11-modda
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktga doir · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Mazkur Protokolda ishtirok etuvchi har bir davlat tuzatish taklif etishi va ularni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga taqdim etishi mumkin. Bosh kotib soʻngra hamma tuzatishlarni ushbu Protokolda ishtirok etuvchi davlatlarga yuborib ular shu taklifni koʻrib chiqish va shuning yuzasidan ovoz berish maqsadida ishtirok etuvchi davlatlar konferensiyasini chaqirishni yoqlash yoki yoqlamasligini bildirishini soʻrab iltimos qiladi. Agar ishtirokchi-davlatlarning kamida uchdan bir qismi shunday konferensiyani chaqirishni yoqlab chiqsa Bosh kotib Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida oʻsha konferensiyani chaqiradi. Ushbu konferensiyada ishtirok etib va ovoz berishda qatnashgan davlatlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan har qanday taklif Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
2. Tuzatishlar ularni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tasdiqlagandan soʻng va ushbu Protokolda ishtirok etuvchi davlatlarning konstitutsiya tartib qoidasiga muvofiq ularning uchdan ikki qismi tomonidan qabul qilinishi bilan kuchga kiradi.
3. Tuzatishlar kuchga kirgach, shu tuzatishlarni qabul qilgan ishtirokchi-davlatlar uchun majburiy boʻladi, boshqa ishtirokchi-davlatlar uchun esa mazkur Protokol qarorlari va ular ilgari qabul qilgan barcha tuzatishlar majburiy boʻlib qoladi.
