Shahar hududidagi korxona va tashkilotlardagi traktor transportlari hamda ularning tirkamalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish va mexanizator haydovchilarini malakasini oshirish toʻgʻrisida (31-son)
26.01.2015
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) va “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel), (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2013-y.,17-son, 229-moddasi) ijrosini taʼminlash maqsadida shahardagi korxona va tashkilotlardagi traktor transportlari hamda ularning tirkamalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish, mexanizator haydovchilarni malakasini oshirish, texnik vositalaridan unumli foydalanish va ularning texnik holatini, texnika xavfsizligini hamda yoʻl harakati qoidalarini talabga javob beradigan darajada saqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Shahardagi korxona va tashkilotlardagi traktor transportlari hamda ularning tirkamalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish va mexanizator haydovchilarning malakasini oshirish, texnika vositalaridan unumli foydalanish va ularning texnik holatini, texnika xavfsizligini hamda yoʻl harakati qoidalarini talabga javob berilishini taʼminlash komissiyasi tarkibi 1-ilovaga, shaharda traktor transportlari hamda ularning tirkamalari texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan korxona va tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga, korxona va tashkilotlarning traktor transportlari hamda ularning tirkamalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shahardagi tegishli tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan komissiya aʼzolarini transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish davrida komissiya tarkibida faoliyat olib borishlari uchun oylik ish haqlarini saqlagan holda vazifalaridan ozod qilib, shahar ichki ishlar boshqarmasining yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimiga kelishlari taʼminlansin.
3. Shahar hududida joylashgan, tasarrufida qishloq xoʻjaligi texnikalari va yoʻl qurilish mashinalari kabi texnikalari boʻlgan tashkilot va korxona rahbarlariga mavjud texnikalarni texnik koʻrikka sifatli qilib tayyorlash vazifasi yuklatilsin.
4. Shahar “Qoʻqon sadosi va Znamya truda” birlashgan tahririyati (M. Isaqova), “Muloqot” TV (X. Shermatov)larga korxona va tashkilotlardagi traktor transportlari hamda ularning tirkamalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish va mexanizator haydovchilarning malakasini oshirish toʻgʻrisida muntazam eʼlonlar berib borish hamda tegishli korxona, tashkilot mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
5. Belgilansinki, ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan shahar hokimining 2014-yil 28-yanvardagi 42-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimi oʻrinbosari S. Raxmanaliyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. ABDULLAYEV
Qoʻqon sh.,
2015-yil 26-yanvar,
31-son
Shahar hokimining 2015-yil 26-yanvardagi 31-sonli qaroriga 1-ILOVA
Shahardagi korxona va tashkilotlardagi traktor transportlari hamda ularning tirkamalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish va mexanizator haydovchilarni malakasini oshirish, texnik vositalaridan unumli foydalanish va ularning texnik holatini, texnika xavfsizligini hamda yoʻl harakati qoidalarini talabga javob berilishini taʼminlash komissiyasi
TARKIBI
