Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli qarorini viloyatda ijrosini tashkil etish toʻgʻrisida (102-son)
06.03.2015
Buxoro viloyati hokimining
qarori
2015-yil Oʻzbekiston Respublikasida “Keksalarni eʼzozlash yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 8-son, 91-modda) va viloyat hokimining 2015-yil 21-fevraldagi 90-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi ijrosini tashkil etish boʻyicha viloyat hududiy dasturi 1-ilovaga, viloyat dasturida belgilangan tadbirlar ijrosini tashkil etish va monitoringini yuritish boʻyicha viloyat komissiyasi tarkibi 2-ilovaga, dasturning har bir boʻlimlari ijrosini tashkil etish boʻyicha kichik ishchi guruhlari tarkibi 3-ilovaga, hududiy dasturda belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida hududlarga biriktirilgan viloyat komissiyasi aʼzolari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Viloyat komissiyasi:
uch kunlik muddatda tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan “Keksalarni eʼzozlash yili” hududiy dasturi ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini taʼminlasin;
mazkur dasturning boʻlimlari va bandlarini davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari, tuman va shahar hokimliklari darajasida toʻliq va oʻz vaqtida bajarish ishlarini muvofiqlashtirsin;
dasturga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin;
har chorakda dasturning amalga oshirilishiga doir maʼlumotlarni viloyat faollari yigʻilishi muhokamasiga kiritsin;
har oy yakunlari boʻyicha davlat dasturining bajarilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborish uchun axborot taqdim etsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarni viloyatda ijrosini tashkil etish va uning monitoringini yuritish tizimi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Viloyat hokimligining boshqarmalari, viloyat tashkilotlari va korxonalari rahbarlari:
uch kunlik muddatda viloyat dasturi asosida boshqarma, tashkilot va korxonaning dasturini ishlab chiqsinlar hamda uni rahbarning buyruqlari bilan tasdiqlasinlar;
davlat dasturi boʻyicha qabul qilingan oʻz tadbirlari ijrosini viloyat tashkiloti va uning boʻlinmalarida tashkil etish bilan har kuni shaxsan shugʻullansinlar.
5. Shahar va tumanlar hokimlariga:
“Keksalarni eʼzozlash yili” hududiy dasturini qabul qilish, unda har bir boʻlim boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni aniq belgilab olish;
dasturda belgilangan tadbirlarning ijrosini har kunlik nazoratga olish va uning monitoringini yuritish;
har oy yakunlari boʻyicha hududiy dasturda belgilangan tadbirlar ijrosining borishi toʻgʻrisida viloyat komissiyasiga axborot berib borish topshirilsin.
Tuman va shaharlar hokimlari, viloyatning tegishli tashkilotlari rahbarlari zimmasiga hududiy dasturda belgilangan chora-tadbirlarning oʻz muddatlarida soʻzsiz va toʻliq amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgarlik yuklatilsin.
