmasi boshligʻi, guruh rahbari K. Imomov — shahar hokimligi moliya boʻlimi boshligʻi G. Xolbekova — shahar hokimligi arxitektori Lavozimiga koʻra — shahar salomatlik markazi boʻlimi boshligʻi R. Zadayev — shahar stomatologiya poliklinikasi bosh hakimi X. Maxmudova — “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar boʻlimi bosh mutaxassisi Lavozimiga koʻra — shahar hokimligi mutaxassisi 4-ishchi guruh: mamlakatimizning mudofaa qobiliyati, iqtisodiy, madaniy va intellektual salohiyatini oshirish, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga bebaho hissa qoʻshgan, sogʻlom va barkamol unib-oʻsayotgan avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etayotgan keksa avlod vakillariga munosib eʼtibor qaratish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlarni tizimli asosda amalga oshirish, oila va jamiyatda yoshi ul�gʻ insonlarning oʻrni va obroʻsini oshirish, bolalar va yoshlarni ota-onalarni, har bir nuroniyni chuqur hurmat qilish, eʼzozlash va ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatish tuygʻusi ruhida tarbiyalash boʻyicha aniq tadbirlarni amalga oshiruvchi kichik ishchi guruhi D. Sharipova — shahar hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, guruh rahbari B. Xalimov — shahar XTMFMT va TEB mudiri U. Bozorov — shahar hokimligi iqtisod boʻlimi bosh mutaxassisi Lavozimiga koʻra — shahar hokimligi madaniyat va sport ishlari boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari A. Xayitov — Kogon Sanoat va transport kasb-hunar kolleji direktori O. Sharipov — Kogon maktabgacha taʼlim va xizmat koʻrsatish kolleji direktori O. Poʻlatov — “Kamolot” YIH shahar kengashi raisi B. Yodgorov — Maʼnaviyat targʻibot markazi shahar boʻlimi rahbari A. Tukov — shahar bosh imom xatibi S. Sharopova — shahar hokimligi bosh mutaxassisi 5-ishchi guruh: har bir keksaga har tomonlama eʼtibor qaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini kuchaytirish va oshirish, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, bunda ular uchun shahar va mahallalarda muloqot markazlari, qiziqishi boʻyicha klublar tashkil etishga alohida eʼtibor qaratish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun sharoit yaratish, televideniye, ommaviy axborot vositalari, kinoteatrlar, teatr va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarda yoshi ulugʻ insonlarning qiziqishlariga mos mavzuda yangi maxsus koʻrsatuvlar, spektakl va filmlar yaratish va efirga uzatish hajmini koʻpaytirish masalalarini amalga oshiruvchi kichik ishchi guruhi N. Qoʻshoqova — shahar hokimligi madaniyat va sport ishlari boʻlimi boshligʻi, guruh rahbari A. Joʻrayev — shahar hokimligi iqtisodiyot boʻlimi mutaxassisi S. Shodiyev — “Kogon hayoti” gazetasi muxarriri Lavozimiga koʻra — shahar hokimligi madaniyat va sport ishlari boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Lavozimiga koʻra — shahar kasaba uyushmalari tashkilotilari birlashmasi mutaxassisi 6-ishchi guruh: mahallalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tashkiliy tuzilmasida keksalar va nogironlarga doimiy eʼtibor qaratadigan sektorni mustahkamlash, bunda ularga xizmat koʻrsatadigan idora va xizmatlar, birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy va tibbiy taʼminot xizmatlari f�oliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish masalalarini amalga oshiruvchi kichik ishchi guruhi O. Turdiyev — “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar boʻlimi raisi, guruh rahbari X. Norov — shahar pochta boʻlimi boshligʻi A. Oʻrinov — Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi shahar boʻlimi rahbari Lavozimiga koʻra — shahardagi tijorat banklari Oʻ. Qurbonov — shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi boshligʻining oʻrinbosari U. Abdullayev — “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar boʻlimi maʼsul kotibi
Tuman hokimining 2015-yil 1-apreldagi 129-sonli qaroriga 4-ILOVA
Shahar dasturining ijrosini tashkil etish va uning monitoringini yuritish
tizimi
I. Shahar komissiyasining ishlash tartibi
1. Shahar hokimi qarori qabul qilingandan soʻng bir kunlik muddatda komissiyaning kengaytirilgan yigʻilishi oʻtkaziladi, unda komissiyaning ish tartibi va rejasi, qaror va chora-tadbirlar dasturi ijrosi boʻyicha tashkiliy ishlar rejasi loyihasi koʻrib chiqiladi.
