33-modda. Profilaktik emlashlar oʻtkazish
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-393-son) · Sana: 26.08.2015 · Amalda
Profilaktik emlashlar yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish maqsadida oʻtkaziladi.
Profilaktik emlashlar Profilaktik emlashlarning milliy taqvimiga muvofiq, shuningdek epidemik koʻrsatkichlar boʻyicha oʻtkaziladi.
Profilaktik emlashlarning milliy taqvimi profilaktik emlashlardan oʻtkazilishi lozim boʻlgan shaxslar guruhini, bunday emlashlarni oʻtkazish tartibi va muddatlarini belgilaydi.
Profilaktik emlashlarning milliy taqvimi va epidemik koʻrsatkichlar boʻyicha profilaktik emlashlar oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadi.
