Bandixon rayonini tuzish toʻgʻrisida (589-XII-son)
18.05.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Surxondaryo viloyati hokimining taklifi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining xulosasiga rozilik bildirib, Surxondaryo viloyatida maʼmuriy markazi Bandixon aholi punktida boʻlgan Bandixon rayoni tuzilsin.
Bandixon rayoni tarkibiga Boysun rayonining Gʻallakor Qumqoʻrgʻon rayonining Qiziriq qishloqlari va shuningdek Lenin yoʻli rayonidagi Olmazor qishlogʻi hududining “Toshkent” davlat xoʻjaligi foydalanib kelayotgan yerlardan iborat qismi berilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Boysun, Qumqoʻrgʻon va Lenin yoʻli rayon Sovetlarining Bandixon rayoniga berilgan hududlarda joylashgan saylov okruglaridan saylangan deputatlari xalq deputatlari Bandixon rayon Sovetining deputatlari hisoblanadilar.
3. Xalq deputatlari Bandixon rayon Soveti yangi tuzilgan Bandixon rayoni davlat hokimiyatining muxtor vakillik idorasi deb hisoblansin.
4. Ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 8-may,
589-XII-son