2. Komissiya yigʻilishlarida shahar dasturida belgilangan chora-tadbirlar ijrosining borishi muhokama etib boriladi.
3. Yigʻilishlarda qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, tegishli tashkilotlar, idoralar rahbarlari taklif etiladi, ish rejasi asosida va zaruriyatga qarab ularning mazkur dastur ijrosini taʼminlash boʻyicha faoliyatlari natijadorligi boʻyicha hisobotlari eshitiladi.
4. Shahar tashkilot va muassasalarida dasturda belgilangan tadbirlar ijrosining borishini nazorat tartibida oʻrganishni tashkil etadi va uning yakunlarini yigʻilishlarda muhokama etib boradi.
5. Shahar komissiyasi har chorakda dasturning amalga oshirilishiga doir maʼlumotlarni shahar faollari yigʻilishi muhokamasiga axborot taqdim etadi.
6. Shahar dasturiga kiritilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatadi hamda shahardagi davlat va nodavlat tashkilotlarning bu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
7. Yilning har oy va chorak yakunlari bilan shahar dasturining bajarilishi toʻgʻrisida viloyat hokimligiga axborot tayyorlaydi.
II. Shahar komissiyasi kichik ishchi guruhlarining ish tartibi
1. Dasturning kichik ishchi guruhiga berkitilgan boʻlimi ijrosini tashkil etish boʻyicha ishlar rejasini tayyorlaydi, har bir band boʻyicha tadbirning aniq muddati va ijrochilarini belgilaydi.
2. Belgilangan tadbirlar ijrosini taʼminlash boʻyicha har kunlik tashkilotchilik ishlarini olib boradi.
3. Birkitilgan kotibiyat bilan hamkorlikda tadbirlar ijrosini tashkilotlarda va hududlarda bajarilishini oʻrganadi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga amaliy yordam beradi.
4. Dasturning ijrosi boʻyicha har oy yakuni bilan yigʻilish oʻtkazib, har bir tadbir boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni muhokama qiladi, monitoring hujjatlari va maʼlumotlarni umumlashtirish uchun doimiy faoliyat koʻrsatuvchi maxsus ishchi guruhiga taqdim etadi.
III. Shahar hokimligi apparatining vazifalari
Umumiy boʻlim
1. Bir kunlik muddatda shahar hokimi qarori “Kogon hayoti” gazetasida eʼlon qilish uchun beriladi. Normativ-huquqiy hujjat rasman eʼlon qilingandan keyin ikki kundan kechikmay hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Ushbu dastur, uni ijrosi boʻyicha tashkiliy ishlar rejasini tegishli ijrochilar (shahar korxona va tashkilotlari, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari)ga yetkazadi.
2. Shahar komissiyasi, kichik ishchi guruhlar yigʻilishlari bayonlari uch kunlik muddat ichida rasmiylashtirilishini va tegishli ijrochilarga yetkazilishini tashkil etadi.
3. Dastur ijrosi bilan bogʻliq xatlar va maʼlumotlarning tezkorlik bilan roʻyxatdan oʻtkazilishi va ijrochilarga yuborilishini taʼminlaydi.
4. Viloyat va shahar komissiyalari bayonlari hamda topshiriqlarini tezkorlik bilan tegishli ijrochilarga yetkazilishini taʼminlaydi va unda berilgan topshiriqlar ijrosini nazoratga oladi.
