Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi hamda Iqtisodiy islohot, budjet siyosati va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish qoʻmitasining fuqarolardan olinadigan daromad soliqlarining stavkalari toʻgʻrisidagi taklifi haqida (578-XII-son)
08.05.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining
Qarori
1992-yilning 16-martidan ishchi va xizmatchilarning mansab okladlari hamda fuqarolarning soliq solinadigan daromadlari miqdori oshganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi hamda Iqtisodiy islohot, budjet siyosati va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan fuqarolardan olinadigan daromad soligʻining stavkalari oʻzgartirilgunga qadar istisno tariqasida moliya idoralariga 1992-yil 1-apreldan eʼtiboran fuqarolardan quyidagi miqdorda daromad soligʻi undirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdigʻiga kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi oʻn kunlik muddat ichida “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun loyihasini taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 8-may,
578-XII-son