6. Viloyat matbuot va axborot boshqarmasi (G. Samiyeva), viloyat teleradiokompaniyasi (B. Sayidov), “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalari tahririyatlari (J. Ismoilov), viloyatdagi barcha ommaviy axborot vositalariga:
bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet-resurslarni jalb etgan holda, aholi oʻrtasida dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlar va chora-tadbirlarni muntazam va keng koʻlamda yoritish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdagi ishtiroki va qoʻshgan aniq hissasini aks ettirgan holda, dasturning bajarilishi haqida keng jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qaror “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalarida eʼlon qilinsin hamda hokimlikning buxoro.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim M. ESONOV
Buxoro sh.,
2015-yil 6-mart,
102-son
Viloyat hokimining 2015-yil 6-martdagi 102-sonli qaroriga 1-ILOVA
“Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi ijrosini tashkil etish boʻyicha viloyat hududiy
DASTURI
2015-yilda hududiy Dastur tadbirlarini amalga oshirishga xarajatlarning jami: 182,6 mlrd soʻm. Ulardan: soʻmda Budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari 11,6 mlrd soʻm Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari 62,0 mlrd soʻm Tijorat banklari kreditlari 109,0 mlrd soʻm Xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar mablagʻlari va grantlar 0,01 mlrd soʻm
Viloyat hokimining 2015-yil 6-martdagi 102-sonli qaroriga 2-ILOVA
Viloyat dasturida belgilangan tadbirlar ijrosini tashkil etish va monitoringini yuritish boʻyicha viloyat komissiyasi
TARKIBI
M. Esanov — Viloyat hokimi, komissiya raisi H. Gʻoyirov — viloyat hokimi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari F. Atayev — viloyat hokimi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari U. Shakirov — viloyat hokimi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari Z. Toʻyeva — viloyat hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, komissiya raisi oʻrinbosari Oʻ. Tangriyev — viloyat hokimligi apparati Axborot-tahlil guruhi rahbari, komissiya kotibi Aʼzolari: Z. Toirov — xalq deputatlari viloyat Kengashining qonuniylik, huquq tartibotni va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari doimiy komissiyasi raisi F. Aminov — xalq deputatlari viloyat Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari doimiy komissiyasi raisi, Buxoro muhandislik texnologiya instituti Tarix kafedrasi mudiri Z. Komilov — viloyat hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi A. Rustamov — viloyat hokimligi apparati axborot xizmati rahbari B. Maxsudov — viloyat hokimligi iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshligʻi I. Amonov — viloyat hokimligi sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi X. Joʻrayev — viloyat hokimligi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi Sh. Sattorov — viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshligʻi v.b N. Jabborov — viloyat gʻaznachilik boshqarmasi boshligʻi M. Pardayev — viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi B. Giyazov — viloyat davlat statistika boshqarmasi boshligʻi H. Toʻrayev — viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshligʻi M. Daminov — viloyat hokimligi xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi H. Qobilov — viloyat hokimligi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi v.b Oʻ. Rashidov — viloyat hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshligʻi Sh. Nabiyev — viloyat sanitariya Epidemiologiya nazorat markazi bosh vrachi Sh. Astanov — Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshligʻi J. Qandov — Savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmasi boshligʻi F. Ergashev — Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʻi v.b A. Xalilov — viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Z. Muhiddinov — viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi Gʻ. Safarov — viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi R. Mamatov — “Buxoro elektr tarmoqlari” OAJ raisi Sh. Sattorov — “Gʻarbgaztaʼminot” hududiy gaz tarqatish korxonasi rahbari v.b F. Toʻxtayev — “Suvoqova” IChDK rahbari v.b M. Toirov — “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi raisi Y. Qurbonov — “Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi raisi S. Xamroyev — Maʼnaviyat targʻibot markazi viloyat boʻlimi rahbari D. Hakimov — “Kamolot” YIH viloyat boʻlimi raisi v.b J. Xudoyorov — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi A. Shoboyev — “Oʻzbektelekom” AJ “Buxorotelekom” filiali rahbari A. Toʻlaganov — Buxoro “Davlat” Universiteti rektori U. Muxamedxanov — Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori T. Asqarov — Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori A. Inoyatov — Toshkent stomatologiya instituti Buxoro filiali direktori R. Musurmanov — Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Buxoro filiali direktori B. Sayidov — viloyat teleradiokompaniyasi raisi v.b J. Ismoilov — “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalari tahririyati bosh muharriri V. Niyozov — Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining viloyat Resurs markazi rahbari Oʻ. Nadjimiddinov — Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi viloyat filiali direktori
