Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (94-son)
19.02.2015
Buxoro viloyati Shofirkon tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) muvofiq tumanda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Tuman ichki ishlar boʻlimi (A. Fozilov) belgilangan tartibda DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlarini tashkillashtirsin.
2. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari) odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi, mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilganlardan tashqari.
3. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-martdan 30-iyungacha;
ikkinchi marta — 1-sentabrdan 31-oktabrgacha oʻtkazilsin.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 30-iyungacha oʻtkazilsin.
4. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.
Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undiriladi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalaridan takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
Texnik koʻrik oʻtkazilganligi uchun yigʻim summasi tegishli mahalliy budjetga oʻtkazilsin.
5. Texnik koʻrikni oʻtkazish jadvali 1-ilovaga;
texnik koʻrikni oʻtkazish boʻyicha komissiyaning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Texnik koʻrikni oʻtkazish boʻyicha komissiya raisi (A. Kamolov)ga:
yuridik shaxsga texnik koʻrik oʻtkaziladigan muddatlar toʻgʻrisidagi bildirishnoma yuborish;
texnik koʻrikni tashkilotlarda, diagnostika stansiyalarida va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida ish vaqtida, texnik nazorat postlarida ish kunlarining kunduzgi va tungi vaqtlarida yoki haftaning dam olish kunlaridan birida oʻtkazish;
texnik koʻrikdan oʻtkazishda texnik jihatdan nosoz deb topilgan transport vositasining, shuningdek texnik holati belgilangan talablarga javob bermaydigan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining kamchiliklari va nosozliklarni bartaraf etish boʻyicha belgilangan tartibda tegishli choralarni koʻrish vazifalari yuklatilsin.
7. Mazkur qaror “Shofirkon ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M. Gʻaybullayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Sh. JUMAYEV
Shofirkon t.,
2015-yil 19-fevral,
94-son
Tuman hokimining 2015-yil 19-fevraldagi 94-sonli qaroriga 1-ILOVA
Texnik koʻrikni oʻtkazish
jadvali
T/r Yuridik shaxslarning transport vositalari Texnik koʻrikdan oʻtkazish joylari Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati Koʻrikka qoʻyilayotgan transport vositalari soni 1. Shofirkon tuman hokimligi A.Navoiy koʻchasi 16.03.2015 2 2. Aloqa pochtasi A.Navoiy koʻchasi 16.03.2015 2 3. PMK-2 “ABKS” Mustaqillik koʻchasi 17.03.2015 14 4. SMU-OBI HAYOT A.Navoiy koʻchasi 18.03.2015 11 5. PMK-203 Mustaqillik koʻchasi 19.03.2015 19 6. Markazay shifoxona Mustaqillik koʻchasi 20.03.2015 18 7. Sanepidstansiya A.Navoiy koʻchasi 20.03.2015 6 8. Salomatlik markazi A.Navoiy koʻchasi 20.03.2015 1 9. Tub sanatoriya A.Navoiy koʻchasi 23.03.2015 2 10. Tibbiyot birlashmasi A.Navoiy koʻchasi 23.03.2015 4 11. Xalq taʼlim boʻlimi A.Navoiy koʻchasi 23.03.2015 4 12. 