“Keksalarni eʼzozlash yili” tuman dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (170-son)
27.03.2015
Buxoro viloyati Olot tumani hokimining
qarori
2015-yil Oʻzbekiston Respublikasida “Keksalarni eʼzozlash yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 8-son, 91-modda) hamda viloyat hokimining 2015-yil 6-martdagi 102-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarorini viloyatda ijrosini tashkil etish haqida”gi (Gazeta № 23 “Buxarskiy vestnik” 18.03.2015 g.) qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi hamda viloyat hokimining 2015-yil 6-martdagi 102-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarorini viloyatda ijrosini tashkil etish haqida”gi qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. “Keksalarni eʼzozlash yili” tuman dasturi 1-ilovaga, tuman dasturida belgilangan tadbirlar ijrosini tashkil etish va monitoringini yuritish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 2-ilovaga, dasturning har bir boʻlimlari ijrosini tashkil etish boʻyicha kichik ishchi guruhlari tarkibi 3-ilovaga, tuman dasturining ijrosini tashkil etish va uning monitoringini yuritish tizimi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman komissiyasi:
tuman dasturiga kiritilgan tadbirlar toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi uchun mutasaddi tashkilot va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari darajasida ishlar muvofiqlashtirilishini, tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatilishini;
har oy yakunlari boʻyicha “Keksalarni eʼzozlash yili” tuman dasturida nazarda tutilgan tadbirlar ijrosi toʻgʻrisida viloyat komissiyasiga axborot taqdim etib borilishini;
har chorakda dasturning amalga oshirilishiga doir maʼlumotlarni tuman faollari yigʻilishi muhokamasiga kiritilishini taʼminlasin.
4. Tumandagi tashkilot va idoralar rahbarlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda tuman dasturiga kiritilgan tadbirlarning toʻliq, oʻz vaqtida bajarilishini tashkil etish bilan har kuni shaxsan shugʻullansinlar.
5. Tuman dasturining ijrosi boʻyicha 3-ilovaga muvofiq boʻlimlarga biriktirilgan masʼullarga oʻzlariga tegishli dastur boʻlimlarida belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olib, amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha tuman komissiyasiga har oyning 18-sanasiga qadar axborot berib borish topshirilsin.
6. “Olot hayoti” gazetasi (H. Bozorov) hamda boshqa ommaviy axborot vositalariga:
aholi oʻrtasida tuman dasturining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlar va chora-tadbirlarni muntazam va keng koʻlamda yoritish;
tumandagi tashkilot va idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining tuman dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdagi ishtiroki va qoʻshgan aniq hissasini aks ettirgan holda, tuman dasturining bajarilishi haqida keng jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qaror “Olot hayoti” gazetasida eʼlon qilinsin hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim Sh. SALOMOV
Olot t.,
2015-yil 27-mart,
170-son
Tuman hokimining 2015-yil 27-martdagi 170-sonli qaroriga 1-ILOVA
“Keksalarni eʼzozlash yili” tuman
dasturi
2015-yilda hududiy Dasturi tadbirlarini amalga oshirishga xarajatlarning jami: 1679,4 mln soʻm. Ulardan: Soʻmda Budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari 715,7 mln soʻm Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari 958,2 mln.soʻm Tijorat banklari kreditlari 109,0 mln soʻm Xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar mablagʻlari va grantlar 5,5 mln soʻm
Tuman hokimining 2015-yil 27-martdagi 170-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tuman dasturida belgilangan tadbirlar ijrosini tashkil etish va monitoringini yuritish boʻyicha tuman komissiyasi
TARKIBI
Sh. Salomov — Tuman hokimi, komissiya raisi N. Karimov — tuman hokimi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari B. Boboyev — tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari N. Nematova — tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, komissiya raisi oʻrinbosari B. Beshimov — tuman hokimligi bosh mutaxassisi, komissiya kotibi Aʼzolari: N. Nematova — xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari doimiy komissiyasi raisi, Respublika maʼnaviyat-targʻibot markazi tuman boʻlimi boshligʻi A. Raxmatov — xalq deputatlari tuman Kengashining sanoat, transport, qurilish, axborot va telekommunikatsiya hamda aholiga xizmatlar koʻrsatish doimiy