Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PF-4747-son)
24.08.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Eksport tovarlar hajmi va nomenklaturasini yanada kengaytirish, raqobatbardosh, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan korxonalarni ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida:
1. 2015-yilning 1-sentabridan tovuq panjalarini (TIF TN 0207 13 990 9, 0207 14 990 9, 0210 99 800 0 kodlari boʻyicha), shuningdek oʻzi ishlab chiqargan suxari, qovurilgan burda non va shunga oʻxshash qovurilgan mahsulotlarni (TIF TN 1905 40 kodi boʻyicha) eksport qilishga ruxsat berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmonining 4-ilovasiga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 24-avgust,
PF-4747-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-avgustdagi PF-4747-sonli Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmonining 4-ilovasiga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Ikkinchi satr quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. Non-bulka mahsulotlari* (oʻzi ishlab chiqargan, xamirdan tayyorlangan qandolat mahsulotlari, pirojniylar, pechenyelar, suxari, qovurilgan burda non va shunga oʻxshash qovurilgan mahsulotlardan tashqari) 1905 2. Beshinchi satri quyidagi tahrirda bayon etilsin: 5. Goʻsht va uning oziqbop qoʻshimcha mahsulotlari 0201 — 0210 (0207 53 000, shuningdek TIF TN 0207 13 990 9, 0207 14 990 9, 0210 99 800 0 kodlari boʻyicha tovuq panjalaridan tashqari) Uy parrandasining* oziqbop qoʻshimcha mahsulotlari 0207 53 000
