“Mustaqillik” maydonidagi V.I. Lenin haykali toʻgʻrisida (592-XII-son)
04.06.1992
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGASHI RAYOSATI VA OʻZBEKISTON PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Qarori
Toshkent shahridagi V.I. Lenin nomli maydonning nomi “Mustaqillik” maydoni deb oʻzgartirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
Toshkent shahrining hokimiga V.I. Lenin haykalini koʻchirib olishni uch kunlik muddat ichida taʼminlash hamda bundan buyon undan qanday foydalanish haqidagi taklifni kiritish topshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 4-iyun,
592-XII-son
