Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishni va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solish toʻgʻrisida (90-son)
14.03.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlarini joriy etish hamda Ozonni buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish milliy dasturini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan ozonni buzuvchi moddalar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova qarorning rus tilidagi matnida beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan, tarkibida 1-ilovaning A roʻyxatida sanab oʻtilgan ozonni buzuvchi moddalar mavjud boʻlgan mahsulotlar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
* 2-ilova qarorning rus tilidagi matnida beriladi.
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga* muvofiq;
* 3-ilova qarorning rus tilidagi matnida beriladi.
2000-2001-yillar davrida ozonni buzuvchi moddalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun kvotalar 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 4-ilova qarorning rus tilidagi matnida beriladi.
2. Ozonni buzuvchi moddalardan foydalaniladigan 2-ilovada koʻrsatib oʻtilgan muzlatgich asbob-uskunalarini va havoni sovutish qurilmalarini Vena konvensiyasi va Monreal protokoli Tomonlari hisoblangan mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish 2000-yil 1-iyuldan boshlab taqiqlansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 14-mart,
90-son
