21-modda. Kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni va materiallarni tashish, saqlash, qoʻllash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish hamda koʻmib tashlash paytidagi talablar
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-393-son) · Sana: 26.08.2015 · Amalda
Yuridik va jismoniy shaxslar kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni va materiallarni tashish, saqlash, qoʻllash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish hamda koʻmib tashlash paytida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash maqsadida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart.
Yangi kimyoviy moddalarni, biologik vositalar va materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa hamda pardoz mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishga va ishlab chiqarishga faqat toksikologiya-gigiyena jihatidan baholangandan keyingina Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsatnomasi bilan yoʻl qoʻyiladi.
