2015-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida (315-son)
18.05.2015
Fargʻona viloyati Yozyovon tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi 992-II-son va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-oktabrdagi SQ-454-II-son “2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi qarorlari hamda viloyat hokimining 2015-yil 15-apreldagi 108-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek tuman hududidagi iqtisodiyot tarmoqlarining salohiyatini ishga solish, mehnat bozorining ehtiyojlari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklarini inobatga olib, ishga joylashtirishning samarali shakllarini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashish yoʻli bilan ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-son, 97-modda) asosan qaror qilaman:
1. Fargʻona viloyati hokimining 2015-yil 15-apreldagi “2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi 108-son qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Yozyovon tumanida 2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi koʻrsatkichlari 1-ilovaga;
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi oyma-oy koʻrsatkichlari 2-ilovaga;
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boʻyicha doimiy ishlovchi tuman ishchi komissiyasining tarkibi 3-ilovaga;
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dastur koʻrsatkichlarining ijrosini nazorat qilish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ishchi guruhi tarkibi 4-ilovaga;
ish oʻrinlarini tashkil etish loyihalarini oʻz vaqtida ishga tushishini taʼminlash boʻyicha viloyatdan tumanga biriktirilgan vakillar roʻyxati 5-ilovaga;
ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining ijrosini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boʻyicha doimiy ishlovchi ishchi komissiyasining 2015-yil 1-yarim yillik ish rejasi 6-ilovaga;
tumanda 2015-yil davomida “Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi”ni oʻtkazish jadvali 7-ilovaga;
tumanda oʻtkaziladigan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini tashkil etish boʻyicha tizim 8-ilovaga;
tumanda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturida nazarda tutilgan tashkilot tomonidan yangitdan tashkil etilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli 9-ilovaga;
yangitdan tashkil etilgan ish oʻrinlarini haqqoniyligini oʻrganish dalolatnomasi 9.1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. 2015-yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida qabul qilingan barcha dasturlar ijrosi natijasida 3368 ta ish oʻrinlari tashkil qilish qismi boʻyicha:
tuman hokimligi Iqtisodiyot boʻlimi (Sh. Mamatqulov) tumanni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida sanoat, xizmat koʻrsatish va servis hamda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi loyihalarda tashkil etiladigan 884 ta ish oʻrinlarini;
investitsiya dasturi ijrosini amalga oshirish orqali tashkil etiladigan ish oʻrinlarini;
davlat mulki boʻlgan, boʻsh turgan bino va inshootlar (sotish, ijaraga berish va buzishdan boʻshagan yer maydonlarida), shuningdek kam quvvatlarda ishlayotgan va faoliyatsiz korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, boʻsh turgan, qurilishi tugallanmagan obyektlar negizida tashkil etiladigan 182 ta ish oʻrinlarini;
Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Sh. Ibrohimzoda) uy mehnatining barcha shakllari, shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmay turib, tadbirkorlik bilan shugʻullanish (kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, pudrat ishlari, dehqon xoʻjaliklari, aholi tomorqalari va shu kabilar) hisobiga tashkil etiladigan 1314 ta ish oʻrinlarini;
Qishloq va suv xoʻjaligi (A. Saidov) fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va ularni kengaytirish (parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik va boshqa yoʻnalishlar) hisobiga tashkil etiladigan 39 ta yangi ish oʻrinlarini;
Tuman moliya boʻlimi (Gʻ. Ergashev) infratuzilma obyektlarini, shu jumladan budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga ishga tushuriladigan obyektlar hisobiga tashkil etiladigan ish oʻrinlarini;
Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (A. Qosimov) yakka tartibda tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga hamda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash hisobiga tashkil etiladigan ish oʻrinlarini;
Tuman statistika boʻlimi (A. Hakimov) taqdim etiladigan statistik hisobotlar asosida ish oʻrinlarini;
Tumandagi kasb-hunar kollejlari (M. Otajonov, R. Valiyev, Gʻ. Aliyev, I. Sheraliyev, M. Hatamov) 2014-2015-yil kollej bitiruvchilarining bandligi holati boʻyicha ish oʻrinlarini;
Tumandagi tijorat banklari (Z. Nabiyev, A. Yusupov) tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kredit mablagʻlari hisobiga 758 ta ish oʻrinlarini tashkil etishga koʻmaklashsinlar.
Tuman ishi komissiyasi aʼzolari 9-ilovaga muvofiq har oyning 27-sanasigacha tashkil etilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumot shakllarini tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etsinlar hamda tashkil etilgan yangi ish oʻrinlari monitoringini yuritsinlar.
