Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (109-son)
28.01.2015
Buxoro viloyati Jondor tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) muvofiq tumanda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Tuman ichki ishlar boʻlimi (I. Qobilov) belgilangan tartibda DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlarini tashkillashtirsin.
2. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari) odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi, mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilganlardan tashqari.
3. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-martdan 30-iyungacha;
ikkinchi marta — 1-sentabrdan 31-oktabrgacha oʻtkazilsin.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 30-iyungacha oʻtkazilsin.
4. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.
Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undiriladi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalaridan takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
Texnik koʻrik oʻtkazilganligi uchun yigʻim summasi tegishli mahalliy budjetga oʻtkazilsin.
5. Texnik koʻrikni oʻtkazish jadvali 1-ilovaga;
texnik koʻrikni oʻtkazish boʻyicha komissiyaning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Texnik koʻrikni oʻtkazish boʻyicha komissiya raisi (H. Nurov)ga:
yuridik shaxsga texnik koʻrik oʻtkaziladigan muddatlar toʻgʻrisidagi bildirishnoma yuborish;
texnik koʻrikni tashkilotlarda, diagnostika stansiyalarida va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida ish vaqtida, texnik nazorat postlarida ish kunlarining kunduzgi va tungi vaqtlarida yoki haftaning dam olish kunlaridan birida oʻtkazish;
texnik koʻrikdan oʻtkazishda texnik jihatdan nosoz deb topilgan transport vositasining, shuningdek texnik holati belgilangan talablarga javob bermaydigan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining kamchiliklari va nosozliklarni bartaraf etish boʻyicha belgilangan tartibda tegishli choralarni koʻrish vazifalari yuklatilsin.
7. Mazkur qaror “Jondor ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Boboyorov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Q. SALOMOV
Jondor t.,
2015-yil 28-yanvar,
109-son
Tuman hokimining 2015-yil 28-yanvardagi 109-sonli qaroriga 1-ILOVA
Texnik koʻrikni oʻtkazish
jadvali
