Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablarni tasdiqlash haqida (2702-son)
29.07.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 29-iyulda 2702-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qurol toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-son “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir A. AXMEDBAYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 30-iyun,
105-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 30-iyundagi 105-sonli buyrugʻiga ILOVA
Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan
yagona talablar
Mazkur Yagona talablar qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yagona talablarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
qurol — tuzilishiga koʻra jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish, signallar berish uchun moʻljallangan qurilmalar va ashyolar. Tuzilishi jihatidan qurolga oʻxshash boʻlgan xoʻjalik-maishiy va ishlab chiqarish maqsadidagi buyumlar sifatida sertifikatlangan buyumlar, shuningdek tuzilishi jihatidan qurolga oʻxshash boʻlgan sport aslahalari qurol jumlasiga kirmaydi;
oʻq-dorilar — qurolning jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish uchun moʻljallangan hamda tarkibida portlovchi, poroxli, uloqtiruvchi, pirotexnik yoki urib chiqaradigan moddalar yoxud ularning birikmasi mavjud boʻlgan qurol-yarogʻ ashyolari va uloqtiriladigan aslahasi;
qurolxona — qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga moʻljallangan, texnik jihatdan mustahkamlangan, qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyasi hamda qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari va jismoniy himoyaning boshqa vositalari bilan maxsus jihozlangan alohida inshoot (ombor, xona).
2. Mazkur Yagona talablar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining harbiy tuzilmalariga kiruvchi hamda oʻqotish sporti tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
3. Sport quroli va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitobi hamda ularni berish va qabul qilish jurnalini yuritish Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 2701, 2015-yil 23-iyul) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2-bob. Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitobini yuritish
4. Yuridik shaxsga foydalanishga qabul qilingan hamda unda foydalanilayotgan qurol va uning oʻq-dorilari hisobi har bir yuridik shaxsda yuritiladigan Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitobi (bundan buyon matnda kitob deb yuritiladi)da olib boriladi.
5. Kitobda qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish bilan birga, ularning hisobdan chiqarilishi va hisobda mavjud boʻlgan qurol va uning oʻq-dorilarining harakati bilan bogʻliq maʼlumotlar ham aks ettiriladi.
6. Kitob uch qismdan iborat boʻladi.
7. Kitobning birinchi qismida qurol va uning oʻq-dorilari jamlanma hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi va u mazkur Yagona talablarning 1a-ilovasiga muvofiq shakldagi jadval koʻrinishida har bir qurol (aniq bir turdagi, nomdagi, marka, model va kalibrdagi) hamda uning oʻq-dorilari (aniq bir partiya, kalibr va miqdor) boʻyicha alohida rasmiylashtiriladi.
Kitobning mazkur qismi qurol va uning oʻq-dorilari hisobga olingan hamda (yoki) hisobdan chiqarilgan vaqtdagi ularni hisobda mavjud boʻlgan jami miqdorini aniqlash uchun yuritiladi. Bunda hisobda mavjud boʻlgan qurol va uning oʻq-dorilari jami miqdori aniq bir sanada hisobga olingan va (yoki) hisobdan chiqarilgan qurol hamda uning oʻq-dorilari miqdorini ularning mavjud miqdoridan ayirish va (yoki) unga qoʻshish orqali aniqlanadi.
8. Kitobning ikkinchi qismida qurolning individual hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi va u mazkur Yagona talablarning 1b-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladi.
Kitobning mazkur qismida:
qurolning hisobga olingan sanasi;
qurol yuridik shaxsga qachon va qayerdan kelib tushganligi;
qurolni hisobga olish uchun asos boʻlgan kirim hujjatining (schyot-faktura, yuk xati) raqami va sanasi;
qurolga oid individual maʼlumotlar;
qurolning hisobdan chiqarilishi sababi (berib yuborilishi (yuborilgan joyi koʻrsatilgan holda), yoʻqotilishi (talon-toroj qilinishi) yoki yaroqsiz holga kelishi) hamda hisobdan chiqarish uchun asos boʻlgan hujjat (chiqim hujjati (schyot-faktura, yuk xati), tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organining tegishli qarori yoxud qurolning texnik va yaroqlilik holatini oʻrganish natijalari boʻyicha dalolatnoma), hisobdan chiqarilish sanasi;
qurolning taʼmirlash uchun yuborilishi va taʼmirlashdan qaytarilishi;
qurolning texnik holati va yaroqlilik toifasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
9. Kitobning uchinchi qismida oʻq-dorilarning hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi va u mazkur Yagona talablarning 1v-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladi.