Viloyat hokimining 2015-yil 6-martdagi 102-sonli qaroriga 3-ILOVA
Dasturning har bir boʻlimlari ijrosini tashkil etish boʻyicha kichik ishchi guruhlari
tarkibi
1-ishchi guruh: keksalarga gʻamxoʻrlik koʻrsatish va eʼtiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, pensiya taʼminoti va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yoshi ulugʻ insonlarga davlat xizmatlari, shu jumladan, turli maʼlumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni olish xizmatlari koʻrsatishning eng qulay tizimini shakllantirish ishlarini tashkil etuvchi kichik ishchi guruhi
A. Xalilov — viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi, guruh rahbari H. Ochilov — viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari J. Xudoyorov — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi I. Amonov — viloyat hokimligi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Z. Toirov — xalq deputatlari viloyat Kengashining qonuniylik, huquq tartibotni va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari doimiy komissiyasi raisi Sh. Egamberdiyev — viloyat hokimligi iqtisodiyot bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi U. Berdiyev — viloyat hokimligi sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari H. Ochilov — Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi viloyat boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Sh. Musayev — viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻi I. Muslimov — jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro viloyat sudi raisi I. Mahmudov — viloyat hokimligi apparati guruh rahbari
2-ishchi guruh: keksalar, avvalambor, fashizm ustidan qozonilgan Gʻalaba va Vatanimizni qayta tiklashga munosib hissa qoʻshgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshi ulugʻ insonlar, birinchi navbatda yolgʻiz qariyalar va nogironlarga koʻrsatiladigan ijtimoiy va maishiy xizmatlar roʻyxatini kengaytirish, ularni farovon va munosib turmush sharoitlari bilan taʼminlash uchun mahallalar, “Nuroniy” jamgʻarmasi, boshqa nodavlat tashkilotlari va ijtimoiy tuzilmalar tomonidan moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash miqyosini oshirish masalalarini tashkil etuvchi kichik ishchi guruhi
X. Joʻrayev — viloyat hokimligi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi, guruh rahbari Gʻ. Safarov — viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Y. Qurbonov — “Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi raisi A. Shoboyev — “Oʻzbektelekom” AJ “Buxorotelekom” filiali rahbari J. Toxirov — viloyat hokimligi sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari J. Boltayev — Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mintaqaviy boʻlinmasi direktori oʻrinbosari Sh. Sattorov — viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshligʻi v.b O. Hakimov — viloyat hokimligi iqtisodiyot bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi F. Toʻxtayev — “Suvoqova” IChB rahbari v.b F. Boltayev — “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi bosh mutaxassisi M. Negmatov — Nogironlar jamiyati viloyat boʻlimi raisi R. Axmedov — “Qizil yarim oy” jamiyati viloyat boʻlimi raisi D. Hakimov — “Kamolot” YIH viloyat kengashi raisi v.b F. Qalandarov — viloyat hokimligi apparati referenti
3-ishchi guruh: faxriylar va yoshi ulugʻ insonlarga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, ularni tizimli asosda sogʻlomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlarini koʻpaytirish, koʻrish va eshitish organlari, tayanch-harakat tizimi va yurak-qon tomir kasalliklarini davolashning zamonaviy usullari bilan qamrab olish va ulardan foydalanishni kengaytirish, keksalar va nogironlarni yordamchi hamda texnik reabilitatsiya vositalari bilan, jumladan, imtiyozli asosda taʼminlash, keksalarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan sanatoriy - sogʻlomlashtirish va ijtimoiy xizmat koʻrsatish muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash masalalarini amalga oshiruvchi kichik ishchi guruhi