4. Dastur koʻrsatkichlarining ijrosini tashkil qilish boʻyicha tuman ishchi komissiyasiga:
dasturda belgilangan tadbirlarning ijrosini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha tashkilotchilik ishlarini amalga oshirish, tegishli tuman korxona va tashkilotlarning bu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
har oyning 25-sanasigacha biriktirilgan hududga chiqqan holda, 2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash tuman dasturi ijrosini tanqidiy oʻrganib, mutasaddi tashkilotlar ishtirokida muhokama qilib borish;
hududiy dasturlarda belgilangan parametrlar ijrosini taʼminlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar koʻrish;
belgilangan vazifalarni talab darajasida bajarmayotgan tarmoqlar, korxonalar, tashkilotlar rahbarlarining masʼuliyatini yanada oshirish yuzasidan javobgarlik masalasini koʻrib chiqish uchun tuman hokimiga takliflar kiritib borish;
hududiy dasturlarga kiritilgan obyektlarning oʻz vaqtida ishga tushurilishi, dastur parametrlarining toʻliq va sifatli bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish;
dastur ijrosi toʻgʻrisida har oy yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasigacha tuman hokimligiga axborot kiritish topshirilsin.
5. Dastur monitoringini yuritish boʻyicha tuman ishi komissiyasi huzurida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ishchi guruhiga:
dasturda belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash boʻyicha monitoring yuritish, barcha parametr koʻrsatkichlarini tahlil qilgan holda umumlashtirib borish;
dastur ijrosini tashkilotlarda, korxonalarda bajarilishini oʻrganib, mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda yakuniy maʼlumotlarni umumlashtirib, tuman ishchi komissiyasiga har oyning 20-sanasiga taqdim etish topshirilsin.
6. Tuman hokimligi (K. Darmonov)ga:
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha hududiy manzilli dasturlarini ishlab chiqib, tegishli qaror bilan tasdiqlash;
dastur ijrosining borishi haqida har oyda belgilangan muddatda viloyat ishchi guruhiga yozma axborot taqdim etish topshirilsin.
7. Tuman statistika boʻlimi (A. Hakimov), tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Sh. Ibrohimzoda), tuman hokimligi iqtisodiyot boʻlimi (Sh. Mamatqulov) bilan birgalikda barcha chora-tadbirlar hisobiga tashkil etiladigan ish joylarining statistik hisobotlarini yuritilishini taʼminlasinlar.
8. Tuman statistika boʻlimi (A. Hakimov) va tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Sh. Ibrohimzoda) — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1999-yil 22-dekabrda 858-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Mehnat organlariga boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar) mavjudligi toʻgʻrisida va moʻljallanayotgan xodimlar ishdan ozod etilishi toʻgʻrisida”gi maʼlumotlarni taqdim etish tartibi haqidagi Nizomga muvofiq maʼlumot taqdim etishi belgilangan korxonalar roʻyxatini aniqlasin (yirik va monopol korxonalar majburiy, xususiy korxonalar ixtiyoriy ravishda) va shakllantirsin.
9. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Sh. Ibrohimzoda)ga boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishi belgilangan korxonalar tomonidan maʼlumot taqdim etilmaganda koʻriladigan maʼmuriy choralar toʻgʻrisida korxona rahbarlarini ogohlantirish;
boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni internet tarmogʻidagi www.farbandlik.uz saytiga kiritib borish topshirilsin.
10. Tuman Markaziy Fargʻona tahririyati (A. Xudoyqulov)ga tumandagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni doimiy ravishda roʻznomada yoritib borish tavsiya etilsin.
11. Ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim S. TOShPOʻLATOV
Yozyovon t.,
2015-yil 18-may,
315-son
Tuman hokimining 2015-yil 18-maydagi 315-son qaroriga 1-ILOVA
Yozyovon tumanida 2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi
koʻrsatkichlari
T/r Yoʻnalishlar Jami 1. Jami yaratiladigan ish oʻrinlari: 3368 shu jumladan: 2. Maqsadli dasturlarga asosan tashkil etiladigan ish oʻrinlari 315 Shundan: 2.1. sanoatda 10 2.2. xizmat koʻrsatish sohasida 120 2.3. qishloq xoʻjaligida 39 2.4. ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash 182 3. Bundan tashqari 3017 Shundan: 3.1. Tijorat banklari krediti hisobiga kichik korxona va mikrofirmalarda 758 3.2. yakka tadbirkorlikni rivojlantirishda 130 3.3. uy mehnatini barcha shakllarini rivojlantirish hisobiga 1314 3.4. dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish hisobiga 815
Tuman hokimining 2015-yil 18-maydagi 315-son qaroriga 2-ILOVA
Yozyovon tumanida 2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi oyma-oy
koʻrsatkichlari
T/r Tuman nomi 2015-yil dasturi, jami (birlik) Shundan: yanvar fevral mart aprel may iyun iyul avgust sentyabr oktyabr noyabr dekabr 1. Yozyovon 3368 9 15 225 529 310 322 343 212 542 210 375 276
Tuman hokimining 2015-yil 18-maydagi 315-son qaroriga 3-ILOVA
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boʻyicha doimiy ishlovchi tuman ishchi komissiyasining
TARKIBI
T/r F.I.Sh Lavozimi 1. Toshpoʻlatov Sodiqjon Tuman hokimi, komissiya raisi 2. Darmonov Karimberdi Tuman hokimi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari 3. Sh. Ibrohimzoda Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori, komissiya raisi oʻrinbosari 4. O. Umurzaqov Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi mutaxassisi, komissiya kotibi Aʼzolari 5. M. Shermatova Tuman hokimining xotin-qizlar boʻyicha oʻrinbosari 6. Sh. Mamatqulov Tuman hokimligi iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi 7. A. Merajalilov Tuman “Mahalla” jamoat fondi raisi 8. Gʻ. Ergashev Tuman moliya boʻlimi boshligʻi 9. A. Hakimov Tuman statistika boʻlimi boshligʻi 10. Z. Nabiyev Tuman agrobank boshqaruvchisi 11. A. Yusupov Tuman xalq banki boshqaruvchisi 12. A. Xudoyqulov Markaziy Fargʻona gazetasi bosh muharriri 13. Z. Toshboltayeva Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish inspeksiyasi rahbari 14. M. Otajonov Avtotransport kasb-hunar kolleji direktori 15. R. Valiyev Iqtisodiyot va maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji 16. Gʻ. Aliyev Qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji direktori 17. I. Sheraliyev Pedagogika kasb-hunar kolleji direktori 18. M. Hatamov Xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji direktori
Tuman hokimining 2015-yil 18-maydagi 315-son qaroriga 4-ILOVA
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dastur koʻrsatkichlarining ijrosini nazorat qilish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ishchi guruhi
TARKIBI
T/r F.I.Sh Lavozimi 1. Sh. Ibrohimzoda Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori, ishchi guruh rahbari 2. Sh. Mamatqulov Tuman hokimligi Iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi 3. Z. Nabiyev Tuman agrobank boshqaruvchisi 4. A. Yusupov Tuman xalq banki boshqaruvchisi 5. A. Hakimov Tuman statistika boʻlimi boshligʻi
Tuman hokimining 2015-yil 18-maydagi 315-son qaroriga 5-ILOVA
Ish oʻrinlarini tashkil etish loyihalarini oʻz vaqtida ishga tushishini taʼminlash boʻyicha viloyatdan tumanga biriktirilgan vakillar
ROʻYXATI
T/r Biriktirilgan vakilning F.I.Sh Lavozimi 1. B.Oʻrinboyev Viloyat Ipoteka bank boshqaruvchisi
Tuman hokimining 2015-yil 18-maydagi 315-son qaroriga 6-ILOVA
Ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining ijrosini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boʻyicha doimiy ishlovchi ishchi komissiyasining 2015-yil 1-yarim yillik
ISh REJASI
T/r Oʻrganiladigan masalalar, koʻzda tutilgan tadbirlar nomi Ijro muddati Ijro uchun masʼullar Yakuniy natija 1. Tuman ishchi komissiyasi aʼzolari tarkibini tasdiqlash. Ishchi komissiya aʼzolari oʻrtasida vazifalar taqsimotini ishlab chiqish. 2015-yil may oyi yakuniga qadar Tuman hokimi oʻrinbosari K. Darmonov, tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori Sh. Ibrohimzoda h�mda komissiya aʼzolari Tuman komissiyasi aʼzolarining oʻziga belgilangan vazifalar taqsimotidan kelib chiqib chora-tadbirlar belgilaydi, shuningdek hududlarga vakillar biriktiriladi va shaxsiy ish rejalarini ishlab chiqadi hamda olib borilgan ishlar boʻyicha ishchi komissiyasiga axborot kiritib boradi. 