Umumiy mol-mulkni, yer uchastkasini va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining mol-mulkini saqlash boʻyicha joy mulkdorlarining majburiy badallarini shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash hamda uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha pudrat tashkilotlarining xizmatlari uchun rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1672-2-son)
17.08.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1672-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2006-yil 25-dekabrdagi 104, 17, 01-1371-son qarori (roʻyxat raqami 1672, 2007-yil 10-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 161-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy mol-mulkni, yer uchastkasini va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining mol-mulkini saqlash boʻyicha joy mulkdorlarining majburiy badallarini shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash hamda uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha pudrat tashkilotlarining xizmatlari uchun rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 13-avgust,
74-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2015-yil 13-avgust,
98-son
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori U. XALMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2015-yil 13-avgust,
014-1/576-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2015-yil 13-avgustdagi 74, 98, 014-1/576-son qaroriga ILOVA
Umumiy mol-mulkni, yer uchastkasini va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining mol-mulkini saqlash boʻyicha joy mulkdorlarining majburiy badallarini shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash hamda uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha pudrat tashkilotlarining xizmatlari uchun rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 26-banddagi “mehnatiga haq toʻlash fondiga” degan soʻzlar “mehnatiga haq toʻlash xarajatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 27-banddagi “mehnatga haq toʻlash fondiga” degan soʻzlar “mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 33-bandning “b” kichik bandidagi “ish haqi fondiga” degan soʻzlar “mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Ushbu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2015-yil 13-avgust
