2419-modda. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-391-son) · Sana: 20.08.2015 · Amalda
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibi va muddatlarini buzish, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi va muddatlarini buzish, xuddi shuningdek davlat xizmati koʻrsatishni gʻayriqonuniy ravishda rad etish yoxud uni koʻrsatishdan boʻyin tovlash, —
mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