T/r Yuridik shaxslarning transport vositalari Texnik koʻrikdan oʻtkazish joylari Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati Koʻrikka qoʻyilayotgan transport vositalari soni 1. Tuman hokimligi Oʻz joyida 1.03.2015-yil 2 2. Jondor pochta aloqa tarmogʻi Oʻz joyida 3.03.2015-yil 2 3. Markaziy kasalxona 147-avtokorxona 4.03.2015-yil 12 4. Sanepid, stansiya Oʻz joyida 5.03.2015-yil 5 5. Kasb-hunar kolleji Oʻz joyida 6.03.2015-yil 2 6. Iqtisodiyot kolleji Oʻz joyida 7.03.2015-yil 5 7. Iqtisod va statistika boʻlimi Oʻz joyida 8.03.2015-yil 1 8. Xalq taʼlimi boʻlimi Oʻz joyida 10.03.2015-yil 4 9. 20-son IKBMI Oʻz joyida 11.03.2015-yil 1 10. Jondor vatanparvar Oʻz joyida 12.03.2015-yil 5 11. Zarifobod f/x Oʻz joyida 13.03.2015-yil 1 12. Fazliddin oʻgʻli 147-avtokorxona 14.03.2015-yil 1 13. Niyat f/x Oʻz joyida 15.03.2015-yil 1 14. Chinor f/x 147-avtokorxona 17.03.2015-yil 9 15. Laziz Soxib Oʻz joyida 18.03.2015-yil 1 16. Davlat choʻpon f/x 147-avtokorxona 19.03.2015 �il 1 17. Mors f/x Oʻz joyida 20.03.2015-yil 6 18. Bozorbobo Jondoriy f/x Oʻz joyida 21.03.2015-yil 1 19. Jamshid f\x Oʻz joyida 22.03.2015-yil 1 20. Shodi Said f/x Oʻz joyida 24.03.2015-yil 1 21. Islom-1 f/x Oʻz joyida 25.03.2015-yil 1 22. Toir ota f/x Oʻz joyida 26.03.2015-yil 1 23. Kenja Joʻra f/x Oʻz joyida 27.03.2015-yil 1 24. Jayron Jayxun f/x Oʻz joyida 28.03.2015-yil 5 25. Xudoyberd bobo f/x Oʻz joyida 29.03.2015-yil 1 26. Joʻraobod f/x Oʻz joyida 1.04.2015-yil 1 27. Xasan Davron f/x Oʻz joyida 2.04.2015-yil 1 28. Guliston f/x Oʻz joyida 2.04.2015-yil 1 29. Shohijaxon Shoxon Baraka f/x Oʻz joyida 4.04.2015-yil 1 30. Buxorbek f/x Oʻz joyida 5.04.2015-yil 1 31. Jondorlik Jayron Jayxun f/x Oʻz joyida 5.04.2015-yil 1 32. Shoxnazar-21 f/x 147-avtokorxona 7.04.2015-yil 3 33. Chinor Zamini f/x Oʻz joyida 7.04.2015-yil 7 34. Umar arslon f/x 147-avtokorxona 9.04.2015-yil 1 35. Jondor tuman hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi 147-avtokorxona 9.04.2015-yil 5 36. Jondor gaz taʼminoti Oʻz joyida 11.04.2015-yil 10 37. Jondor TAYXPTFK 147-avtokorxona 12.04.2015-yil 6 38. Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi 147-avtokorxona 17.04.2015-yil 4 39. M.Torobiy sh/x 147-avtokorxona 18.04.2015-yil 4 40. Moxonqul sh/x Oʻz joyida 18.04.2015-yil 17 41. A.Temur sh/x 147-avtokorxona 19.04.2015-yil 2 42. Andijon sh/x Oʻz joyida 21.04.2015-yil 17 43. Navoiy sh/x 147-avtokorxona 21.04.2015-yil 7 44. Mustaqillik sh/x 147-avtokorxona 22.04.2015-yil 4 45. Ibn Sino sh/x 147-avtokorxona 23.04.2015-yil 7 46. T.Salimov sh/x 147-avtokorxona 24.04.2015-yil 7 47. Guliston sh/x 147-avtokorxona 25.04.2015-yil 2 48. Qaroli texnikasi MMTP 147-avtokorxona 25.04.2015-yil 6 49. Dalmun-Buxoriy MMTP Oʻz joyida 26.04.2015-yil 1 50. T.Xotamov OTAJ Oʻz joyida 26.04.2015-yil 9 51. Varaxsho sh/x Oʻz joyida 26.04.2015-yil 6 52. Oxunboboyev MMTP Oʻz joyida 28.04.2015-yil 4 53. Kasbim Sari MMTP Oʻz joyida 30.04.2015-yil 5 54. N.Rajabov sh/x