19-son maktab internati A.Navoiy koʻchasi 24.03.2015 1 13. Qishloq xoʻjalik kolleji A.Navoiy koʻchasi 24.03.2015 4 14. Maishiy xizmat kolleji A.Navoiy koʻchasi 24.03.2015 2 15. Qishloq va suv kolleji A.Navoiy koʻchasi 25.03.2015 1 16. Tuman moliya boʻlimi A.Navoiy koʻchasi 25.03.2015 2 17. Vatanparvar MK oʻz joyida 25.03.2015 14 18. Milliy bank A.Navoiy koʻchasi 26.03.2015 1 19. Xalq banki A.Navoiy koʻchasi 26.03.2015 2 20. Paxta bank A.Navoiy koʻchasi 27.03.2015 1 21. Feruz fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 27.03.2015 1 22. Subxon Ortiq fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 28.03.2015 1 23. Jaxongir fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 28.03.2015 1 24. Kamolboy fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 30.03.2015 1 25. Abdurasulbobo fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 30.03.2015 11 26. Azim Shofirkon Yulduz fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 31.03.2015 1 27. Boʻston va oʻgʻillari fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 30.03.2015 1 28. Raximbobo-97 fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 31.03.2015 1 29. Ruslan Ravshanovich fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 31.03.2015 1 30. Qahhor Axmed fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 1.04.2015 1 31. Nasillo Gʻiyos Revgare fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 1.04.2015 1 32. Ismat Zokir fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 1.04.2015 1 33. “Adizobod” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 2.04.2015 1 34. “Farxod Mirzo” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 2.04.2015 1 35. “Raxmatbobo” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 3.01.2015 1 36. “Nurafshon” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 3.04.2015 1 37. “Xoliq Poʻlat” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 4.04.2015 1 38. “Farxod” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 4.04.2015 1 39. “A-Olimbobo” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 6.04.2015 2 40. “Kodir” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 6.04.2015 1 41. “Iskandar Kamol Saxov” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 7.04.2015 2 42. “Shofirkon Qurama” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 7.04.2015 2 43. “Axror bogʻi” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 8.04.2015 1 44. “Aslon” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 8.04.2015 1 45. “Omad yulduzlari shodasi” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 8.04.2015 1 46. “Farxod Hadicha Shaxzoda Shukur” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 9.04.2015 1 47. “Usta Nasim bogʻi” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 9.04.2015 1 48. “Yodgor Burxon” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 10.04.2015 1 49. “Muattar” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 10.04.2015 1 50. “Soxib” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 10.04.2015 1 51. “Shamsi Karim Muborak” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 11.04.2015 1 52. “Tarqqiyot” fermer xoʻ?aligi A.Navoiy koʻchasi 11.04.2015 1 53. “Otabek” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 11.04.2015 