Kitobning mazkur qismida:
oʻq-dorilarning hisobga olingan sanasi;
oʻq-dorilarning yuridik shaxsga qachon va qayerdan kelib tushganligi;
oʻq-dorilarni hisobga olish uchun asos boʻlgan kirim hujjatining (schyot-faktura, yuk xati) raqami va sanasi;
oʻq-dorilarning turi, kalibri, ishlab chiqarilgan yili va partiyasi hamda miqdori;
oʻq-dorilarning hisobdan chiqarilishi sababi (berib yuborilishi (yuborilgan joyi koʻrsatilgan holda), sarflanishi, yoʻqotilishi (talon-toroj qilinishi) yoki yaroqsiz holga kelishi) hamda hisobdan chiqarish uchun asos boʻlgan hujjat (chiqim hujjati (schyot-faktura, yuk xati), oʻq-dorilarning sarflanishi boʻyicha dalolatnoma, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organining tegishli qarori yoxud oʻq-dorilarning yaroqlilik holatini oʻrganish natijalari boʻyicha dalolatnoma), hisobdan chiqarilgan oʻq-dorilar miqdori va hisobdan chiqarilish sanasi;
oʻq-dorilarning yaroqlilik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
10. Kitob yuridik shaxs rahbarining buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatlari bilan qurol va uning oʻq-dorilarining but saqlanishini, berilishi, qabul qilib olinishini hamda hisobi yuritilishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul shaxs (bundan buyon matnda saqlash uchun masʼul shaxs deb yuritiladi) tomonidan yuritiladi.
11. Kitob unga keyinchalik tegishli yozuvlarni kiritish imkoniyatini bermaydigan va unda koʻrsatilgan barcha yozuvlarni oʻqish va farqlash imkoniyati saqlanib qolgan darajada mexanik yoki boshqa turda shikastlangan boʻlsa, undagi barcha maʼlumotlar yangi kitobga toʻliq koʻchirilishi shart. Bunda yangi kitobning yuritilishi boshlangan sana oʻzgarmaydi va avvalgi (shikastlangan) kitobning yuritilishi boshlangan sana koʻrsatiladi.
12. Kitob unga keyinchalik tegishli yozuvlarni kiritish hamda unda koʻrsatilgan aksariyat yozuvlarni oʻqish va farqlash imkoniyatini bermaydigan darajada mexanik yoki boshqa turda shikastlangan yoxud yoʻqolgan (talon-toroj qilingan) boʻlsa, kitobdagi maʼlumotlarni tiklash uchun shikastlanganlik yoki yoʻqolganlik (talon-toroj qilinganlik) fakti aniqlangan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida yuridik shaxs hisobida mavjud boʻlgan barcha qurol va uning oʻq-dorilarini inventarizatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ishlar tashkillashtirilishi kerak.
13. Inventarizatsiyani oʻtkazish uchun yuridik shaxs rahbarining buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjati bilan qurol va uning oʻq-dorilarini inventarizatsiyadan oʻtkazish komissiyasi tuziladi.
Komissiya tarkibiga saqlash uchun masʼul shaxs, yuridik shaxs buxgalteriyasi xodimi, yuridik shaxs navbatchilik (qorovullik) xizmati boshligʻi (agar navbatchilik (qorovullik) xizmati mavjud boʻlsa) majburiy ravishda kiritiladi hamda hududiy ichki ishlar organining vakili taklif etiladi.
14. Inventarizatsiyani oʻtkazishda yuridik shaxsda mavjud boʻlgan qurol va uning oʻq-dorilari buxgalteriya hisobi hamda ichki ishlar organlarining tegishli maʼlumotlari bilan solishtirib chiqiladi va natijasi boʻyicha dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
15. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan maʼlumotlar asosida kitob yangidan shakllantiriladi va yuritiladi. Bunda yangidan yuritilishi boshlangan kitobning sanasi u yangidan yuritilgan kun hisoblanadi.
16. Shikastlangan kitob Qurol va uning oʻq-dorilarini inventarizatsiyadan oʻtkazish komissiyasining kitobning shikastlangan holati koʻrsatilgan dalolatnomasi asosida yoʻq qilinadi.
3-bob. Qurol va uning oʻq-dorilarini berish hamda qabul qilish jurnalini yuritish
17. Yuridik shaxsga tegishli maqsadda berilgan hamda qabul qilib olingan qurol va uning oʻq-dorilari harakati ushbu Yagona talablarning 2-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan Qurol va uning oʻq-dorilarini berish hamda qabul qilish jurnalida (bundan buyon matnda jurnal deb yuritiladi) aks ettiriladi.