Oʻz joyida 2.05.2015-yil 3 55. Jondor Istiqlol MMTP Oʻz joyida 2.05.2015-yil 1 56. Jondor Zarafshon MMTP Oʻz joyida 3.05.2015-yil 2 57. Jondor MTP AJ 147-avtokorxona 3.05.2015-yil 8 58. Veterinariya boʻlimi 147-avtokorxona 5.05.2015-yil 2 59. Oʻsimliklarni himoya qilish 147-avtokorxona 6.05.2015-yil 1 60. Boʻrdoqchilik kombinati 147-avtokorxona 7.05.2015-yil 1 61. Qishloq xoʻjalik kimyo 147-avtokorxona 8.05.2015-yil 8 62. Zagodskot Oʻz joyida 9.05.2015-yil 1 63. Jondor Guliston MMTP Oʻz joyida 10.05.2015-yil 2 64. Yakka tut qishloq xoʻjalik kimyo Oʻz joyida 12.05.2015-yil 3 65. Paxta tozalash OTXJ 147-avtokorxona 12.05.2015-yil 4 66. Oʻt oʻchirish qismi Oʻz joyida 12.05.2015-yil 4 67. Soliq qoʻmitasi Oʻz joyida 14.05.2015-yil 1 68. Jondor KMK Oʻz joyida 14.05.2015-yil 22 69. Jondor KMK-4 Oʻz joyida 14.05.2015-yil 10 70. Jondor KMK-7 Oʻz joyida 16.05.2015-yil 6 71. Jondor KMK-6 Oʻz joyida 17.05.2015-yil 4 72. Jondor KMK-52 Oʻz joyida 17.05.2015-yil 17 73. 147-avtokorxona Oʻz joyida 19.05.2015-yil 32 74. Jondor KMK-194 Oʻz joyida 19.05.2015-yil 3 75. Jondor KMK-193 147-avtokorxona 20.05.2015-yil 3 76. Kadastr Oʻz joyida 20.05.2015-yil 1 77. Oʻrmon xoʻjaligi Oʻz joyida 21.05.2015-yil 1 78. Jondor kino boʻlimi Oʻz joyida 21.05.2015-yil 4 79. Fuqarolar yigʻini Oʻz joyida 23.05.2015-yil 3 80. Dehqon bozori Oʻz joyida 23.05.2015-yil 1 81. Yakkatut savdo i/ch MChJ Oʻz joyida 24.05.2015-yil 13 82. Oʻzagrosugʻurta DASK Oʻz joyida 24.05.2015-yil 1 83. Bandlikka koʻmaklashuvchi markaz Oʻz joyida 26.05.2015-yil 1 84. Xalq banki Oʻz joyida 26.05.2015-yil 2 85. Sapremum MPO Oʻz joyida 27.05.2015-yil 2 86. Saxovat xis.jamiyati Oʻz joyida 27.05.2015-yil 2 87. Orom xis.jamiyati Oʻz joyida 28.05.2015-yil 1 88. Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar ittifoqi 147-avtokorxona 28.05.2015-yil 1 89. Umumiy ovqatlanish korxonasi Oʻz joyida 29.05.2015-yil 3 90. Mukammal taʼmirlash boʻlimi Oʻz joyida 29.05.2015-yil 1 91. Yakkatut assotsiatsiyasi Oʻz joyida 30.05.2015-yil 1 92. Omad konserva zavodi Oʻz joyida 30.05.2015-yil 5 93. Taʼmir qurilish boʻlimi Oʻz joyida 2.06.2015-yil 5 94. Gulboy firmasi Oʻz joyida 2.06.2015-yil 1 95. Umid info prof servis Oʻz joyida 2.06.2015-yil 1 96. Sanoat servis Oʻz joyida 3.06.2015-yil 3 97. Toʻla Ortiq Rajab stroy serv. Oʻz joyida 4.06.2015-yil 2 98. Ozod avtotrans servis Oʻz joyida 4.06.2015-yil 4 99. Neftegaz grand stroy MChJ Oʻz joyida 4.06.2015-yil 7 100. Otabek Baxshullo Ozodbek x/k 147-avtokorxona 6.06.2015-yil 1 101. Barkamol avlod 147-avtokorxona 7.06.2015-yil 1 102. Mattiyev Farxod Xakimovich MChJ Oʻz joyida 7.06.2015-yil 1 103. Jurat plyus