1 54. “Madina 2000-yil” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 11.04.2015 1 55. “Orza-97” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 11.04.2015 3 56. “Suxrob” fermer xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 13.04.2015 1 57. Kammunal xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 13.04.2015 5 58. Shofirkon TYXPTFK A.Navoiy koʻchasi 13.04.2015 32 59. Kishloq va suv xoʻjalik boshqarmasi A.Navoiy koʻchasi 14.04.2015 4 60. Paxta zavod A.Navoiy koʻchasi 14.04.2015 6 61. Veyet lichebnitsa A.Navoiy koʻchasi 14.04.2015 1 62. Gʻalaba shirkat xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 15.04.2015 2 63. Denov Boqi Xamroyev suvdan foydalanish uyushmasi A.Navoiy koʻchasi 15.04.2015 1 64. MTP DAJ A.Navoiy koʻchasi 15.04.2015 27 65. Jilvon suvdan foydalanish uyushmasi A.Navoiy koʻchasi 16.04.2015 1 66. Sh.Hamroyev shirkat xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 16.04.2015 10 67. Oxunboboyev shirkat xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 17.04.2015 10 68. U.Asadov shirkat xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 18.04.2015 11 69. I.Moʻmin shirkat xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 13.04.2015 5 70. Bobir shirkat xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 13.04.2015 15 71. Shofirkon shirkat xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 20.04.2015 4 72. Talisafedobod shirkat xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 21.04.2015 8 73. J.Oripov shirkat xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 22.04.2015 3 74. Qishloq xoʻjalik kimyo A.Navoiy koʻchasi 23.04.2015 4 75. KEXK-9 A.Navoiy koʻchasi 24.04.2015 4 76. Soliq inspeksiyasi A.Navoiy koʻchasi 24.04.2015 5 77. Madaniyat uyi A.Navoiy koʻchasi 25.04.2015 3 78. Kino video hissadorlik jamiyati A.Navoiy koʻchasi 25.04.2015 2 79. 60-son avtosaroy A.Navoiy koʻchasi 27-28.04.2015 84 80. Alibek MChJ A.Navoiy koʻchasi 29.04.2015 2 81. Pillaxona A.Navoiy koʻchasi 29.04.2015 2 82. Oʻzagrosugʻurta A.Navoiy koʻchasi 30.04.2015 2 83. Oʻrmon xoʻjaligi A.Navoiy koʻchasi 30.04.2015 6 84. Ishlab chiqarish SK A.Navoiy koʻchasi 1.05.2015 1 85. Super avto MChJ A.Navoiy koʻchasi 1.05.2015 12 86. Moxitobon Yulduzi firmasi A.Navoiy koʻchasi 2.05.2015 1 87. “Bogʻafz�l el. Montaj” MChJ A.Navoiy koʻchasi 2.05.2015 1 88. “Shofirkon non” MChJ A.Navoiy koʻchasi 4.05.2015 3 89. “Zolotoy les plyus” xususiy korxonasi A.Navoiy koʻchasi 4.05.2015 2 90. “Shofirkon ekvatorial teks” A.Navoiy koʻchasi 5.05.2015 4 91. “Hazrat Avtotexnik” NTM A.Navoiy koʻchasi 5.05.2015 6 92. “Ittifok Niyu” MChJ A.Navoiy koʻchasi 6.05.2015 2 93. “Gʻulomte” shaxsiy kichik korxonasi A.Navoiy koʻchasi 6.05.2015 1 94. “Shof Istiqboli” MChJ A.Navoiy koʻchasi 7.05.2015 2 95. “Baraka Omad Bonu” MChJ A.Navoiy koʻchasi 7.05.2015 4 96. “Oybek Ulugʻbek Otabek” SIChF A.Navoiy koʻchasi 8.05.2015 1 97. “Oʻzbekiston” IChSK A.Navoiy koʻchasi 8.05.2015 6 98. “Elmurod shox” SIChXK A.Navoiy koʻchasi 11.05.2015 2 99. “Haydarbek Parvonabonu” xususiy korxonasi A.Navoiy koʻchasi 11.05.2015 2 100. “Zaytuna Normurod” SIChF A.Navoiy koʻchasi 12.05.2015 2 101. “Shof Umid Omad” xususiy korxonasi