Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash hamda Sud departamenti, ichki ishlar idoralari va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (1997-1-son)
11.08.2015
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 11-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1997-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2009-yil 20-avgustdagi 9, 11, 76-son qarori (roʻyxat raqami 1997, 2009-yil 25-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 389-modda) bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash hamda Sud departamenti, ichki ishlar idoralari va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur Nizom talablari eksklav hududlarda doimiy yashovchi qarzdorlarga nisbatan ular doimiy yashash joyidan Oʻzbekiston Respublikasining asosiy hududiga oʻtishlarida va qaytishlarida qoʻllanilmaydi.”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 11-avgust,
1-son
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 11-avgust,
25-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2015-yil 11-avgust,
81-son
Kelishildi:
Davavianazorat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari O. LIM
2015-yil 11-avgust
Oʻzdavtemiryoʻlnazorat inspeksiyasi boshligʻi R. IKRAMOV
2015-yil 11-avgust