Shuxrat avtotrans MChJ 147-avtokorxona 9.06.2015-yil 3 104. Azizbek Dilroz mega servis MChJ 147-avtokorxona 11.06.2015-yil 1 105. Zarafshon tong yulduzi MChJ Oʻz joyida 12.06.2015-yil 1 106. Choʻlquvar-98 f/x Oʻz joyida 12.06.2015-yil 1 107. Zarafshon obod oʻlka SFU Oʻz joyida 13.06.2015-yil 1 108. Fotona lyuks MChJ Oʻz joyida 13.06.2015-yil 3 109. Jondorlik mirob SFU 147-avtokorxona 13.06.2015-yil 1 110. Guliston Namgoni SFU Oʻz joyida 14.06.2015-yil 1 111. Real neft gaz trans Oʻz joyida 14.06.2015-yil 1 112. NEW star Buxoro Oʻz joyida 14.06.2015-yil 1 113. Suxrob Ergash servis MChJ Oʻz joyida 16.06.2015-yil 1 114. Usta Bobur MChJ Oʻz joyida 16.06.2015-yil 1 115. Aziz Laziz stroy servis MChJ Oʻz joyida 16.06.2015-yil 1 116. Jondor taʼmir qurilish MChJ Oʻz joyida 17.06.2015-yil 5 117. Abdulazizxon firmasi Oʻz joyida 17.06.2015-yil 3 118. Roʻzi Raxmon Jondoriy x/k Oʻz joyida 17.06.2015-yil 1 119. Buxoro qishloq xoʻjalik qurilish servis MChJ Oʻz joyida 18.06.2015-yil 2 120. Janapar xis.jamiyati Oʻz joyida 18.06.2015-yil 1 121. SPO Yevrosnar Oʻz joyida 18.06.2015-yil 3 122. Jondor sanoat servis MChJ Oʻz joyida 19.06.2015-yil 3 123. Mirshod Elbek trans servis MChJ Oʻz joyida 19.06.2015-yil 2 124. Jondor Azamat trans elit MChJ Oʻz joyida 19.06.2015-yil 1 125. Texnika moslamalar fab�ikasi Oʻz joyida 20.06.2015-yil 1 126. Xumin propangaz servis MChJ Oʻz joyida 20.06.2015-yil 2 127. SDF xususiy firmasi Oʻz joyida 20.06.2015-yil 1 128. Oaziz firmasi Oʻz joyida 21.06.2015-yil 2 129. Jasorat firmasi Oʻz joyida 21.06.2015-yil 3 130. MMM-95 Oʻz joyida 23.06.2015-yil 1 131. Asil bahor firmasi Oʻz joyida 23.06.2015-yil 5 132. Ferz firmasi 147-avtokorxona 23.06.2015-yil 15 133. Umarbobo firmasi Oʻz joyida 25.06.2015-yil 1 134. Usto Bobir firmasi Oʻz joyida 25.06.2015-yil 5 135. Muzaffar firmasi Oʻz joyida 26.06.2015-yil 3 136. Nargiza kichik korxonasi Oʻz joyida 26.06.2015-yil 2 137. Sarkor quruvchi IChK Oʻz joyida 27.06.2015-yil 8 138. Texnika kichik korxonasi Oʻz joyida 27.06.2015-yil 1 139. Etti ogʻa x/k Oʻz joyida 28.06.2015-yil 2 140. Bogʻbon x/k Oʻz joyida 28.06.2015-yil 3 141. Navroʻz x/k Oʻz joyida 28.06.2015-yil 1 142. Arbat avto komfort servis x/k Oʻz joyida 30.06.2015-yil 6 143. Jondor megaspektor trans x/k Oʻz joyida 30.06.2015-yil 2 144. Jumanazar k/k Oʻz joyida 30.06.2015-yil 1 145. Xususiy notarius R.T.Achilov Oʻz joyida 1.07.2015-yil 2 146. Nazarov Doniyor Erkinovich x/k Oʻz joyida 1.07.2015-yil 1 147. Jonibek Junaydullo serviz sharob MChJ Oʻz joyida 2.07.2015-yil 2 148. Ilxom Shoxjaxon Bexruz x/k Oʻz joyida 2.07.2015-yil 1 149. Parizod Buxoroiy MChJ Oʻz joyida 3.07.2015-yil 