Shahar hokimining 2015-yil 26-yanvardagi 31-sonli qaroriga 2-ILOVA
Shaharda traktor transportlari hamda ularning tirkamalari texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan korxona va tashkilotlar
ROʻYXATI
T/r Tashkilotlar nomi Sana Yuklagich Belarus ekskavator Traktor tir b-n 1. 2-paxta tozalash zavodi 1-2.04.2013 — — 3 2. Poyabzal hissadorlik jamiyati 3.04.2013 — — 1 3. “Mastona”AJ 4-5.04.2013 — — 4 4. “Kunchi” hissadorlik jamiyati 8-9.04.2013 — — 1 5. “Qoʻqonodyol” hissadorlik jamiyati 10.04.2013 — — 1 7. “Qoʻqonnon” hissadorlik jamiyati 11.04.2013 — — 1 8. SOʻX Oq-Tepa IRTB 18 — 20.06.2013 — 16 2 9. “Qoʻqon don” hissadorlik jamiyati 22-23.04.2013 — 1 3 11. “Qoʻqon yogʻ-moy” hissadorlik jamiyati 24 — 26.04.2013 1 1 5 13. “Qoʻqonmash zavodi” 29-30.04.2013 1 — 2 14. Farvilkommundrenaj idorasi 1.05.2013 — — 2 15. Elektromashinasozlik zavodi 2.05.2013 — — 2 16. “Suvoqava”boshqarmasi 3-4.05.2013 — 1 2 17. “Issiqlik manbai”korxonasi 6-7.05.2013 — 1 2 18. “Qoʻqonenergiyamarkaz” korxonasi 8 — 10.05.2013 — 1 2 19. Mator taʼmirlash x\j 13.05.2013 — — 2 20. “Koʻkalamzorlashtirish”korxonasi 14.05.2013 — — 1 21. “Qoʻqonmaxsusqurilish” 15-16.05.2013 — — 3 23. FKXSITF korxona 20 — 24.05.2013 6 10 14 24. KMU Prommontaj 27.05.2013 — — 2 25. Ikkilamchi i/ch korxonasi 28.05.2013 — — 1 26. Kar-soqovlar korxonasi 28.05.2013 — — 1 27. Koʻzi ojizlar korxonasi 29.05.2013 — — 1 28. SMP-370(Temiryoʻlbunyodkor) 30-31.05.2013 — — 1 29. Tiklash poyezdi 3.06.2013 — — 1 30. ORS NOD-2 -ITB 4.06.2013 — — 4 31. NGCh-2 5-6.06.2013 — — 2 32. MCh-2 7-8.06.2013 — — 1 33. ShCh-5 10.06.2013 — — 2 34. PCh-6 11 — 13.06.2013 — 1 4 35. Vagon deposi 14.06.2013 — — 3 36. Lakomativ deposi 17.06.2013 — — 1 38. Qoʻqon birlashgan yon ombori 18.06.2013 — — 1 39. Geofizika ekspeditsiyasi 19 — 21.06.2013 — 2 2 40. QDPI 22.06.2013 — 1 41. Yoʻl loyiha instituti 22.06.2013 — — 1 42. Avtoyoʻl KHK 24.06.2013 — 1 — 43. Rayonlararo “Qishxoʻjalikkimyo” 25-26.06.2013 — — 1 44. Qoʻqon neft bazasi UK 27-28.06.2013 — — 2 45. Moddiy texnika taʼminot bazasi 29.06.2013 — — 1 46. Sogʻliqni saqlash boʻlimi 1.07.2013 — — 1 47. Charxiy SM — — 1 48. Markaziy Dehqon bozori 2.07.2013 — — 1 49. Saxovat - 2000 3.07.2013 — — 1 50. Hozira Mubiyn (qabriston) 4.07.2013 — — 1 51. 51 Mahalla fuqarolar yigʻini 5.07.2013 — — 1 52. 62 Mahalla fuqarolar yigʻini 6.07.2013 — — 1
Shahar hokimining 2015-yil 26-yanvardagi 31-sonli qaroriga 3-ILOVA
Korxona va tashkilotlarning traktor transportlari hamda ularning tirkamalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
TARTIBI
Mashinalar va texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazishga “Oʻzdavtexnazorat” organlari tomonidan koʻrsatilgan joyga qoʻyiladi va quyidagilar tekshiriladi:
1. Har qaysi mashinaning roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomada (texnik pasportda, texnik talonda) koʻrsatilgan maʼlumotlarga mashina turi, markasi, modeli, zavod raqami, dvigatel raqami va davlat raqami belgisi muvofiqligi;
2. Har bir haydovchining mashina boshqarishiga yaroqlilik toʻgʻrisidagi belgilangan shakldagi tibbiy maʼlumotnomasi;
3. Har qaysi mashinaning texnik holati va jihozlari standart talablariga, yoʻl harakati va texnika xavfsizligi qoidalari hamda normalariga mos kelishlik jihatlarini;
4. Har bir mexanizator yoʻl transporti hodisalarini oldini olish boʻyicha 36 soatlik malakasini oshirish haqida guvohnomasi yoki bayonnoma taqdim etish.
