Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2005-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida (227-I-son)
21.02.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2005-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi hisobot taqdim etishning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 217-moddasida belgilangan muddatiga bundan buyon rioya etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-fevral,
227-I-son