1 150. Shaxzoda Shaxrizoda akva servis MChJ Oʻz joyida 3.07.2015-yil 1 151. Moxinabonu Nargiza Mironshox x/k Oʻz joyida 4.07.2015-yil 1 152. Sodiq Soxibquron Suxrob x/k Oʻz joyida 4.07.2015-yil 3 153. Rabot Romish saxovat MChJ Oʻz joyida 5.07.2015-yil 1 154. Mirmuxsin Muhammadali kapital servis MChJ Oʻz joyida 5.07.2015-yil 1 155. Soxib Siroj trans x/k Oʻz joyida 7.07.2015-yil 2 156. Shoyim avto servis x/k Oʻz joyida 7.07.2015-yil 2 157. Neftegaz montaj stroy servis MChJ Oʻz joyida 8.07.2015-yil 3 158. Baykal trans x/k Oʻz joyida 8.07.2015-yil 3 159. Jondorlik Isomiddin Asloniy x/k Oʻz joyida 9.07.2015-yil 1 160. Shodlik x/k Oʻz joyida 10.07.2015-yil 1 161. Nur teks firmasi Oʻz joyida 11.07.2015-yil 1 162. Jondor elektron texnika markaziy shoʻba korxonasi Oʻz joyida 12.07.2015-yil 1 163. Gulmurod Elmurod f/x Oʻz joyida 13.07.2015-yil 1 164. Paxtakor savdo firmasi Oʻz joyida 14.07.2015-yil 1 165. YuTSh f/x Oʻz joyida 15.07.2015-yil 1 166. Jondor bunyodkor servis ITKF Oʻz joyida 16.07.2015-yil 1 167. Alfa omega i/ch firmasi Oʻz joyida 17.07.2015-yil 6 168. Malimoteks x/k Oʻz joyida 18.07.2015-yil 2 169. Rashid Jasmina servis x/k Oʻz joyida 19.07.2015-yil 4 170. Malika x/k Oʻz joyida 20.07.2015-yil 1 171. Maqsud Joʻrabek x/k Oʻz joyida 21.07.2015-yil 2 172. Buxoro avtoqurilish savdo MChJ Oʻz joyida 22.07.2015-yil 1 173. Shoyimobod i/ch korxonasi Oʻz joyida 23.07.2015-yil 1 174. Turon qurilish montaj MChJ Oʻz joyida 24.07.2015-yil 2 175. Jondor chashmasi MChJ Oʻz joyida 25.07.2015-yil 3 176. Jondor oʻquv avtotrans servis Oʻz joyida 26.07.2015-yil 2 177. Jondor ulgurji savdo MChJ Oʻz joyida 27.07.2015-yil 7 178. Usto Shofiddin firmasi Oʻz joyida 28.07.2015-yil 1 179. Mobil trans servis MChJ Oʻz joyida 29.07.2015-yil 2 180. Jondor MMK MChJ Oʻz joyida 30.07.2015-yil 1 181. Jaxongir Mirzo Oybek MChJ Oʻz joyida 31.07.2015-yil 1 182. Jondor sharob savdo IBUK Oʻz joyida 1.08.2015-yil 2 183. Sobirjon Saʼdullayev f/x Oʻz joyida 2.08.2015-yil 3 184. Xolmurod Joʻra Jondoriy MChJ Oʻz joyida 3.08.2015-yil 1 185. Marteks Buxoro MChJ Oʻz joyida 4.08.2015-yil 1 186. Nodirbek Jondoriy MChJ Oʻz joyida 5.08.2015-yil 1 187. Jondorlik Voxid Zoxid MChJ Oʻz joyida 6.08.2015-yil 1 188. Maxbuba Farmonovna MChJ Oʻz joyida 7.08.2015-yil 1 189. Jondor mega tekstil servis MChJ Oʻz joyida 8.08.2015-yil 2 190. Sanjar MChJ Oʻz joyida 9.08.2015-yil 3 191. Neftegaz karat stroy MChJ Oʻz joyida 10.08.2015-yil 2 192. Shavkat Qurbon Shuxrat MChJ Oʻz joyida 11.08.2015-yil 1 193. Mirjalol Shaxzod Xasan MChJ Oʻz joyida 12.08.2015-yil 1 194. Jondor agrotexservis MChJ Oʻz joyida 13.08.2015-yil 1 195. Jondor elektro