36-modda. Fuqarolarni gigiyenik oʻqitish va tarbiyalash
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-393-son) · Sana: 26.08.2015 · Amalda
Fuqarolarni gigiyenik oʻqitish va tarbiyalash ularning gigiyenaga, sogʻlom turmush tarziga, sogʻliqni saqlashga doir bilimlar, koʻnikmalar hamda malakalarni egallashiga qaratiladi va kasalliklarning oldini olish maqsadida oʻtkaziladi.
Fuqarolarni gigiyenik oʻqitish va tarbiyalash belgilangan tartibda:
taʼlim muassasalarida;
faoliyati oziq-ovqat xom ashyosini, oziq-ovqat mahsulotlarini va ichimlik suvini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish, bolalarni oʻqitish hamda tarbiyalash, aholiga kommunal va maishiy xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan kadrlarga ishlashga ijozat berish oldidan, ushbu kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish paytida oʻtkaziladi.
