444-modda. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzganlik uchun javobgarlik
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-389-son) · Sana: 10.08.2015 · Amalda
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi va shartlari mahkum tomonidan buzilganligi uchun jazolarni ijro etish inspeksiyasi unga nisbatan ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʻllaydi.
Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan, shuningdek sud tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, jazolarni ijro etish inspeksiyasi sudga mahkum uchun ozodlikni cheklashning oʻtalmagan muddatini jazoning boshqa turiga almashtirish haqida taqdimnoma kiritadi.
Quyidagilar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlovchilar deb eʼtirof etiladi:
a) oʻziga nisbatan sud tomonidan belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) buzishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisida ogohlantirish tarzida intizomiy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzishga yoʻl qoʻygan mahkum;
b) oʻziga nisbatan texnik nazorat vositalaridan foydalanish qoidalarini buzgan mahkum;
v) yashash joyidan yashiringan, qayerda ekanligi uch sutkadan ortiq vaqt ichida aniqlanmagan mahkum;
g) yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga belgilangan muddatdan uch sutkadan ortiq vaqt mobaynida kelmagan mahkum”;
4) 168-moddaning birinchi qismi “qamoq” degan soʻzdan keyin “ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi 167-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 15-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda) 23-moddasining birinchi qismidagi “tartibda qoplanadi” degan soʻzlar “tartibda davlat tomonidan qoplanadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-371-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda) 13-moddasining birinchi qismiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshisi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
