“301-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashning kafolatlari — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-391-son)
“301-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashning kafolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-391-son) · Sana: 20.08.2015 · Amalda
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash tartibini oʻz vakolatlari doirasida tushuntirishi, shuningdek ularning qoʻllanilishini taʼminlashi shart”;
6) 39-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda koʻpi bilan toʻrt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar esa koʻpi bilan uch yilda bir marta, faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan oʻtkazilishi mumkin.
Xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan besh yilda bir marta amalga oshiriladi.
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshiruvlardan oʻtkazilmaydi, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining budjet mablagʻlaridan hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan belgilangan maqsadda foydalanilishi bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan oʻtkazilmaydi.
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshiruvlardan oʻtkazish muddatlari oʻttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas.
Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan rejali tekshiruvlarni oʻtkazish muddatlari oʻn kalendar kundan oshmasligi kerak.
Nazorat qiluvchi organ rejali tekshiruv oʻtkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni oʻtkazish boshlanishidan kamida oʻttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik subyektini tekshiruv oʻtkazish muddatlari va predmetini koʻrsatgan holda yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan, ular tekshiruvlar davomida soliq va valyutaga oid jinoyatlar alomatlarini aniqlagan taqdirda esa, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyekti belgilangan tartibda taqdim etgan moliya va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik subyektining faoliyati toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlarni oʻrganish hamda tahlil etish asosida oʻtkaziladigan kameral nazorat natijalari boʻyicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining oʻtkazilayotgan tekshiruvlari ularning toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishi uchun toʻsiqlarni yuzaga keltirmasligi kerak.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining aʼzosi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati subyektlarining soʻroviga koʻra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha tekshiruvlar ularni oʻtkazishning barcha bosqichlarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu huquqning rad etilishi hollari bundan mustasno) amalga oshiriladi.
Tekshirish boshlanishidan oldin, tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga uning tekshirishda ishtirok etish uchun advokatni jalb etish yoki uning ishtirokini rad etish huquqi yozma shaklda tushuntiriladi, bu haqda bayonnoma tuziladi. Bunda advokat xizmatlaridan foydalanish huquqining rad etilishi tadbirkorlik subyekti tomonidan advokatni tekshiruvning keyingi bosqichlariga jalb etish uchun monelik qilmaydi.
Bozorlar, savdo majmualari hududlaridagi va ularga tutash, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylaridagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini bir martalik yigʻim, ijara haqining toʻliq tushishi hamda ularning topshirilishi hisobga olinishi, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishi, shuningdek savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan qisqa muddatli tekshiruvlar davlat soliq xizmati organlarining faqat qonun hujjatlarida vakolat berilgan boʻlinmalari tomonidan mazkur boʻlinmalar boshliqlarining buyruqlari asosida oʻtkazilib, keyinchalik bu haqda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasi qisqa muddatli tekshiruv oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida xabardor qilinadi.
Qoʻzgʻatilgan jinoyat ishining mavjudligi Oʻzbekiston Respublikasining prokuratura, ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini tekshiruvlardan oʻtkazish uchun asos boʻladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati subyektining faqat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq faoliyatigina tekshiruv bilan qamrab olinishi mumkin, bu haqda tekshiruv tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tekshiruv oʻtkazish uchun asosga ega boʻlmagan shaxslarning tekshiruv oʻtkazishiga yoʻl qoʻymaslik, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha qoʻygan talablarini bajarmaslik hamda tekshiruv predmetiga taalluqli boʻlmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik huquqiga ega.
Tekshiruvlar natijalari dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtirilib, tekshirish tugagan kuni uning bir nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektida qoldiriladi”.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) 485-moddasi oltinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi “ular muhri bilan” va “oʻz muhri bilan” degan soʻzlardan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi 308-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 7, 325-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda) 3-moddasiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
toʻqqizinchi qismdagi “Xoʻjalik shirkati” degan soʻzlar “Kichik tadbirkorlik subyekti boʻlmagan xoʻjalik shirkati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻninchi qism quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Kichik tadbirkorlik subyekti boʻlgan xoʻjalik shirkati muhrga ega boʻlishga haqli”.
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi 558-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kichik tadbirkorlik subyekti boʻlmagan xususiy korxona oʻzining toʻliq firma nomi davlat tilida ifodalangan va xususiy korxonaning joylashgan yeri koʻrsatilgan muhrga ega boʻlishi kerak. Muhrda ayni paytning oʻzida uning firma nomi boshqa tilda ham koʻrsatilishi mumkin. Kichik tadbirkorlik subyekti boʻlgan xususiy korxona muhrga ega boʻlishga haqli”;
2) 25-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xususiy korxonalarning — kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini rejali tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilangan tartibda koʻpi bilan toʻrt yilda bir marta, boshqa xususiy korxonalarning faoliyatini tekshirishlar esa koʻpi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
Yangi tashkil etilgan xususiy korxonalarning — kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan xususiy korxonalar — kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati, shuningdek xususiy korxonalar — kichik tadbirkorlik subyektlarining budjet mablagʻlaridan hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi”.
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 702-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 334-modda) 7-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslar jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga fuqarolarni hisobga qoʻyish, shuningdek shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish uchun Oʻzbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida elektron ariza berishga haqli”;
uchinchi — beshinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin.
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka toʻgʻrisida”gi OʻRQ-58-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar) 42-moddasining ikkinchi qismi “muhri bilan” degan soʻzlardan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
35-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 2-mayda qabul qilingan “Homiylik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-96-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 5, 218-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 5-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarining homiylikka sarflanadigan har yilgi xarajatlari oʻtgan yilda olingan sof foydaning 10 foizidan oshmasligi kerak hamda bu xarajatlar ular biznes-rejasining oʻtgan hisobot davridagi sof foydaga taalluqli qismi koʻrsatkichlari bajarilganda amalga oshiriladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
2) quyidagi mazmundagi 51-modda bilan toʻldirilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “301-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashning kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-391-son). neolex.uz/uz/laws/law-2724500/301 (lex.uz/docs/-2724496)