I. Amonov — viloyat hokimligi sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi, guruh rahbari Sh. Sattorov — viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshligʻi v.b Z. Muhiddinov — viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi S. Barnoyev — “Dori-darmon” MChJ rahbari T. Asqarov — Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori J. Qandov — “Savdo-sanoat palatasi” viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi A. Muxtorov — viloyat standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshligʻi A. Hasanov — “Buxoroavtoyoʻl” qurilish shuʼba korxonasi rahbari N. Ravshanov — “Qishloqxoʻjalikkimyo” XAJ raisi v.b A. Habibov — “Avtotexxizmat” AJ rahbari Sh. Nurmatov — Temir yoʻl uzeli viloyat boʻlimi boshligʻi S. Xamroyev — viloyat hokimligi apparati yetakchi mutaxassisi
4-ishchi guruh: mamlakatimizning mudofaa qobiliyati, iqtisodiy, madaniy va intellektual salohiyatini oshirish, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga bebaho hissa qoʻshgan, sogʻlom va barkamol unib-oʻsayotgan avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etayotgan keksa avlod vakillariga munosib eʼtibor qaratish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlarni tizimli asosda amalga oshirish, oila va jamiyatda yoshi ulugʻ insonlarning oʻrni va obroʻsini oshirish, bolalar va yoshlarni ota-onalarni, har bir nuroniyni chuqur hurmat qilish, eʼzozlash va ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatish tuygʻusi ruhida tarbiyalash boʻyicha aniq tadbirlarni amalga oshiruvchi kichik ishchi guruhi
Z. Toʻyeva — viloyat hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, guruh rahbari U. Muxamedxanov — Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori M. Daminov — viloyat hokimligi xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi H. Davlatov — viloyat hokimligi iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari D. Neʼmatov — viloyat hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari H. Qobilov — viloyat hokimligi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi v.b M. Badriddinova — Buxoro shahar hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi D. Hakimov — “Kamolot” YIH viloyat kengashi raisi v.b S. Xamroyev — Maʼnaviyat targʻibot markazi viloyat boʻlimi rahbari M. Axmedova — “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi viloyat boshqaruvi raisi G. Toirova — “Oila” ilmiy amaliy markazi viloyat boʻlimi rahbari M. Nurullayev — viloyat bosh imom xatibi Z. Negmatova — viloyat hokimligi apparati kotibiyat mudiri
5-ishchi guruh: har bir keksaga har tomonlama eʼtibor qaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini kuchaytirish va oshirish, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, bunda ular uchun tuman va mahallalarda muloqot markazlari, qiziqishi boʻyicha klublar tashkil etishga alohida eʼtibor qaratish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun sharoit yaratish, televideniye, ommaviy axborot vositalari, kinoteatrlar, teatr va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarda yoshi ulugʻ insonlarning qiziqishlariga mos mavzuda yangi maxsus koʻrsatuvlar, spektakl va filmlar yaratish va efirga uzatish hajmini koʻpaytirish masalalarini amalga oshiruvchi kichik ishchi guruhi
Oʻ. Rashidov — viloyat hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshligʻi, guruh rahbari B. Maxsudov — viloyat hokimligi iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshligʻi F. Allayev — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi B. Sayidov — viloyat teleradiokompaniyasi raisi v.b G. Samiyeva — axborot va matbuot boshqarmasi boshligʻi R. Qulliyev — viloyat hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh. Maxmudov — “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi viloyat boʻlimi rahbari M. Shukurov — viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi oʻrinbosari R. Toʻrayev — “Oʻzbekkino” milliy age�tligi viloyat boʻlim rahbari B. Abdiyev — viloyat hokimligi apparati yetakchi mutaxassisi
6-ishchi guruh: mahallalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tashkiliy tuzilmasida keksalar va nogironlarga doimiy eʼtibor qaratadigan sektorni mustahkamlash, bunda ularga xizmat koʻrsatadigan idora va xizmatlar, birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy va tibbiy taʼminot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish masalalarini amalga oshiruvchi kichik ishchi guruhi