18. Jurnalda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
qurol va uning oʻq-dorilari berilgan shaxsning F.I.O. va imzosi;
berilgan va qabul qilib olingan qurolning individual maʼlumotlari va uning oʻq-dorilari miqdori;
qurol va uning oʻq-dorilarini berish maqsadi;
qurol va uning oʻq-dorilari berilgan hamda qabul qilib olingan sana va vaqt;
qurol va uning oʻq-dorilarini qabul qilib olgan shaxsning imzosi.
19. Imzolarni qoʻyishda faksimile imzodan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
20. Qurol va uning oʻq-dorilari vaqtincha saqlash uchun qurolxonaga topshirilganda bu haqda jurnalning izoh qismida ularning vaqtincha saqlash uchun topshirilganligi koʻrsatiladi.
21. Jurnal saqlash uchun masʼul shaxs, agar yuridik shaxsda navbatchilik (qorovullik) xizmati mavjud boʻlsa, navbatchilik (qorovullik) xizmatining navbatchi xodimi tomonidan yuritiladi.
22. Jurnal unga keyinchalik tegishli yozuvlarni kiritish imkoniyatini bermaydigan va unda koʻrsatilgan barcha yozuvlarni oʻqish va farqlash imkoniyati saqlanib qolgan darajada mexanik yoki boshqa turda shikastlangan boʻlsa, undagi barcha maʼlumotlar yangi jurnalga toʻliq koʻchirilishi shart. Bunda yangi jurnalning yuritilishi boshlangan sana oʻzgarmaydi va avvalgi (shikastlangan) jurnalning yuritilishi boshlangan sana koʻrsatiladi.
23. Jurnal unga keyinchalik tegishli yozuvlarni kiritish hamda unda koʻrsatilgan aksariyat yozuvlarni oʻqish va farqlash imkoniyatini bermaydigan darajada mexanik yoki boshqa turda shikastlangan yoxud yoʻqolgan (talon-toroj qilingan) boʻlsa, jurnaldagi maʼlumotlarni tiklash uchun shikastlanganlik yoki yoʻqolganlik (talon-toroj qilinganlik) fakti aniqlangan kunning oʻzida berilgan hamda qabul qilib olingan qurol va uning oʻq-dorilarini inventarizatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ishlar tashkillashtirilishi kerak.
24. Inventarizatsiyani oʻtkazish uchun yuridik shaxs rahbarining buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatlari bilan berilgan hamda qabul qilib olingan qurol va uning oʻq-dorilarini inventarizatsiyadan oʻtkazish komissiyasi tuziladi.
Komissiya tarkibiga saqlash uchun masʼul shaxs, yuridik shaxs navbatchilik (qorovullik) xizmati navbatchi xodimlari hamda boshligʻi (agar navbatchilik (qorovullik) xizmati mavjud boʻlsa) majburiy ravishda kiritiladi.
25. Inventarizatsiyani oʻtkazishda qurolxonada saqlanayotgan hamda tegishli maqsadda berilgan qurol va uning oʻq-dorilari kitobdagi tegishli maʼlumotlar bilan solishtirib chiqiladi va natijasi boʻyicha dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
26. Inventarizatsiya natijasida olingan maʼlumotlar asosida jurnal tegishli maʼlumotlar bilan toʻldiriladi va yangidan yuritiladi. Bunda yangidan yuritilishi boshlangan jurnalning sanasi u yangidan yuritilgan kun hisoblanadi.
27. Shikastlangan jurnal Berilgan va qabul qilib olingan qurol va uning oʻq-dorilarini inventarizatsiyadan oʻtkazish komissiyasining jurnalning shikastlangan holati koʻrsatilgan dalolatnomasi asosida yoʻq qilinadi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
28. Qurolxonada saqlanayotgan qurol va uning oʻq-dorilari bir nechta yuridik shaxsga tegishli boʻlsa, ular boʻyicha kitob va jurnal har bir yuridik shaxs tomonidan alohida yuritiladi.
29. Kitob va jurnal hududiy ichki ishlar organida hisobga qoʻyilgan boʻlishi lozim.
30. Saqlash uchun masʼul shaxs almashganda kitob va jurnal yangidan tayinlangan shaxsga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida topshirilishi shart. Jurnal navbatchilik (qorovullik) xizmatining navbatchi xodimi tomonidan yuritilganda esa, navbatchi xodim navbatchilikni topshirganda jurnalni navbatchilikni qabul qilib olgan xodimga topshiradi.
Dalolatnoma yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
31. Kitob va jurnalning titul varagʻi qalin material (karton)dan ishlangan boʻlishi va unda yuridik shaxs hamda u idoraviy mansub boʻlgan yuridik shaxsning (agar mavjud boʻlsa) nomi, shuningdek u qachon yuritilishi boshlangani va tugatilgani koʻrsatilishi zarur.