A.Navoiy koʻchasi 12.05.2015 1 102. “Shof Avtopetrol” xususiy korxonasi A.Navoiy koʻchasi 13.05.2015 2 103. “Sultonobod oqshomi” xususiy korxonasi A.Navoiy koʻchasi 14.05.2015 1 104. “Denav oqshomi” xususiy korxonasi A.Navoiy koʻchasi 14.05.2015 2 105. “Shof mukammal qurilish” MChJ A.Navoiy koʻchasi 15.05.2015 1 106. “Moxitobon Shuxrati” SIChF A.Navoiy koʻchasi 15.05.2015 1 107. “Shof Texnik” NTM A.Navoiy koʻchasi 16.05.2015 6 108. “Avtotexservis” MChJ A.Navoiy koʻchasi 16.05.2015 1 109. “Sanjar servis”MChJ A.Navoiy koʻchasi 18.05.2015 3 110. “Usmonbek servis” MChJ A.Navoiy koʻchasi 18.05.2015 1 111. “Koinot yulduzi servis” MChJ A.Navoiy koʻchasi 19.05.2015 7 112. “Shibirgʻon texnika”MChJ A.Navoiy koʻchasi 19.05.2015 1 113. “Sayfullo Mangu” MChJ A.Navoiy koʻchasi 20.05.2015 2 114. “Ravshan Nodir servis” MChJ A.Navoiy koʻchasi 20.05.2015 1 115. “Nemat davlat qurilish” MChJ A.Navoiy koʻchasi 21.05.2015 1 116. “Baxriddin Baxrom” xususiy korxonasi A.Navoiy koʻchasi 21.05.2015 1 117. “Gulizar” xususiy korxonasi A.Navoiy koʻchasi 22.05.2015 2 118. “Feruzabonu Farangiz” xususiy korxonasi A.Navoiy koʻchasi 22.05.2015 2 119. Shofirkon oʻquv sport texnika klubi A.Navoiy koʻchasi 23.05.2015 2 120. “Mexriddin” xususiy korxonasi A.Navoiy koʻchasi 23.05.2015 1 121. “Nilufar Moxinur” MChJ A.Navoiy koʻchasi 25.05.2015 2 122. “Mikrokridit bank” A.Navoiy koʻchasi 25.05.2015 3 123. “Botir Baxrombek servis” MChJ A.Navoiy koʻchasi 26.05.2015 1 124. “Chigʻilbak Chandir texnikasi” MChJ A.Navoiy koʻchasi 26.05.2015 2 125. “Ibot Murodillo servis” MChJ A.Navoiy koʻchasi 27.05.2015 1 126. TPF Kometa A.Navoiy koʻchasi 27.05.2015 1 127. “Malik bobo” MChJ A.Navoiy koʻchasi 28.05.2015 1 128. “Ittifoq” MChJ A.Navoiy koʻchasi 28.05.2015 1 129. “Shermuhammad polvon” MChJ A.Navoiy koʻchasi 29.05.2015 1 130. “Shavkatjon” MChJ A.Navoiy koʻchasi 29.05.2015 1 131. “Hayot” MChJ A.Navoiy koʻchasi 30.05.2015 2 132. “Toʻlqintransservis” MChJ A.Navoiy koʻchasi 30.05.2015 1 133. “Toʻrayeva Munisa” xususiy korxonasi A.Navoiy koʻchasi 1.06.2015 1 134. “Mushtariy” savdo A.Navoiy koʻchasi 1.06.2015 2 135. “Agrotaʼmir qurilish” MChJ A.Navoiy koʻchasi 1.06.2015 3 136. “Tarozidor” xususiy korxonasi A.Navoiy koʻchasi 2.06.2015 1 137. “Elektr aloqa tarmoq” A.Navoiy koʻchasi 2.06.2015 1 138. “Agrosavdo” firmasi A.Navoiy koʻchasi 2.06.2015 1 139. “Nargiz” xususiy korxonasi A.Navoiy koʻchasi 3.06.2015 2 140. “Baxodir” MChJ A.Navoiy koʻchasi 3.06.2015 1 141. “Gavxar Diyorbek Bonu” xususiy korxonasi A.Navoiy koʻchasi 3.06.2015 1 142. “Qurilish va servis” xususiy kichik korxonasi A.Navoiy koʻchasi 4.06.2015 2 143. “Maishiy xizmat” xususiy kichik korxonasi A.Navoiy koʻchasi 4.06.2015 1 144. “Baraka omad Bonu trans” xususiy korxonasi A.Navoiy koʻchasi 4.06.2015 4 145. “Shofirkon Dav Suvmaxsus pudrat” A.Navoiy koʻchasi 5.06.2015 6 146. “Mediana Marakan” MChJ A.Navoiy koʻchasi 5.06.2015 1 147. “Sarafroz Sarvinoz servis” MChJ A.Navoiy koʻchasi 5.06.2015 2 148. “Amirxon Moxitobon” MChJ A.Navoiy koʻchasi 6.06.2015 1 149. “Rasul Xursand Moxitobon” MChJ A.Navoiy koʻchasi 6.06.2015 2 150. “Olmos Toʻra” MChJ A.Navoiy koʻchasi 6.06.2015 2 151. “Moxitobon Ravon Rox qurilish va