5-modda. Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-393-son) · Sana: 26.08.2015 · Amalda
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari davlat organlari hamda boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi shart boʻlgan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi talablarni belgilaydigan hujjatlardir.
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadi.
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi hamda ijobiy xulosa olinganidan keyin hisobga qoʻyiladi.
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
