2015/2016 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul toʻgʻrisida (172-son)
29.06.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining moliya, bank va soliq tizimlari hamda iqtisodiyotning real sektori ayrim tarmoqlari va korxonalarida investitsiya faoliyati uchun yuqori malakali magistrlar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga mutaxassisliklar kesimida qabul kvotalari 1-ilovaga muvofiq;
“Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)” mutaxassisligi boʻyicha qabul kvotalarining iqtisodiyot real sektori ayrim tarmoqlari va korxonalari kesimida taqsimlanishi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasi Qabul komissiyasiga Akademiyaga kirish jarayonida magistratura mutaxassisliklari boʻyicha abituriyentlar toʻplagan ballarning reyting baholanishini hisobga olgan holda Akademiyaning qabul koʻrsatkichlariga belgilangan umumiy kvotalar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-iyun,
172-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29-iyundagi 172-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga 2015/2016 oʻquv yilida qabul kvotalari
T/r. Mutaxassislik shifri Mutaxassisliklar nomi Jami Shu jumladan davlat granti toʻlov-kontrakt 1. 5A 230701 Bank ishi (faoliyat turlari boʻyicha) 55 18 37 2. 5A 230702 Bank hisobi va audit 12 5 7 3. 5A 230603 Investitsiyalarni boshqarish (bank sektori uchun) 29 7 22 4. 5A 230603 Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun) 16 5 11 5. 5A 230601 Davlat moliyasini boshqarish 31 15 16 6. 5A 230602 Korporativ moliya va qimmatli qogʻozlar bozori 7 2 5 7. 5A 230902 Audit (moliya sohasida) 5 3 2 8. 5A 231201 Sugʻurta ishi 10 - 10 9. 5A 231301 Pensiya ishi 15 10 5 10. 5A 230801 Soliqlar va soliqqa tortish 20 10 10 Jami 200 75 125
Izoh: “Davlat moliyasini boshqarish” mutaxassisligi boʻyicha davlat granti asosida 1 (bitta) oʻrin Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va 1 (bitta) oʻrin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uchun, “Pensiya ishi” mutaxassisligi boʻyicha davlat granti asosida 1 (bitta) oʻrin Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uchun maqsadli ravishda ajratilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29-iyundagi 172-son qaroriga 2-ILOVA
“Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)” mutaxassisligi boʻyicha qabul kvotalarining iqtisodiyot real sektori ayrim tarmoqlari va korxonalari kesimida taqsimlanishi
T/r. Vazirlik, idora va korxonalarning nomlari jami Shu jumladan davlat granti toʻlov-kontrakt 1. Iqtisodiyot vazirligi 1 1 - 2. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 2 2 - 3. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 1 1 - 4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2 1 1 5. “Oʻzavtosanoat” AK 1 - 1 6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK 2 - 2 7. “Oʻzbekneftgaz” MXK 3 - 3 8. “Oʻzmetkombinat” AIB 1 - 1 9. “Navoiy KMK” DK 2 - 2 10. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” ALK 1 - 1 Jami 16 5 11
Izoh: “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasidan nomzodlarga “Davlat moliyasini boshqarish” mutaxassisligi boʻyicha ham tanlovda ishtirok etishga ruxsat beriladi.