M. Toirov — “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi rahbari, guruh rahbari A. Raxmatov — viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A. Toʻlaganov — Buxoro davlat universiteti rektori B. Aliyorov — “Buxoropochtasi” HJ raisi M. Rajabov — Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi viloyat boʻlimi rahbari Sh. Astanov — Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshligʻi M. Saʼdullayeva — viloyat hokimligi apparati bosh mutaxassisi M. Negmatov — Nogironlar jamiyati viloyat boʻlimi raisi Sh. Joʻrayev — viloyat hokimligi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi B. Norboyev — viloyat hokimligi apparati kotibiyati mudiri
Viloyat hokimining 2015-yil 6-martdagi 102-sonli qaroriga 4-ILOVA
Hududiy dasturda belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida hududlarga biriktirilgan viloyat komissiyasi aʼzolari
roʻyxati
T/r Birkitilgan komissiya aʼzolarining Birkitilgan hudud nomi Familiyasi, ismi Lavozimi 1. A. Toʻlaganov Buxoro davlat universiteti rektori Buxoro shahri 2. X. Joʻrayev viloyat hokimligi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi �oshligʻi Kogon shahri 3. Gʻ. Safarov viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Buxoro tumani 4. I. Amonov Viloyat hokimligi sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Vobkent tumani 5. M. Daminov Viloyat hokimligi xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Jondor tumani 6. U. Muhamedxanov Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Kogon tumani 7. M. Toirov “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi raisi Qorakoʻl tumani 8. D. Hakimov “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi raisi v.b Qorovulbozor tumani 9. H. Qobilov viloyat hokimligi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi v.b Olot tumani 10. Sh. Astanov Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshligʻi Peshku tumani 11. Sh. Sattorov viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshligʻi v.b Romitan tumani 12. Oʻ. Rashidov viloyat hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshligʻi Shofirkon tumani 13. S. Xamroyev Maʼnaviyat targʻibot markazi viloyat boʻlimi rahbari Gʻijduvon tumani
Viloyat hokimining 2015-yil 6-martdagi 102-sonli qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2302-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarni viloyatda ijrosini tashkil etish va uning monitoringini yuritishning
TIZIMI
I. Viloyat komissiyasining ishlash tartibi
1. Viloyat hokimi qarori qabul qilingandan soʻng bir kunlik muddatda komissiyaning kengaytirilgan yigʻilishi oʻtkaziladi, unda komissiyaning ish tartibi va rejasi, qaror va chora-tadbirlar dasturi ijrosi boʻyicha tashkiliy ishlar rejasi loyihasi koʻrib chiqiladi.
2. Uch kunlik muddatda viloyat tashkilotlari, idoralari, xoʻjalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan “Keksalarni eʼzozlash yili” hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishi taʼminlanadi.
3. Komissiya yigʻilishlarida Davlat va hududiy dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosining borishi muhokama etib boriladi.
4. Yigʻilishlarda tuman va shahar hokimlari, tegishli viloyat tashkilotlari va korxonalari taklif etiladi, ish rejasi asosida va zaruriyatga qarab ularning mazkur dastur ijrosini taʼminlash boʻyicha faoliyatlari natijadorligi boʻyicha hisobotlari eshitiladi.
5. Viloyat tashkilotlarida va hududlarda dasturda belgilangan tadbirlar ijrosining borishini nazorat tartibida oʻrganishni tashkil etadi va uning yakunlarini yigʻilishlarda muhokama etib boradi.
6. Viloyat komissiyasi har chorak yakuni bilan dastur ijrosining borishi toʻgʻrisida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning chorak yakunlari boʻyicha oʻtkaziladigan faollar yigʻilishi muhokamasiga axborot taqdim etadi.
7. Viloyat Dasturiga kiritilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatadi hamda viloyatdagi davlat va nodavlat tashkilotlarning bu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
8. Yilning har oy va chorak yakunlari bilan Davlat dasturining bajarilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot tayyorlaydi.
II. Viloyat komissiyasi kichik ishchi guruhlarining ish tartibi
1. Dasturning kichik ishchi guruhiga berkitilgan boʻlimi ijrosini tashkil etish boʻyicha ishlar rejasini tayyorlaydi, har bir band boʻyicha tadbirning aniq muddati va ijrochilarini belgilaydi.
2. Belgilangan tadbirlar ijrosini taʼminlash boʻyicha har kunlik tashkilotchilik ishlarini olib boradi.
3. Berkitilgan kotibiyat bilan hamkorlikda tadbirlar ijrosini tashkilotlarda va hududlarda bajarilishini oʻrganadi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga amaliy yordam beradi.
4. Dasturning ijrosi boʻyicha har oy yakuni bilan yigʻilish oʻtkazib, har bir tadbir boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni muhokama qiladi, monitoring hujjatlari va maʼlumotlarni umumlashtirish uchun doimiy faoliyat koʻrsatuvchi maxsus ishchi guruhiga taqdim etadi.