Kitob va jurnalning titul varagʻi mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
32. Kitob va jurnal betlari izchil ketma-ketlikda raqamlangan va ip oʻtkazib tikilgan boʻlishi kerak.
Kitob va jurnalning oxirgi betida uning nechta betdan iborat ekanligi koʻrsatilishi va ushbu maʼlumot yuridik shaxs rahbarining imzosi, shuningdek hududiy ichki ishlar organi masʼul xodimining imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
Kitob va jurnalning oxirgi varagʻi mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
33. Kitob va jurnaldagi yozuvlar koʻk yoki qora rangli sharikli ruchka bilan aniq yozilishi shart. Yozuvni qayd qilishda oʻchirish va tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Xato yozilganda u matnni oʻqish imkoniyatini beradigan holda ingichka chiziq bilan oʻchirilib, uning tepasidan toʻgʻirlangan yozuv kiritiladi va tegishli yozuv kiritilgan satrning izoh qismida “tuzatildi” deb yozib qoʻyiladi hamda matnni toʻgʻirlagan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
34. Kitob va jurnal toʻliq toʻldirilguncha yuritiladi.
Toʻliq toʻldirilib, yuritilishi tugatilgan kitob oʻn yil, jurnal esa, uch yil davomida yuridik shaxsda saqlanishi hamda ushbu muddatlar yakunlangandan soʻng, hududiy ichki ishlar organiga yoʻq qilish uchun topshirilishi lozim.
35. Kitob va jurnalning butligi va toʻgʻri toʻldirilishiga saqlash uchun masʼul shaxs, jurnal navbatchilik (qorovullik) xizmatining navbatchi xodimi tomonidan yuritilganda esa, tegishli navbatchi xodim javobgar hisoblanadi.
36. Kitob va jurnal qulflanadigan seyf yoki metall shkaf (yashik)da saqlanadi.
37. Kitob va jurnalning mazkur Yagona talablarga muvofiq yuritilishi ustidan yuridik shaxs rahbari doimiy nazorat olib borishi shart. Bunda kitobning yuritilishi har chorakda, jurnalning yuritilishi esa har oy yuridik shaxs rahbari tomonidan tekshirib borilishi kerak. Agar yuridik shaxsda navbatchilik (qorovullik) xizmati mavjud boʻlsa, jurnalning yuritilishi navbatchilik (qorovullik) xizmati boshligʻi tomonidan tekshirib boriladi.
38. Zarur hollarda kitob va jurnalga qurolni olayotgan shaxsning xizmat vazifalarining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, kitob va jurnaldagi mazkur Yagona talablarga muvofiq koʻrsatilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarning hajmi va mazmuni qisqartirilmasdan qoʻshimcha maʼlumotlar kiritilishi mumkin.
39. Mazkur Yagona talablar qoidalarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
40. Mazkur Yagona talablar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi, Markaziy banki, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzkimyosanoat” DAK, “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzeltexsanoat” AK, “Oʻzbekneftegaz” MXK, “Oʻzvinosanoatxolding” XK, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi, Oʻzbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TESHAYEV
2015-yil 26-iyun
Madaniyat va sport ishlari vaziri B. AXMEDOV
2015-yil 25-iyun
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
2015-yil 22-iyun
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
2015-yil 22-iyun
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi I. TURAMURATOV
2015-yil 19-iyun
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
2015-yil 18-iyun
“Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi raisi J. KADIROV
2015-yil 16-iyun
Markaziy bank boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
2015-yil 16-iyun
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori V. TYAN
2015-yil 16-iyun
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A. RAMATOV
2015-yil 15-iyun
“Oʻzkimyosanoat” DAK boshqaruvi raisi N. IBRAGIMOV
2015-yil 15-iyun
“Oʻzbekenergo” DAK boshqaruvi raisi I. BASIDOV
2015-yil 15-iyun
“Oʻzdonmahsulot” AK boshqaruvi raisi E. KUDRATOV
2015-yil 12-iyun
“Oʻzeltexsanoat” AK raisi E. IMINOV
2015-yil 12-iyun
“Oʻzbekneftegaz” MXK boshqaruvi raisi Sh. FAYZULLAYEV
2015-yil 11-iyun
“Oʻzvinosanoat-xolding” XK boshqaruvi raisi Sh. RAXIMOV
2015-yil 10-iyun
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bosh direktori Q. SANAQULOV
2015-yil 10-iyun
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori A. FARMANOV
2015-yil 9-iyun
Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2015-yil 9-iyun
Oʻzbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi Rayosati raisi S. AYUPOV
2015-yil 8-iyun
Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablarga 1a-ILOVA
Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish KITOBI (kitobning birinchi qismi) Qurol va uning oʻq-dorilarining jamlanma hisobi T/r Yozuv kiritilgan sana _________________________________________________ (qurolning turi, nomi, markasi, modeli va kalibri) _____________________________________________________ (qurolning oʻq-dorilari (partiyasi, kalibri va miqdori (dona) hisobga olingan hisobdan chiqarilgan hisobda mavjud hisobga olingan hisobdan chiqarilgan hisobda mavjud 1 2 3 4 5 6 7
Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablarga 1b-ILOVA
Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitobi (kitobning ikkinchi qismi) Qurolning individual hisobi T/r Qurol hisobga olingan sana Qurol qaysi yuridik shaxsdan kelib tushganligi va sanasi Kelib tushgan qurolning kirim hujjati (schyot-faktura, yuk xati), sanasi va raqami Hisobga olingan qurolga oid individual maʼlumotlar Qurolning hisobdan chiqarilishiga oid maʼlumotlar Qurolning taʼmirlash uchun yuborilganligi haqida maʼlumot Qurolning texnik holati va yaroqlilik toifasi Izoh turi, nomi, markasi va modeli kalibri ishlab chiqarilgan yili zavod seriyasi va raqami hisobdan chiqarilishi sababi (berib yuborilishi (yuborilgan joyi koʻrsatilgan holda), yoʻqotilishi (talon-toroj qilinishi) yoki yaroqsiz holga kelishi) hisobdan chiqarish uchun asos boʻlgan hujjat, uning raqami va sanasi hisobdan chiqarilgan sana taʼmirlash uchun yuborilganligi taʼmirlashdan qaytarilganligi yuborilgan yuridik shaxs nomi, yuborilgan sana yuk xatining raqami va sanasi qaytarilgan sana yuk xatining raqami va sanasi 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16
Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablarga 1v-ILOVA
Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish KITOBI (kitobning uchinchi qismi) Oʻq-dorilarning hisobi T/r Oʻq-dorilar hisobga olingan sana Oʻq-dorilar qaysi yuridik shaxsdan kelib tushganligi va sanasi Kelib tushgan oʻq-dorilarning kirim hujjati (schyot-faktura, yuk xati), sanasi va raqami Hisobga olingan oʻq-dorilarga oid maʼlumotlar Oʻq-dorilarning hisobdan chiqarilishiga oid maʼlumotlar Oʻq-dorilarning yaroqlilik holati Izoh turi kalibri ishlab chiqarilgan yili va partiyasi miqdori (dona) hisobdan chiqarilishi sababi (berib yuborilishi (yuborilgan joyi koʻrsatilgan holda), sarflanishi, yoʻqotilishi (talon-toroj qilinishi) yoki yaroqsiz holga kelishi) hisobdan chiqarish uchun asos boʻlgan hujjat, uning raqami va sanasi hisobdan chiqarilgan oʻq-dorilar miqdori (dona) hisobdan chiqarilgan sana 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablarga 2-ILOVA
Qurol va uning oʻq-dorilarini berish hamda qabul qilish JURNALI T/r Qurol va uning oʻq-dorilari berilgan shaxsning F.I.O. Berilgan qurol va uning oʻq-dorilari, berish maqsadi Qurol va uning oʻq-dorilari berilgan sana va vaqt Qurol va uning oʻq-dorilarini olgan shaxsning imzosi Qabul qilib olingan qurol va uning oʻq-dorilari Qurol va uning oʻq-dorilari qabul qilib olingan sana va vaqt Qurol va uning oʻq-dorilarini qabul qilib olgan shaxsning imzosi Izoh qurolning turi, nomi, markasi, modeli va kalibri qurolning zavod seriyasi va raqami qurolga oʻq-dorilar soni (dona) berish maqsadi sana (kun, oy, yil) vaqt (soat, daqiqa) qurolning turi, nomi, markasi, modeli va kalibri qurolning zavod seriyasi va raqami oʻq-dorilar (dona) foydalanilmay qolgan foydalanishda otilmay qolgan (osechka) sana (kun, oy, yil) vaqt (soat, daqiqa) 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16
Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablarga 3-ILOVA
Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitobi (Qurol va uning oʻq-dorilarni berish hamda qabul qilish jurnali) titul varagʻining
SHAKLI
Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablarga 4-ILOVA
Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitobi (Qurol va uning oʻq-dorilarini berish hamda qabul qilish jurnali) oxirgi varagʻining
SHAKLI
