18-modda. Normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishga doir talablar
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-393-son) · Sana: 26.08.2015 · Amalda
Normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqayotgan yuridik va jismoniy shaxslar aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar yangi kimyoviy moddalar va biologik vositalarni, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini hamda tarkibida shu manbalar mavjud boʻlgan priborlarni, materiallarni, texnologik jarayonlarni, uskunalarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini hamda boshqa xalq isteʼmoli tovarlarini joriy etishdan oldin aholining sanitariya-epidemik xavfsizligini taʼminlashga doir normativlar boʻyicha asoslantirilgan takliflarni, ushbu normativlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish uslublarini, zararli mahsulot va chiqindilarni zararsizlantirish, utilizatsiya qilish usullarini ishlab chiqib, ularni kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachiga taqdim etishi shart.