III. Viloyat hokimligi apparatining vazifalari
Umumiy boʻlim
1. Bir kunlik muddatda viloyat hokimi qarori va chora-tadbirlar Dasturi, uni ijrosi boʻyicha tashkiliy ishlar rejasini tegishli ijrochilar (viloyat tashkilotlari va korxonalari, tuman va shahar hokimliklari)ga yetkazadi.
2. Viloyat komissiyasi, kichik ishchi guruhlar yigʻilishlari bayonlari bir kunlik muddatda rasmiylashtirilishini va tegishli ijrochilarga yetkazilishini tashkil etadi.
3. Dastur ijrosi bilan bogʻliq xatlar va maʼlumotlarning tezkorlik bilan roʻyxatdan oʻtkazilishi va ijrochilarga yuborilishini taʼminlaydi.
4. Respublika komissiyasi bayonlari va topshiriqlarini tezkorlik bilan tegishli ijrochilarga yetkazilishini taʼminlaydi va unda berilgan topshiriqlar ijrosini nazoratga oladi.
Tashkiliy-nazorat guruhi
5. Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari, doimiy komissiyalar majlislari, viloyat komissiyasi va kichik ishchi guruhlari yigʻilishlari oʻtkazilishini tashkiliy-texnik taʼminlash masalalarini muvofiqlashtiradi. Yigʻilish qatnashchilari taklif etilishi va roʻyxatdan oʻtkazilishini tashkil etadi.
6. Yigʻilish bayonlari rasmiylashtirilishi, berilgan topshiriqlar ijrochilarga yetkazilishini va ijro nazoratini tashkil etadi.
Axborot-tahlil guruhi
7. Viloyat komissiyasi yigʻilishlarini tayyorlaydi, bayonlarini yuritadi.
8. Kichik ishchi guruhlari tomonidan taqdim etilgan monitoring jadvallarini umumlashtiradi va komissiya muhokamasiga taqdim etadi.
9. Hududiy komissiyalar faoliyati, oʻtkazilgan yigʻilishlarini nazorat qiladi va bu toʻgʻrisida viloyat komissiyasiga axborot kiritib boradi.
10. Tuman va shaharlarda Davlat dasturi ijrosi boʻyicha ishlarning holatini oʻrganadi va bu toʻgʻrisida viloyat komissiyasiga axborotlar taqdim etadi.
11. Dastur bajarilishini kompyuter tizimida monitoringini olib boradi.
Viloyat hokimligi apparatining kotibiyatlari
12. Majmuaga kiruvchi tashkilotlarda oʻz dasturlari qabul qilinishini va uning ijrosi taʼminlanishini nazorat qiladi. Kotibiyatda har bir tashkilot boʻyicha alohida jild ochiladi va unda dastur ijrosi boʻyicha maʼlumotlar toʻplab boriladi.
13. Majmuaga kiruvchi tashkilotlar va korxonalarda, tuman va shaharlarda dasturning kotibiyat faoliyati doirasiga kiradigan tegishli bandlari bajarilishini nazorat qiladi.
14. Viloyat komissiyasining kotibiyat faoliyati doirasiga daxldor topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi.
15. Viloyat dasturidan oʻzining yoʻnalishlariga daxldor qismini olib, uning ijrosini tashkil etish boʻyicha vazifalarni belgilaydi. Tadbirlar nazoratini yuritadigan alohida mutaxassis belgilanadi.
16. Dastur har bir boʻlimi boʻyicha alohida jild ochadi va unga quyidagi hujjatlarni toʻplaydi:
viloyat dasturida belgilangan chora-tadbirlardan koʻchirma;
viloyat dasturida belgilangan chora-tadbirlarning tuman va shaharlarda hamda viloyat tashkilotlarida bajarilishi toʻgʻrisida tegishli rahbarning imzosi bilan maʼlumotnoma;
viloyat dasturida belgilangan chora-tadbirlarning tuman va shaharlarda hamda viloyat tashkilotlarida bajarilishi holatini tuziladigan ishchi guruhlari tomonidan oʻrganish natijalari;
monitoring hujjatlari.