komissiyasi raisi, “Qishloqxoʻjalikkimyo” tuman filiali mudiri Z. Raximov — tuman hokimligi iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi Oʻ. Azimov — tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi A. Qoryogʻdiyev — tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi boshligʻi A. Yangiyev — tuman moliya boʻlimi mudiri Oʻ. Roʻziyev — tuman gʻaznachilik boʻlimi boshligʻi X. Sevinchov — tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi v/b N. Jumayev — tuman statistika boʻlimi boshligʻi R. Galdiyev — tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Lavozimiga koʻra — tumandagi kasb-hunar kollejlari rahbarlari G. Roʻziqulova — tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi mudiri K. Sayliyev — Tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bosh vrachi Lavozimiga koʻra — tuman tijorat banklari rahbarlari B. Boboqulov — Tuman hokimligi apparati huquqshunosi B. Atamurodov — Tuman bosh arxitektori Lavozimiga koʻra — Tuman kasaba uyushmalari raislari J. Raxmatov — Olot TETK rahbari A. Farmonov — tumangaz filiali rahbari F. Qurbonov — tuman “Suvoqova” IChK rahbari B. Voxidov — “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi Sh. Yaxshiyev — “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi L. Choʻlliyeva — Maʼnaviyat targʻibot markazi tuman boʻlimi rahbari Gʻ. Joʻrayev — “Kamolot” YIH tuman kengashi raisi T. Eshonqulov — tuman telekommunikatsiya bogʻlamasi rahbari H. Bozorov — “Olot hayoti” gazetasi bosh muharriri I. Avezov — Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi tuman vakili
Tuman hokimining 2015-yil 27-martdagi 170-sonli qaroriga 3-ILOVA
Dasturning har bir boʻlimlari ijrosini tashkil etish boʻyicha kichik ishchi guruhlari
tarkibi
1-ishchi guruh: keksalarga gʻamxoʻrlik koʻrsatish va eʼtiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, pensiya taʼminoti va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yoshi ulugʻ insonlarga davlat xizmatlari, shu jumladan, turli maʼlumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni olish xizmatlari koʻrsatishning eng qulay tizimini shakllantirish ishlarini tashkil etuvchi kichik ishchi guruhi
B. Boboqulov — tuman hokimligi huquqshunosi, guruh rahbari D. Panjiyev — tuman hokimligi moliya boʻlimi mutaxassisi T. Eshonqulov — tuman telekommunikatsiya bogʻlanmasi boshligʻi I. Yuldoshev — tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi boshligʻi oʻrinbosari O. Murodova — xalq deputatlari tuman Kengashining qonuniylik, huquq tartibotni va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari doimiy komissiyasi N. Shukurov — tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi oʻrinbosari D. Boyliyev — tuman hokimligi ijtimoiy koʻnikma markazi mutaxasissisi
2-ishchi guruh: keksalar, avvalambor, fashizm ustidan qozonilgan Gʻalaba va Vatanimizni qayta tiklashga munosib hissa qoʻshgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshi ulugʻ insonlar, birinchi navbatda yolgʻiz qariyalar va nogironlarga qoʻrsatiladigan ijtimoiy va maishiy xizmatlar roʻyxatini kengaytirish, ularni farovon va munosib turmush sharoitlari bilan taʼminlash uchun mahallalar, “Nuroniy” jamgʻarmasi, boshqa nodavlat tashkilotlari va ijtimoiy tuzilmalar tomonidan moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash miqyosini oshirish masalalarini tashkil etuvchi kichik ishchi guruhi
N. Nematova — tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, guruh rahbari R. Galdiyev — tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi boshligʻi G. Roʻziqulova — tuman hokimligi madaniyat va sport ishlari boʻlimi boshligʻi G. Shomurodova — tuman hokimligi bosh mutaxassisi Gʻ. Joʻrayev — “Kamolot” YIH tuman kengashi raisi A. Yoʻldoshev — “Xalifa jomeʼ” masjidi bosh imom xatibi B. Itolmasov — Olot qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji direktori F. Achilov — Olot pedagogika va sport ko�leji direktori B. Oqqiyev — Olot xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejidirektori G. Bahromova — Olot politexnika va servis kasb-hunar kolleji direktori
3-ishchi guruh: faxriylar va yoshi ulugʻ insonlarga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, ularni tizimli asosda sogʻlomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlarini koʻpaytirish, koʻrish va eshitish organlari, tayanch-harakat tizimi va yurak-qon tomir kasalliklarini davolashning zamonaviy usullari bilan qamrab olish va ulardan foydalanishni kengaytirish, keksalar va nogironlarni yordamchi hamda texnik reabilitatsiya vositalari bilan, jumladan, imtiyozli asosda taʼminlash, keksalarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan sanatoriy-sogʻlomlashtirish va ijtimoiy xizmat koʻrsatish muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash masalalarini amalga oshiruvchi kichik ishchi guruhi
A. Qoryogʻdiyev — tuman banklikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi boshligʻi, guruh rahbari M. Toshpoʻlatov — Agrosanoat xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi raisi L. Boboyeva — taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi raisi Sh. Yaxshiyev — “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Sh. Qutliyeva — tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi bosh vrachi B. Zaripov — tuman hokimligi moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari F. Qurbonov — tuman “Suvoqova” IChDK rahbari D. Qayumova — “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi mutaxassisi S. Oqqiyev — Nogironlar jamiyati tuman boʻlimi raisi F. Yuvmutova — Qizil yarim oy” jamiyati tuman boʻlimi raisi A. Ayliyeva — Kamolot” YIH tuman kengashi raisi oʻrinbosari A. Farmonov — “Olotgaz” filiali rahbari J. Raxmatov — tuman elektr taʼminoti korxonasi rahbari
4-ishchi guruh: mamlakatimizning mudofaa qobiliyati, iqtisodiy, madaniy va intellektual salohiyatini oshirish, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga bebaho hissa qoʻshgan, sogʻlom va barkamol unib-oʻsayotgan avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etayotgan keksa avlod vakillariga munosib eʼtibor qaratish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlarni tizimli asosda amalga oshirish, oila va jamiyatda yoshi ulugʻ insonlarning oʻrni va obroʻsini oshirish, bolalar va yoshlarni, ota-onalarni, har bir nuroniyni chuqur hurmat qilish, eʼzozlash va ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatish tuygʻusi ruhida tarbiyalash boʻyicha aniq tadbirlarni amalga oshiruvchi kichik ishchi guruhi
Oʻ. Azimov — tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi, guruh rahbari A. Yangiyev — tuman hokimligi moliya boʻlimi boshligʻi B. Atamurodov — tuman arxitektura va qurilish boʻlimi boshligʻi T. Xudayorov — 11-son dorixona rahbari I. Karimov — tuman yoʻllardan foydalanish qurilish pudrat korxonasi rahbari A. Raxmatov — “Qishloqxoʻjalikkimyo” tuman filiali boshligʻi Z. Ernazarov — tuman transport departameti boshligʻi
5-ishchi guruh: Har bir keksaga har tomonlama eʼtibor qaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini kuchaytirish va oshirish, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, bunda ular uchun tuman va mahallalarda muloqot markazlari, qiziqishi boʻyicha klublar tashkil etishga alohida eʼtibor qaratish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun sharoit yaratish, televideniye, ommaviy axborot vositalari, kinoteatrlar, teatr va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarda yoshi ulugʻ insonlarning qiziqishlariga mos mavzuda yangi maxsus koʻrsatuvlar, spektakl va filmlar yaratish va efirga uzatish hajmini koʻpaytirish masalalarini amalga oshiruvchi kichik ishchi guruhi
G. Roʻziqulova — tuman hokimligi madaniyat va sport ishlari boʻlimi boshligʻi, guruh rahbari B. Pirriyev — tuman hokimligi iqtisodiyot boʻlimi bosh mutaxassisi J. Hayitov — tuman telekommunikatsiya bogʻlanmasi boshligʻi oʻrinbosari H. Bozorov — “Olot hayoti” gazetasi bosh muxarriri M. Toshpoʻlatov — Agrosanoat xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi raisi
6-ishchi guruh: mahallalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tashkiliy tuzilmasida keksalar va nogironlarga doimiy eʼtibor qaratadigan sektorni mustahkamlash, bunda ularga xizmat koʻrsatadigan idora va xizmatlar, birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy va tibbiy taʼminot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish masalalarini amalga oshiruvchi kichik ishchi guruhi
B. Vohidov — “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi rahbari, guruh rahbari B. Boboqulov — tuman hokimligi huquqshunosi Gʻ. Allayev — Olot pochta boʻlimi rahbari R. Qurbonova — Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi rahbari I. Hayitov — tuman Agrobank boshqaruvchisi A. Hamroyev — tuman Xalq banki boshqaruvchisi J. Vafoyeva — tuman hokimligi bosh mutaxassisi S. Oqqiyev — Nogironlar jamiyati tuman boʻlimi raisi A. Qoryogʻdiyev — tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi boshligʻi
