Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida (SQ-32-III-son)
15.05.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 13-bandiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 13-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-4702-sonli Farmoni tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2015-yil 15-may,
SQ-32-III-son