Tashkiliy-nazorat guruhi
5. Xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyalari, doimiy komissiyalar majlislari, shahar komissiyasi va kichik ishchi guruhlari yigʻilishlari oʻtkazilishini tashkiliy-texnik taʼminlash masalalarini muvofiqlashtiradi. Yigʻilish qatnashchilari taklif etilishi va roʻyxatdan oʻtkazilishini tashkil etadi.
6. Yigʻilish bayonlari rasmiylashtirilishi, berilgan topshiriqlar ijrochilarga yetkazilishini va ijro nazoratini tashkil etadi.
Shahar hokimligi apparati ijtimoiy masalar boʻyicha bosh mutaxassis
7. Shahar komissiyasi yigʻilishlarini tayyorlaydi, bayonlarini yuritadi.
8. Kichik ishchi guruhlari tomonidan taqdim etilgan monitoring jadvallarini umumlashtiradi va komissiya muhokamasiga taqdim etadi.
9. Qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida shahar dasturi ijrosi boʻyicha ishlarning borishin oʻrganadi va bu toʻgʻrisida shahar komissiyasiga axborotlar taqdim etadi.
10. Shahar dasturi ijrosi boʻyicha ishlarning holatini oʻrganadi va bu toʻgʻrisida shahar komissiyasiga axborotlar taqdim etadi.
11. Dastur bajarilishini kompyuter tizimida monitoringini olib boradi.
Shahar hokimligi apparatining boʻlimlari
12. Majmuaga kiruvchi tashkilotlarda oʻzining tarmoq dasturini qabul qilishini va uning ijrosi taʼminlanishini nazorat qiladi. Boʻlimda har bir tashkilot boʻyicha alohida jild ochiladi va unda dastur ijrosi boʻyicha maʼlumotlar toʻplab boriladi.
13. Majmuaga kiruvchi tashkilotlar va korxonalarda, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida dasturning boʻlim faoliyati doirasiga kiradigan tegishli bandlari bajarilishini nazorat qiladi.
14. Shahar komissiyasining boʻlim faoliyati doirasiga daxldor topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi.
15. Shahar dasturidan oʻzining yoʻnalishlariga daxldor qismini olib, uning ijrosini tashkil etish boʻyicha vazifalarni belgilaydi. Tadbirlar nazoratini yuritadigan alohida mutaxassis belgilanadi.
16. Dastur har bir boʻlimi boʻyicha alohida jild ochadi va unga quyidagi hujjatlarni toʻplaydi:
shahar dasturida belgilangan tadbirlardan koʻchirma;
shahar dasturida belgilangan tadbirlarning qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida hamda shahar tashkilotlarida bajarilishi toʻgʻrisida tegishli rahbarning imzosi bilan maʼlumotnoma;
shahar dasturida belgilangan tadbirlarning qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida hamda shahar tashkilotlarida bajarilishi holatini tuziladigan ishchi guruhlari tomonidan oʻrganish natijalari;
monitoring hujjatlari.
17. Shahar hokimligi apparati boʻlim boshliqlari, guruh rahbarlari kichik ishchi guruhlari faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlaydilar, yigʻilishlarini oʻtkazish va ish qogʻozlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam koʻrsatadilar.
IV. Shahardagi mutasaddi tashkilotlar va idoralarning vazifalari
1. Uch kunlik muddatda shahar dasturi asosida tashkilot va idoralarning komissiyasini tashkil etadi va uni rahbarning buyrugʻi bilan tasdiqlaydi.
2. Buyruq koʻchirmasini bir kunlik muddatda shahar hokimligi apparati tegishli kotibiyatiga yetkazadi.
3. Chora-tadbirlar ijrosi monitoringini yuritadigan masʼul shaxsni buyruq bilan belgilaydi.
4. Birinchi rahbar tomonidan har kuni tadbirlar ijrosini taʼminlash boʻyicha tashkilotchilik ishlari olib boriladi.
5. Har oyning 18-sanasiga qadar amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida shahar komissiyasiga yozma axborot beriladi.