Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslarga, shu jumladan diplomatiya agentlariga qarshi jinoyatlarning oldini olish va bunday jinoyatlar uchun jazolash toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilish haqida (553-I-son)
26.12.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslarga, shu jumladan diplomatiya agentlariga qarshi jinoyatlarning oldini olish va bunday jinoyatlar uchun jazolash toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 26-dekabr,
553-I-son