2. Tuman ishchi komissiyasi belgilangan vazifalar ijrosini tashkil etish yuzasidan muhokamalar oʻtkazish reja jadvalini ishlab chiqadi. Muhokamalar kamida har oyda bir marotaba oʻtkaziladi. Har oyda Tuman hokimi oʻrinbosari K. Darmonov, tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori Sh. Ibrohimzoda hamda komissiya aʼzolari Muhokamada koʻtariladigan masalalarni hal etish va bu borada ishchi komissiyasiga axborot kiritish. 3. Ishchi komis�iyasi yigʻilishiga tahliliy maʼlumotlar tayyorlab borish. Dasturga kiritilgan loyiha tashabbuskorlari bilan uchrashish, ularni ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha muammolarini oʻrganib borish, muammolarini oʻsha yerning oʻzida echish choralarini koʻrish. Oʻrganish natijalari, olib borilgan ishlar toʻgʻrisida tuman ishchi komissiyasiga maʼlumot kiritish. Har oy yakuni boʻyicha Tuman hokimi oʻrinbosari K. Darmonov, tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori Sh. Ibrohimzoda hamda komissiya aʼzolari Dasturdagi loyihalar boʻyicha monitoring olib borish va tahliliy maʼlumotlar boʻyicha ishchi komissiyasiga axborot kiritib borish 4. Tuman ishchi guruhi faoliyatini oʻrganish. Yigʻilish bayonnomalari, koʻtarilgan muammolar, ularning yechimi boʻyicha olib borilgan ishlar natijadorligini oʻrganish. 2015-yil may oyi Tuman hokimi oʻrinbosari K. Darmonov, tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi di�ektori Sh. Ibrohimzoda hamda komissiya aʼzolari Ishchi komissiyasi muhokamasiga tahliliy maʼlumotlarni kiritish va aniqlangan muammolarni yechimi boʻyicha taklif berish 5. Tumanda maqsadli dasturlar jumladan sanoat, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturlari doirasida tashkil etiladigan ish oʻrinlari tashkil etish ahvolini oʻrganish. Tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga sunʼiy ravishda toʻsiq boʻlayotgan muammolarni oʻrganish. Shu yerning oʻzida tegishli masʼullar bilan muammolarni echish choralarini koʻrish. Olib borilgan ishlar toʻgʻrisida tuman ishchi komissiyasi yigʻilishiga maʼlumotlar taqdim etish. 2015-yil may oyi Tuman hokimi oʻrinbosari K. Darmonov, tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori Sh. Ibrohimzoda hamda komissiya aʼzolari Dasturlar boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash va aniqlangan muammolarni yechimi boʻyicha taklif berish 6. Tumandagi tijorat banklari kreditlari hisobiga kichik korxona va mikrofirmalarda tashkil etilayotgan ish oʻrinlarini haqqoniyligini oʻrganib borish. Tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hisobiga haqiqatda yaratilgan ish oʻrinlarini oʻrganish. Natijalari boʻyicha tuman ishchi komissiyasiga axborot kiritish. 2015-yil iyun oyi Tuman hokimi oʻrinbosari K. Darmonov, tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori Sh. Ibrohimzoda hamda komissiya aʼzolari Ishchi komissiyasi tahliliy maʼlumotlarini kiritish va aniqlangan muammolarni yechimi boʻyicha taklif berish 7. Tumanda boʻsh turgan davlat obyektlarini kichik biznes subyektlariga berish orqali ish oʻrinlari tashkil etish ahvolini oʻrganish. Tadbirkorlar uchun toʻsiq boʻlayotgan muammolarni oʻrganib, usha yerning oʻzida echish choralarini koʻrish. 2015-yil iyun Tuman hokimi oʻrinbosari K. Darmonov, tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori Sh. Ibrohimzoda hamda komissiya aʼzolari Ishchi komissiyasiga tahliliy maʼlumotlarini kiritish va aniqlangan muammolarni yechimi boʻyicha taklif berish 8. Korxona, tashkilot, muassasalarda kichik korxona va mikrofirmalarda ish oʻrinlari qisqartirishlarini oldini olish, qisqarish sabablarini aniqlash maqsadida monitoring oʻtkazish. Ish oʻrinlari qisqaruvini oldini olish choralarini koʻrish. Ishdan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy muhofazasini taʼminlash. 2015-yil har oy yakuni bilan Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori Sh. Ibrohimzoda, tuman statistika boʻlimi boshligʻi A. Hakimov, tuman hokimligi Ishchi komissiyasiga tahliliy maʼlumotlarini kiritish va aniqlangan muammolarni yechimi boʻyicha taklif berish 9. Ish oʻrinlari tashkil etilgan korxonalarda xodimlar bilan mehnat munosabatlarining qonuniyligini oʻrganish, mehnat shartnomalari, ishga qabul qilish boʻyicha buyruqlarni rasmiylashtirilganligi boʻyicha monitoring qilib borish. 2015-yil may-iyun oylari Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori Sh. Ibrohimzoda hamda hudud inspektorlari Korxonalarda mehnat qonunchiligi holati oʻrganiladi. Aniqlangan kamchiliklarni oʻrganish vaqtidayoq bartaraf etish choralari koʻriladi. Olib borilgan ishlar boʻyicha ishchi komissiyasiga axborot beriladi.