taʼmirlash” MChJ A.Navoiy koʻchasi 8.06.2015 2 152. “Sanjar Chinoza” MChJ A.Navoiy koʻchasi 8.06.2015 1 153. “Alta qurilish Taʼmirlash” MChJ A.Navoiy koʻchasi 8.06.2015 2 154. “Ziyo Shaxriyor qurilish” MChJ A.Navoiy koʻchasi 9.06.2015 1 155. “Ravon yoʻl qurilish va taʼmir servis” MChJ A.Navoiy koʻchasi 9.06.2015 3 156. “Rubin maxsus mantaj” MChJ A.Navoiy koʻchasi 10.06.2015 5 157. “Muxabbat Malika” MChJ A.Navoiy koʻchasi 10.06.2015 1 158. “Naqqosh qora metal” MChJ A.Navoiy koʻchasi 10.06.2015 1 159. “Kosmetik taʼmir servis” MChJ A.Navoiy koʻchasi 11.06.2015 1 160. “Mukammal loyiha” MChJ A.Navoiy koʻchasi 11.06.2015 1 161. “Koyir bobo” MChJ A.Navoiy koʻchasi 11.06.2015 3 162. “Jamshid Samandar omadi” xususiy korxonasi A.Navoiy koʻchasi 12.06.2015 1 163. “Murod Toʻra” MChJ A.Navoiy koʻchasi 12.06.2015 1 164. “Joʻshqin rang servis” xususiy korxonasi A.Navoiy koʻchasi 12.06.2015 1 165. Obodonlashtirish birlashmasi A.Navoiy koʻchasi 13.06.2015 1 166. “Real frukt produkt” MChJ A.Navoiy koʻchasi 13.06.2015 1 167. “Axmadjon Asadbek omadi” MChJ A.Navoiy koʻchasi 13.06.2015 1 168. “Said Toʻqson Komiljon” MChJ A.Navoiy koʻchasi 15.06.2015 1 169. “Shoxrux Bekzod Yulduz” MChJ A.Navoiy koʻchasi 15.06.2015 1 170. “FAST QUALITY BUULDING” MChJ A.Navoiy koʻchasi 15.06.2015 1 171. “Shoxrux yulduzi” MChJ A.Navoiy koʻchasi 16.06.2015 1 172. “Marxabo Ruxshona trans” MChJ A.Navoiy koʻchasi 16.06.2015 1 173. “Orom” MChJ A.Navoiy koʻchasi 16.06.2015 1 174. “Baxrom Olim mangu” MChJ A.Navoiy koʻchasi 17.06.2015 1 175. “Azizbek tr savdo servis” MChJ A.Navoiy koʻchasi 17.06.2015 2 176. “Nurmurod Toʻra servis” MChJ A.Navoiy koʻchasi 17.06.2015 1 177. “Jilvon Agro qurilish” MChJ A.Navoiy koʻchasi 18.06.2015 3 178. “Xoʻja Gʻulomte” MChJ A.Navoiy koʻchasi 18.06.2015 1 179. “Kumush piramida” MChJ A.Navoiy koʻchasi 19.06.2015 1 180. “Shofirkon” MChJ A.Navoiy koʻchasi 19.06.2015 1 181. “Sherbek Hasan Orzu maxsus texnika” MChJ A.Navoiy koʻchasi 20.06.2015 1 182. “Shofirkon Azizbek ITK” MChJ A.Navoiy koʻchasi 20.06.2015 1 183. “Zebiniso Ziyo Nur” MChJ A.Navoiy koʻchasi 22.06.2015 1 184. “Shofirkon Avto ustoz” oʻquv korxonasi A.Navoiy koʻchasi 22.06.2015 3 185. “Mahmud Montaj qurilish servis” MChJ A.Navoiy koʻchasi 23.06.2015 1 186. “Asbob-uskuna” MChJ A.Navoiy koʻchasi 23.06.2015 1 187. “Akbar Shaxzod qurilish” MChJ A.Navoiy koʻchasi 24.06.2015 1 188. “Shofir Moxitobon” MChJ A.Navoiy koʻchasi 24.06.2015 1 189. “Olmazor tongi” MChJ A.Navoiy koʻchasi 25.06.2015 1 190. “Shofirkon Juynav qurilish” MChJ A.Navoiy koʻchasi 25.06.2015 1 191. “Shofirkon Agrotexservis” MChJ A.Navoiy koʻchasi 26.06.2015 2 192. “Ilxom Islombek texnik servis” MChJ A.Navoiy koʻchasi 26.06.2015 1 193. “Shofirkon Umid Omad” MChJ A.Navoiy koʻchasi 26.06.2015 1 Jami: 193 ta 622
Tuman hokimining 2015-yil 19-fevraldagi 94-sonli qaroriga 2-ILOVA
Texnik koʻrikni oʻtkazish boʻyicha komissiya
TARKIBI
F. Nizomov — Tuman ichki ishlar boʻlimi, yoʻl harakati xavfsizligi guruxi katta inspektori D. Sarikov — tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi X. Usmonov — tuman Transport departamenti boshligʻi M. Qobilov — “Davtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektori
