Meʼyorlanadigan ayrim xarajatlar normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (166-son)
09.04.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining monopol birlashmalar (korxonalar) Davlat reyestriga kiritilgan tabiiy monopoliyalar subyektlari va monopol korxonalar tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar (tariflar)ni shakllantirishda xarajatlarning ayrim moddalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi
1. Vakillik maqsadlariga xarajatlar normativlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar:
shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlari uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushum yillik hajmining 0,5 foizi miqdorida yillik xarajatlar normativlari belgilansin;
reklama uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushum yillik hajmining 2,0 foizi miqdorida;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tasdiqlangan normativlarni tabiiy monopoliyalar subyektlariga va monopol korxonalarga yetkazsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 9-aprel,
166-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 9-apreldagi 166-son qaroriga ILOVA
Yillik vakillik xarajatlari normativi
Eslatma. Foydadan soliq toʻlaydigan savdo, taʼminot va sotish korxonalari vakillik xarajatlarining cheklangan miqdorlarini hisoblab chiqishda tovarlarni sotishdan olingan yalpi daromad koʻrsatkichidan foydalanadilar.
* Foydadan toʻlanadigan soliq boʻyicha soliq solinadigan bazani hisoblab chiqishda hisobot sanasidagi eng kam ish haqi miqdoridan foydalaniladi.