17. Viloyat hokimligi apparati kotibiyat mudirlari, guruh rahbarlari kichik ishchi guruhlari faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlaydilar, yigʻilishlarini oʻtkazish va ish qogʻozlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam koʻrsatadilar.
IV. Viloyat tashkilotlari va korxonalarining vazifalari
1. Uch kunlik muddatda viloyat dasturi asosida tashkilot va korxonaning oʻz dasturini tayyorlaydi va uni rahbarning buyrugʻi bilan tasdiqlaydi.
2. Buyruq koʻchirmasini bir kunlik muddatda viloyat hokimligi apparati tegishli kotibiyatiga, tuman va shaharlardagi boʻlinmalariga yetkazadi.
3. Davlat dasturi boʻyicha qabul qilingan tashkilotning tadbirlari ijrosini tashkil etish masalasida yigʻilish oʻtkazadi.
4. Chora-tadbirlar ijrosi monitoringini yuritadigan masʼul shaxsni buyruq bilan belgilaydi.
5. Tuman va shaharlardagi boʻlinmalarida ushbu hujjat asosida oʻz dasturlari qabul qilinishini tashkil etadi.
6. Birinchi rahbar tomonidan har kuni tadbirlar ijrosini taʼminlash boʻyicha tashkilotchilik ishlari olib boriladi.
7. Har oy yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida viloyat komissiyasiga tegishli kotibiyat orqali yozma axborot beriladi.
V. Tuman va shahar hokimliklarining vazifalari
1. Uch kunlik muddatda “Keksalarni eʼzozlash yili” hududiy dasturini qabul qiladi, unda tuman (shahar) hududida amalga oshiriladigan ishlarni aniq belgilab oladi.
2. Qaror va hududiy dastur qabul qilingandan soʻng uning nusxasini bir kunlik muddatda viloyat komissiyasiga va oʻz hududidagi tegishli ijrochilarga yetkazadi.
3. Hududiy dastur ijrosini tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasini kengaytirilgan yigʻilishini oʻtkazadi, har bir komissiya aʼzosining vazifalarini belgilaydi.
4. Hududdagi barcha tashkilotlar va korxonalar, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan oʻz dasturlari qabul qilinishini taʼminlaydi, ularning nusxalarini tuman (shahar) hokimligida toʻplaydi.
5. “Keksalarni eʼzozlash yili” hududiy dasturida belgilangan tadbirlarning ijrosi boʻyicha har kunlik tashkilotchilik ishlarini olib boradi va tuman (shahar) komissiyasining yigʻilishini oʻtkazadi.
6. Hududiy dasturda belgilangan tadbirlarning ijro monitoringini yuritadigan ishchi guruh tuziladi.
7. Har oy yakuni bilan davlat dasturi va hududiy dasturda belgilangan tadbirlar ijrosining borishi toʻgʻrisida viloyat komissiyasiga axborot berib boriladi.
VI. Hududlarga biriktirilgan viloyat komissiyasi aʼzolarining vazifalari
1. “Keksalarni eʼzozlash yili” hududiy dasturida belgilangan tadbirlarning ijrosi boʻyicha oʻtkaziladigan tuman (shahar) komissiyasining yigʻilishlariga doimiy ishtirok etib, oʻtkazilgan yigʻilish natijalari toʻgʻrisida viloyat komissiyasiga axborot berib boriladi.
2. Hududiy dasturda belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha hokimliklar bilan birgalikda doimiy monitoring yuritish tizimini joriy qiladi va yuritiladigan oylik monitoringini viloyat komissiyasiga taqdim etib borilishini taʼminlaydi.
3. Dasturni ijrosini taʼminlash uchun viloyat darajasidagi muammolarini hal etish maqsadida viloyat komissiyasiga taqdim etadi.