mashina taʼmir MChJ Oʻz joyida 14.08.2015-yil 1 196. Komplekt prof info servis MChJ Oʻz joyida 15.08.2015-yil 1 197. Jondor produksiya MChJ Oʻz joyida 16.08.2015-yil 1 198. Xasan Xusan Jobir MChJ Oʻz joyida 17.08.2015-yil 2 199. Yakkatut Volvo servis MChJ Oʻz joyida 18.08.2015-yil 1 200. Juysafed qurilish MChJ Oʻz joyida 19.08.2015-yil 2 201. Kozikenti umum qurilish servis MChJ Oʻz joyida 20.08.2015-yil 1 202. Vismo servis stroy plyus MChJ Oʻz joyida 21.08.2015-yil 1 203. Taʼlim gazetasi tahririyati Oʻz joyida 22.08.2015-yil 1 204. Kelajagimiz farovonligi MChJ Oʻz joyida 23.08.2015-yil 1 205. Inoyat Mexriniso Jayrona plyus MChJ Oʻz joyida 24.08.2015-yil 1 206. Sardor inves qurilish servis MChJ Oʻz joyida 25.08.2015-yil 1 207. Ozodbek Feruzbek servis MChJ Oʻz joyida 26.08.2015-yil 2 208. Shohijaxon mega kapital servis x/k Oʻz joyida 26.08.2015-yil 1 209. Farxod plyus Ismoil MChJ Oʻz joyida 27.08.2015-yil 1 210. Chorvador Asror Anvar MChJ Oʻz joyida 28.08.2015-yil 1 211. Jondor alko trans MChJ Oʻz joyida 29.08.2015-yil 2 212. Fayz k/k Oʻz joyida 30.08.2015-yil 1 213. Manzilim Chorzonam MChJ Oʻz joyida 31.08.2015-yil 1 214. KMK-147 Oʻz joyida 1.09.2015-yil 1 215. Maqsud Jurat Oʻz joyida 2.09.2015-yil 2 216. Buxoro qurilish servis Oʻz joyida 3.09.2015-yil 3 217. SamaKapital MChJ Oʻz joyida 4.09.2015-yil 2 218. Nazarbek Jondor trans Oʻz joyida 5.09.2015-yil 5 219. Turon qurilish montaj MChJ Oʻz joyida 6.09.2015-yil 5 220. Obod oʻlka qurilish Oʻz joyida 7.09.2015-yil 2 221. Jondor AMXKJ 147-avtokorxona 8.09.2015-yil 14 222. Dilshod Dilnovoz Oʻz joyida 9.09.2015-yil 2 223. Meliarotiv qishloq boʻlimi Oʻz joyida 10.09.2015-yil 6 224. Jondor super klass Oʻz joyida 11.09.2015-yil 1 225. Jondor servis MChJ Oʻz joyida 12.09.2015-yil 1 226. Olim Said Subxiddin servis Oʻz joyida 13.09.2015-yil 1 227. Jurat Shuxrat MChJ Oʻz joyida 14.09.2015-yil 2 228. Xaqberdiyeva Parizod MChJ Oʻz joyida 15.09.2015-yil 1 229. Sigma servis MChJ Oʻz joyida 16.09.2015-yil 1 230. Joʻymuminlik Baxrom MChJ Oʻz joyida 17.09.2015-yil 1 231. Omuxta yem sotish MChJ Oʻz joyida 18.09.2015-yil 1 232. Goʻsht savdo korxona Oʻz joyida 19.09.2015-yil 1 233. Mimo kapital MChJ Oʻz joyida 20.09.2015-yil 1 Jami: 233 ta 685
Tuman hokimining 2015-yil 28-yanvardagi 109-sonli qaroriga 2-ILOVA
Texnik koʻrikni oʻtkazish boʻyicha komissiya
TARKIBI
H. Nurov — Tuman ichki ishlar boʻlimi, yoʻl harakati xavfsizligi guruxi katta inspektori Sh. Abdurasulov — tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Z. Niyozov — tuman Transport departamenti boshligʻi Y. Tursunov — “Davtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektori
