10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining vakolatlari
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-393-son) · Sana: 26.08.2015 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi:
sanitariya-epidemiologiya xizmatiga rahbarlik qiladi, davlat sanitariya nazoratining asosiy vazifalarini va uni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini tasdiqlaydi;
atrof-muhit omillarining inson organizmiga taʼsirini aniqlashga doir normativ-texnik hujjatlarni tasdiqlaydi;
Profilaktik emlashlarning milliy taqvimini va epidemik koʻrsatkichlar boʻyicha profilaktik emlashlar oʻtkazish tartibini tasdiqlaydi;
odamlarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan, aholining yashashi va xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlanadigan hududlarni belgilaydi;
yuqumli va parazitar kasalliklarning kirib kelishi hamda tarqalishidan hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirib boradi;
atrofdagilar uchun xavf tugʻdiruvchi yuqumli va parazitar kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi xavfi boʻlgan taqdirda tegishli sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida qarorlar chiqaradi;
yangi oziq-ovqat qoʻshimchalarini, maxsus qoʻshiladigan biologik faol moddalarni, kimyoviy moddalarni, biologik vositalar va materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini toksikologiya-gigiyena jihatidan baholash asosida ularning Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi va ishlab chiqarilishi uchun ruxsatnomalar beradi;
respublika va mahalliy epidemiya fondlaridan hamda sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar uchun ajratiladigan moddiy-texnika resurslaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarining qarorlariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslari harakatlariga (harakatsizligiga) doir shikoyatlarni koʻrib chiqadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlarini tayinlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
