8-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-393-son) · Sana: 26.08.2015 · Amalda
Davlat sanitariya nazorati:
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat sanitariya nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazirliklar va idoralarning tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari ushbu moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisida hamda ikkinchi qismida koʻrsatilgan tarkibiy boʻlinmalarning faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilinishini, bu faoliyat muvofiqlashtirib borilishini taʼminlaydi.
