Tashish vositalarini tijorat maqsadlarida foydalanish uchun vaqtinchalik olib kirish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasiga qoʻshilish haqida (731-I-son)
25.12.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Tashish vositalarini tijorat maqsadlarida foydalanish uchun vaqtinchalik olib kirish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasiga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 25-dekabr,
731-I-son
