Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2005-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida (229-I-son)
21.02.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2005-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Markaziy kengashi hisobot taqdim etishning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 217-moddasida belgilangan muddatiga bundan buyon rioya etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-fevral,
229-I-son
