Xorazm viloyatidagi Gurlan, Xonqa, Shovot, Qoʻshkoʻpir va Hazorasp shaharlarini shahar posyolkalari turkumiga oʻtkazish toʻgʻrisida (583-XII-son)
08.05.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati qaror qiladi:
Xalq deputatlari Xorazm viloyat Soveti rayosati va xalq deputatlari Gurlan, Xonqa, Shovot shaharlari hamda Qoʻshkoʻpir, Hazorasp rayon Sovetlarining iltimoslari qondirilib, viloyatga boʻysunuvchi shaharlar: Gurlan rayonining maʼmuriy markazi Gurlan, Xonqa rayonining maʼmuriy markazi Xonqa va Shovot rayonining maʼmuriy markazi Shovot shaharlari, va shuningdek, rayonga boʻysunuvchi shaharlar: Qoʻshkoʻpir rayonining maʼmuriy markazi Qoʻshkoʻpir va Hazorasp rayonining maʼmuriy markazi Hazorasp shaharlari shahar posyolkalari turkumiga oʻtkazilsin.
Ilgari Gurlan shahri tarkibiga kiritilgan Paxtachi aholi punkti Gurlan rayoni va qishlogʻi tarkibiga, Saxtiyon aholi punkti Saxtiyon qishlogʻi tarkibiga va Yarmish aholi punkti Eshimjiyron qishlogʻi tarkibiga;
ilgari Shovot shahri tarkibiga kiritilgan Arbob va Bolshevik aholi punktlari Shovot rayoni Shovotqala qishlogʻi tarkibiga, Ipakchi va Qazuvchi aholi punktlari, Xitoy qishlogʻi tarkibiga, Tojiqyop va Qulli aholi punktlarining shaharga kiritilgan qismlari Qiyop qishlogʻi tarkibiga, Xidireli aholi punkti esa Chigʻatoyqalʼa qishlogʻi;
ilgari Xonqa shahri tarkibiga kiritilgan Madaniyer va Olgʻa aholi punktlarini Xorazm qishlogʻi tarkibiga;
ilgari Qoʻshkoʻpir shahri tarkibiga kiritilgan Yangiyop aholi punkti Qoʻshkoʻpir rayoni Kenagas qishlogʻi tarkibiga, Yangilik aholi punkti esa Yangilik qishlogʻi tarkibiga qaytarilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 8-may,
583-XII-son
