Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (1292-3-son)
09.07.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 9-iyulda 1292-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi PQ–2125-son “Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2003-yil 6-noyabrdagi 125, 02-1212 va 01/22-142-son qarori (roʻyxat raqami 1292, 2003-yil 20-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 24-son) bilan tasdiqlangan Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi “b” kichik bandidagi “Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi” degan soʻzlar “Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-iyul,
61-son
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-iyul,
8-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-iyul,
12-son
Kelishilgan:
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
2015-yil 7-iyul