Tuman hokimining 2015-yil 18-maydagi 315-son qaroriga 7-ILOVA
Tumanda 2015-yil davomida “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi”ni oʻtkazish
JADVALI
T/r Tuman nomi 2015-yilda oʻtkaziladigan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari Shu jumladan oylar kesimida: yanvar fevral mart aprel may iyun iyul avgust sentyabr oktyabr noyabr dekabr 1. Yozyovon 5 0 0 0 0 1 0 1 1 1 1 0 0
Tuman hokimining 2015-yil 18-maydagi 315-son qaroriga 8-ILOVA
Tumanda oʻtkaziladigan boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkalarini tashkil etish boʻyicha
TIZIM
1. Yarmarkalar tashkil etiladigan hudud, yarmarka boʻlib oʻtadigan joy, vaqti, yarmarka ishtirokchilarini aniqlanib, yarmarka boʻlib oʻtishidan kamida besh kun avval mahalliy televideniyada, gazeta va roʻznomalarda eʼlon berish tashkil etiladi.
2. Yarmarka boʻlib oʻtadigan joylarda obodonlashtirish ishlari tashkil etiladi.
3. Yarmarkaga bayramona tus berish maqsadida madaniyat va sport ishlari boʻlimi tomonidan qisqacha konsert dasturi tayyorlanadi (15 — 20 minut).
4. Tumandagi boʻsh ish joylari mavjud boʻlgan korxona va tashkilotlar, kichik korxona va mikrofirmalar rahbarlari yoki xodimlar bilan ishlash boʻyicha boʻlim boshliqlari korxona nomi qayd etilgan pano, korxonaning asosiy faoliyat turi, ishlab chiqaradigan mahsulot, koʻrsatiladigan xizmatlar turi yozilgan pano bilan ishtirok etadi.
Yarmarka boʻlib oʻtadigan kun toʻgʻrisida tashkilotchilar tomonidan taklifnomalar yetkazib beriladi.
5. Kasb-hunar kolleji rahbarlari kollejning nomi, bitiruvchilarning soni, ularning mutaxassisliklari koʻrsatilgan panolar bilan ishtirok etadi.
6. Usta-hunarmandlar, oilaviy tadbirkorlar oʻzlarining ishlab chiqargan mahsulotlari bilan ishtirok etadi. Hunarmandlarning familiyasi, ismi, ishlab chiqargan mahsulotlarining nomi yozilgan pano tashkil etiladi.
7. Tijorat banklari bank tomonidan mijozlarga koʻrsatiladigan xizmatlar turlari, banklar tomonidan tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar, kredit berish shartlari, muddatlari, foizlarini aks ettiruvchi panolar bilan ishtirok etadi.
8. Tuman tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish inspeksiyasi xodimlari davlat roʻyxatidan oʻtish uchun talab etiladigan hujjatlar, toʻlanadigan davlat boji va boshqa tadbirkorlarga berilishi lozim boʻlgan stendlar bilan ishtirok etadi.
9. Mahalla fuqarolar yigʻinlari mahalladagi ishga joylashga muhtoj, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasasi, chet davlatlardan yashash manzillariga qaytib kelgan hozirda ishga joylashmay yurgan fuqarolarni yarmarkada qatnashishini taʼminlash choralarini koʻradi.
10. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi yarmarkada ishtirok etuvchi fuqarolarni ishsiz sifatida roʻyxatga olish tadbirlarini amalga oshiradi. Yarmarka boʻlib oʻtadigan joyni stol-stullar bilan jihozlaydi.
Inspektorlarning familiyasi ismini aks ettiruvchi beyjiklar bilan taʼminlanadi.
11. Yarmarkalarda mahalliy televideniya, roʻznomalar muxbirlari ishtirok etadi. Oʻtkazilgan yarmarkalar toʻgʻrisida turkum materiallar berib borilishini taʼminlaydi.
Tuman hokimining 2015-yil 18-maydagi 315-son qaroriga 9-ILOVA
Tuman hokimining 2015-yil 18-maydagi 315-son qaroriga 9.1-ILOVA
