Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida (37-son)
29.01.2015
Fargʻona viloyati Bogʻdod tuman hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil 9-son, 215-modda) 1999-yil, 19-avgustdagi 818-1-sonli Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2003-yil, 1-2-son, 17-modda) 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari va ularning tirkamalarini tegishli tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (Q. Xasanov)ga zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurlarga, nazorat oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizantal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarga va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishi taʼminlansin.
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalanadigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularning tirkamalari — bir yilda 2-marta;
b) Ishlab chiqarilganiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalaridan tashqari — 2 yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — 1 yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
4. Mazkur qarorning 3-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-martdan 30-iyungacha:
ikkinchi marta — 1-sentabrdan 31-oktabrgacha oʻtkazilsin.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻriki 1-martdan 30-iyungacha.
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻriki 1-fevraldan 31-avgustgacha oʻtkazilsin.
5. Tumandagi transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini 2015-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishning 1-bosqichi 2-ilovaga muvofiq, yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini 2015-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishning 2-bosqichi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvar, 54 sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori 3-bandi talablaridan kelib chiqib, tuman mudofaa boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi nazarda tutilsin.
7. Majburiy texnik koʻrik davomida komissiya tarkibiga ish olib borgan xodimlarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqlari saqlanib qolinsin.
8. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 17-yanvardagi 32-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Fayzullayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim S. RUZIBOYEV
Bogʻdod t.,
2015-yil 29-yanvar,
37-son
Tuman hokimining 2015-yil 29-yanvardagi 37-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
K. Xasanov — tuman IIB YXXG katta inspektori, komissiya raisi S. Usmonov — tuman davlat texnika nazorati inspeksiyasi boshligʻi, komissiya kotibi D. Abdullayev — tuman mudofaa boʻlimi boshligʻi I. Soliyev — tuman sugʻurta idorasi xodimi E. Gʻofurov — tuman yoʻl qurilish boshqarmasi xodimi T. Beknazarov — tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi boshligʻi
Tuman hokimining 2015-yil 29-yanvardagi 37-sonli qaroriga 2-ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini 2015-yilga majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishning
1-bosqichi
T/r Tashkilot nomi Jami tr-t soni Shu jumladan: Koʻrikdan oʻtkaziladigan kun Koʻrikdan oʻtkaziladigan manzil avto moto tirkama 1. Norin — Fargʻona ITB 23 19 2 2.03.2015-yil Uch-uy avtogarajda 2. Qishloqxoʻjkimyo shoʻba korxonasi 20 20 3.03.2015-yil korxona avto.gar 3. Soxibtrans x/a korxonasi 4.03.2015-yil U. Yusupov kor avto.gar 4. “S. Boltaboyev” KTXF 5-6.03.2015-yil korxona avto.g 5. Ismoil trans 7.03.2015-yil Avtogarajda 6. Paxta tozalash zavod 16 16 9.03.2015-yil Avtogarajda 7. Taʼmirlovchi Bogʻdod 3 3 — 10.03.2015-yil Avtogarajda 8. XMkk-99 12 12 11.03.2015-yil Avtogarajda 9. Toshpoʻlatov MCHJ 6 6 12.03.2015-yil Avtogarajda 10. Zamin Bogʻdod a/f 1 1 — 13.03.2015-yil Avtogarajda 11. Bogʻdod YXTPTFK 8 8 14.03.2015-yil Avtogarajda 12. Avtotrans servis MJCH 7 7 16.03.2015-yil Avtogarajda 13. Bogʻdod suv DUK 13 12 — 1 17.03.2015-yil Avtogarajda 14. Baxtiyor x.s.k 3 3 18.03.2015-yil Avtogarajda 15. Kamxoz 2 2 19.03.2015-yil Avtogarajda 16. Obodonlashtirish 1 1 20.03.2015-yil komxoz a/garaj 17. Vatanparvar tashqi 12 12 21.03.2015-yil Avtogarajda 18. Xalq taʼlim boʻlimi 2 2 23.03.2015-yil Internat avtogarajida 19. 88-internat 2 2 24.03.2015-yil Internat avtogarajida 20. Qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji 2 2 25.03.2015-yil kol avtogarajida 21. DMK 12 12 26.03.2015-yil Avtogarajda 22. Markaziy shifoxona 13 13 — 27.03.2015-yil Avtogarajda 23. Vetenariya boʻlimi 1 1 28.03.2015-yil Avtogarajda 24. Bogʻdod vodiy gaz 10 10 30.03.2015-yil Avtogarajda 25. Muzaffar KTXF 11 6 5 31.03.2015-yil Avtogarajda 26. Neft baza 8 8 1.04.2015-yil Avtogarajda 27. Akbarobod X/F 2 2 2.04.2015-yil Neft baza a/gar 28. Choʻlpon x/k 1 1 3.04.2015-yil Neft baza a/gar 29. Muxtasar X/f 1 1 — 4.04.2015-yil Neft baza a/gar 30. Said kemping X/f 3 3 6.04.2015-yil Neft baza a/gar 31. Zilol suv X-k 6 6 7.04.2015-yil Avtogarajda 32. Bogʻdod agrotexsavdo 1 1 8.04.2015-yil Avtogarajda 33. Paxta bank 1 1 9.04.2015-yil MTP avtogarajida 34. Inkassatsiya 1 1 10.04.2015-yil MTP avtogarajida 35. Xalq banki 1 1 11.04.2015-yil MTP avtogarajida 36. Davlat soliq inspeksiyasi 1 1 13.04.2015-yil Vustk avtog 37. Bandlikka koʻmaklashish markazi 1 1 14.04.2015-yil Vustk avtogaraj 38. CHP Bogʻdod tulpori x/k 1 1 15.04.2015-yil Avtogara?da 39. “Goʻzal” savdo korxonasi 4 4 16.04.2015-yil Avtogarajda 40. Doril Toxir x/f 1 1 17.04.2015-yil Abror kTF avtogarajda 41. Bogʻdod effekt mebel 1 1 18.04.2015-yil Abror kTF avtogarajda 42. Tuman hokimiyati 5 5 20.04.2015-yil Avtogarajda 43. Xusniobod geroy x/k 1 1 21.04.2015-yil Avtogarajda 44. Boyigitov f/x 3 3 22.04.2015-yil Parrandachilik f-ka avtogarajda 45. “Salomat” savdo kor 2 2 23.04.2015-yil Mark MTP avtogarajida 46. Umid f/x 3 2 1 24.04.2015-yil Parranda f-ka a/garajida 47. Qoʻchqorov f/x 1 1 25.04.2015-yil E. Buzrukxuja MMTP a/gar 48. Usmontoy f/x 1 1 27.04.2015-yil U. Abdusalim MMTP a/gar 49. Javlon f/x 1 1 28.04.2015-yil MTP avtogarajida 50. Sabrina Said x/f 1 1 29.04.2015-yil MTP a/gar 51. Vodiy trade x/k 2 2 30.04.2015-yil Genitika a/gar 52. Joʻra x/f 1 1 1.05.2015-yil X. Xaziniy MMTP avtogarajda 53. Amirobod f/x 1 1 01.05.2015-yil U. Abdusalim MMTP avtogarajda 54. Abdulaziz poydevori x/f 1 1 01.05.2015-yil X. Xaziniy MMTP. Avtogarajda 55. Quruvchi XTk 1 1 04.05.2015-yil Genetika avtogarajda 56. Madaminbek f/x 1 1 04.05.2015-yil A. Bogʻdodiy MMTP a/gar. 57. “Subx yogʻdusi” KTXF 1 1 04.05.2015-yil MTP avtogarajda 58. “Amir Temur” KTXF 1 1 05.05.2015-yil MTP avtogarajda 59. Olim-Samin KTF 2 2 05.05.2015-yil Genitika a/gar 60. Abdulla Bordon x/f 1 1 06.05.2015-yil 78-avtokorxona 61. Xusniobod savdo x/f 1 1 06.05.2015-yil 78-avtokorxona 62. Bogʻdod Xitoy savdogari x/f 1 1 06.05.2015-yil 78-avtokorxona 63. Matxalil Bogʻdod x/k 2 2 07.05.2015-yil 78-avtokorxona 64. Lazizbek x/f 2 2 07.05.2015-yil qorakoʻl-chuvalangchi MMTP 65. Davr nashidasi 3 3 07.05.2015-yil qorakoʻl-chuvalanchi MMTP 66. S. Xabibulla x/f 1 1 08.05.2015-yil Avtogarajda 67. Mufassial savdo MCHJ 1 1 08.05.2015-yil Avtogarajda 68. Agroeksperes x/k 1 1 08.05.2015-yil Avtogarajda 69. Raxmonali SCHF 1 1 08.05.2015-yil Avtogarajda 70. Sogʻlom avlod 1 1 09.05.2015-yil Avtogarajda 71. Ohakchi qahrabo 1 1 09.05.2015-yil Avtogarajda 72. Texservis Mexanizator 1 1 11.05.2015-yil Avtogarajda 73. Istiqlol kTF 1 1 11.05.2015-yil Avtogarajda 74. Ziroatchi Mustofoqul f/x 1 1 11.05.2015-yil Avtogarajda 75. Xilola f/x 1 1 11.05.2015-yil Avtogarajda 76. Invest agro savdo 3 3 12.05.2015-yil Avtogarajda 77. Ilmjon Paxtazori f/x 1 1 12.05.2015-yil Avtogarajda 78. Aramati Bogʻdod 1 1 13.05.2015-yil Avtogarajda 79. Muzaffar Savdo MCHJ 1 1 13.05.2015-yil Avtogarajda 80. Transport kolleji 2 2 14.05.2015-yil Avtogarajda 81. Barhayot kTICH 2 2 14.05.2015-yil Avtogarajda 82. Isroiljon Limonzori x.f 1 1 15.05.2015-yil Avtogarajda 83. Erkinoy KTXK 1 1 15.05.2015-yil Avtogarajda 84. Abdulloxaziz poydevori 1 1 16.05.2015-yil Avtogarajda 85. Fayzli Bogʻdod MCHJ 1 1 16.05.2015-yil Avtogarajda 86. Yuldashev A.F/X 1 1 18.05.2015-yil Avtogarajda 87. Bogʻdod Xitoy savdogari 1 1 18.05.2015-yil Avtogarajda 88. Bogʻdod Turon Zamin MCHJ 1 1 19.05.2015-yil Avtogarajda 89. Aziya Gekay x.k 1 1 19.05.2015-yil Avtogarajda 90. Siddikov Avazbek x.k 1 1 20.05.2015-yil Avtogarajda 91. CHP Xalil ulkan qoya 1 1 20.05.2015-yil Avtogarajda 92. Guli xonadon kTXF 1 1 21.05.2015-yil Avtogarajda 93. Bogʻdod Agrosanoat kXk 1 1 21.05.2015-yil Avtogarajda 94. Davr Nashidasi x.k 3 3 22.05.2015-yil Avtogarajda Jami 254 245 9 Jismoniy shaxslarning transport vositalari Joriy yilning 1-fevraldan 31-avgustgacha belgilangan manzilda texnik koʻrikdan
Tuman hokimining 2015-yil 29-yanvardagi 37-sonli qaroriga 3-ILOVA
Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini 2015-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishning
2-bosqichi
T/r Tashkilot nomi Jami tr-t soni Shu jumladan: Koʻrikdan oʻtkaziladigan kun Koʻrikdan oʻtkaziladigan manzil avto moto tirkama 1. Neft baza 6 6 — 01.09.2015-yil Avtogarajda 2. Xalq taʼlimi 1 1 02.09.2015-yil Avtogarajda 3. Vatanparvar 2 2 03.09.2015-yil Avtogarajda 4. Umid f/x 1 1 04.09.2015-yil Parranda f-ka a/g 5. Amirobod f/x 1 1 05.09.2015-yil U. A. Salim MMTP a/g 6. Sobirjon Boltaboyev Djurayevich xus. Avtokorxona 3 3 7-8.09.2015-yil Avtogarajda 7. Sohibtrans xus. Avtokorxona — — 9.09.2015-yil Avtogarajda 8. Ismoil trans — — Avtogarajda 9. Vodiy gaz 3 3 10.09.2015-yil Avtogarajda 10. Goʻzal savdo korxonasi 2 2 11.09.2015-yil Avtogarajda 11. Norin-Fargʻona ITB 4 4 12.09.2015-yil Avtogarajda 12. Bogʻdod DMk 3 3 14.09.2015-yil Avtogarajda 13. Qishloq xoʻjalik kimyo 2 2 15.09.2015-yil Avtogarajda 14. Paxtazavod 6 6 16.09.2015-yil Avtogarajda 15. Matlubot savdo jamiyati 1 1 17.09.2015-yil MTP Avtogarajda 16. Bogʻdod dov.suv pudrat 2 2 18.09.2015-yil Avtogarajda 17. Zilolsuv x/f 1 1 19.09.2015-yil Avtogarajda 18. Akbarobod x/f 1 1 21.09.2015 yil Neft baza a/gar 19. Muxtasar x/f 1 1 22.09.2015 yil Neft baza a/gar 20. Saidkemping x/f 2 2 23.09.2015 yil Neft baza a/gar 21. Ergashobod x/f 1 1 24.09.2015 yil Neft baza a/gar 22. XMKK-99 1 1 26.09.2015-yil Avtogarajda JAMI 47 47
