2411-modda. Xususiy mulk huquqini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-391-son) · Sana: 20.08.2015 · Amalda
Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yoʻli bilan ularga zarar yetkazish, yaʼni mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon boʻlgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, shuningdek mulkdorning mulkini olib qoʻyish yoxud uni oʻz mol-mulkiga boʻlgan huquqidan voz kechishga majburlash, oz miqdordagi talon-toroj alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, —
eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