Tuman hokimining 2015-yil 27-martdagi 170-sonli qaroriga 4-ILOVA
Tuman dasturining ijrosini tashkil etish va uning monitoringini yuritish
tizimi
I. Tuman komissiyasining ishlash tartibi.
1. Tuman hokimi qarori qabul qilingandan soʻng bir kunlik muddatda komissiyaning kengaytirilgan yigʻilishi oʻtkaziladi, unda komissiyaning ish tartibi va rejasi, qaror va chora-tadbirlar dasturi ijrosi boʻyicha tashkiliy ishlar rejasi loyihasi koʻrib chiqiladi.
2. Komissiya yigʻilishlarida tuman dasturida belgilangan chora-tadbirlar ijrosining borishi muhokama etib boriladi.
3. Yigʻilishlarda qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, tegishli tashkilotlar, idoralar rahbarlari taklif etiladi, ish rejasi asosida va zaruriyatga qarab ularning mazkur dastur ijrosini taʼminlash boʻyicha faoliyatlari natijadorligi boʻyicha hisobotlari eshitiladi.
4. Tuman tashkilot va muassasalarida dasturda belgilangan tadbirlar ijrosining borishini nazorat tartibida oʻrganishni tashkil etadi va uning yakunlarini yigʻilishlarda muhokama etib boradi.
5. Tuman komissiyasi har chorakda dasturning amalga oshirilishiga doir maʼlumotlarni tuman faollari yigʻilishi muhokamasiga axborot taqdim etadi.
6. Tuman dasturiga kiritilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatadi hamda tumandagi davlat va nodavlat tashkilotlarning bu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
7. Yilning har oy va chorak yakunlari bilan tuman dasturining bajarilishi toʻgʻrisida viloyat hokimligiga axborot tayyorlaydi.
II. Tuman komissiyasi kichik ishchi guruhlarining ish tartibi
1. Dasturning kichik ishchi guruhiga berkitilgan boʻlimi ijrosini tashkil etish boʻyicha ishlar rejasini tayyorlaydi, har bir band boʻyicha tadbirning aniq muddati va ijrochilarini belgilaydi.
2. Belgilangan tadbirlar ijrosini taʼminlash boʻyicha har kunlik tashkilotchilik ishlarini olib boradi.
3. Berkitilgan kotibiyat bilan hamkorlikda tadbirlar ijrosini tashkilotlarda va hududlarda bajarilishini oʻrganadi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga amaliy yordam beradi.
4. Dasturning ijrosi boʻyicha har oy yakuni bilan yigʻilish oʻtkazib, har bir tadbir boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni muhokama qiladi, monitoring hujjatlari va maʼlumotlarni umumlashtirish uchun doimiy faoliyat koʻrsatuvchi maxsus ishchi guruhiga taqdim etadi.
III. Tuman hokimligi apparatining vazifalari
Umumiy boʻlim
1. Bir kunlik muddatda tuman hokimi qarori “Olot hayoti” gazetasida eʼlon qilish uchun beriladi. Normativ-huquqiy hujjat rasman eʼlon qilingandan keyin ikki kundan kechikmay hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Ushbu dastur, uni ijrosi boʻyicha tashkiliy ishlar rejasini tegishli ijrochilar (tuman korxona va tashkilotlari, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari)ga yetkazadi.
2. Tuman komissiyasi, kichik ishchi guruhlar yigʻilishlari bayonlari uch kunlik muddat ichida rasmiylashtirilishini va tegishli ijrochilarga yetkazilishini tashkil etadi.
3. Dastur ijrosi bilan bogʻliq xatlar va maʼlumotlarning tezkorlik bilan roʻyxatdan oʻtkazilishi va ijrochilarga yuborilishini taʼminlaydi.
4. Viloyat va tuman komissiyalari bayonlari hamda topshiriqlarini tezkorlik bilan tegishli ijrochilarga yetkazilishini taʼminlaydi va unda berilgan topshiriqlar ijrosini nazoratga oladi.
Tashkiliy-nazorat guruhi
5. Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalari, doimiy komissiyalar majlislari, tuman komissiyasi va kichik ishchi guruhlari yigʻilishlari oʻtkazilishini tashkiliy-texnik taʼminlash masalalarini muvofiqlashtiradi. Yigʻilish qatnashchilari taklif etilishi va roʻyxatdan oʻtkazilishini tashkil etadi.
6. Yigʻilish bayonlari rasmiylashtirilishi, berilgan topshiriqlar ijrochilarga yetkazilishini va ijro nazoratini tashkil etadi.
Tuman hokimligi apparati ijtimoiy masalar boʻyicha bosh mutaxassis.
7. Tuman komissiyasi yigʻilishlarini tayyorlaydi, bayonlarini yuritadi.
8. Kichik ishchi guruhlari tomonidan taqdim etilgan monitoring jadvallarini umumlashtiradi va komissiya muhokamasiga taqdim etadi.
9. Qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida tuman dasturi ijrosi boʻyicha ishlarning borishin oʻrganadi va bu toʻgʻrisida tuman komissiyasiga axborotlar taqdim etadi.
10. Tuman dasturi ijrosi boʻyicha ishlarning holatini oʻrganadi va bu toʻgʻrisida tuman komissiyasiga axborotlar taqdim etadi.
11. Dastur bajarilishini kompyuter tizimida monitoringini olib boradi.
Tuman hokimligi apparatining boʻlimlari
12. Majmuaga kiruvchi tashkilotlarda oʻzining tarmoq dasturini qabul qilishini va uning ijrosi taʼminlanishini nazorat qiladi. Boʻlimda har bir tashkilot boʻyicha alohida jild ochiladi va unda dastur ijrosi boʻyicha maʼlumotlar toʻplab boriladi.
13. Majmuaga kiruvchi tashkilotlar va korxonalarda, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida dasturning boʻlim faoliyati doirasiga kiradigan tegishli bandlari bajarilishini nazorat qiladi.
14. Tuman komissiyasining boʻlim faoliyati doirasiga daxldor topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi.
15. Tuman dasturidan oʻzining yoʻnalishlariga daxldor qismini olib, uning ijrosini tashkil etish boʻyicha vazifalarni belgilaydi. Tadbirlar nazoratini yuritadigan alohida mutaxassis belgilanadi.
16. Dastur har bir boʻlimi boʻyicha alohida jild ochadi va unga quyidagi hujjatlarni toʻplaydi:
tuman dasturida belgilangan tadbirlardan koʻchirma;
tuman dasturida belgilangan tadbirlarning qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida hamda tuman tashkilotlarida bajarilishi toʻgʻrisida tegishli rahbarning imzosi bilan maʼlumotnoma;
tuman dasturida belgilangan tadbirlarning qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida hamda tuman tashkilotlarida bajarilishi holatini tuziladigan ishchi guruhlari tomonidan oʻrganish natijalari;
monitoring hujjatlari.
17. Tuman hokimligi apparati boʻlim boshliqlari, guruh rahbarlari kichik ishchi guruhlari faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlaydilar, yigʻilishlarini oʻtkazish va ish qogʻozlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam koʻrsatadilar.
IV. Tumandagi mutasaddi tashkilotlar va idoralarning vazifalari.
1. Uch kunlik muddatda tuman dasturi asosida tashkilot va idoralarning komissiyasini tashkil etadi va uni rahbarning buyrugʻi bilan tasdiqlaydi.
2. Buyruq koʻchirmasini bir kunlik muddatda tuman hokimligi apparati tegishli kotibiyatiga yetkazadi.
3. Chora-tadbirlar ijrosi monitoringini yuritadigan masʼul shaxsni buyruq bilan belgilaydi.
4. Birinchi rahbar tomonidan har kuni tadbirlar ijrosini taʼminlash boʻyicha tashkilotchilik ishlari olib boriladi.
5. Har oyning 18-sanasiga qadar amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tuman komissiyasiga yozma axborot beriladi.
