Avtomototransport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (5-son)
08.01.2015
Fargʻona viloyati Quva tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (OʻR QHT, 2013-y., 15-son, 197-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda) asosan tuman transport vositalarining 2015-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumandagi fermer xoʻjaliklari, korxona, tashkilotlarga qarashli avtomototransport vositalari 2015-yil 1-martdan 30-iyungacha texnik koʻrikdan oʻtkazilsin. Texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tumandagi fermer xoʻjaliklari, korxona, tashkilotlarga qarashli avtomototransport vositalari va shaxsiy turdagi yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi, ogʻir va xavfli yuk tashuvchi bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtuvchi avtotransport vositalari 2015-yil 1-martdan 30-iyungacha, ikkinchi marta 2015-yil 1-sentabrdan 31-oktabrgacha texnik koʻrikdan oʻtkazilsin. Texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Barcha jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 2015-yil 1-yanvardan 31-avgust kuniga qadar texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
5. Avtomototransport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Komissiya tarkibiga kiritilgan masul shaxslarning oylik maoshlari, mukofotlari 2015-yil 1-martdan 31-iyulgacha va 2015-yil 1-sentabrdan 31-oktabrgacha toʻliq saqlansin.
7. Komissiya zimmasiga:
texnik koʻrik davomida belgilangan jadvalga rioya qilish, avtomobillarni texnik koʻrikka tayyorgarligini, kerakli jihozlarni yetkazib berilishini, tuman mudofaa boʻlimida roʻyxatda turuvchi avtomobillarga barcha hujjatlarni rasmiylashtirilganligiga, avtomobillarni texnik pasportlarini, taʼmirga kirgizish roʻyxatlarini, ishga chiqish va qaytishini qayd etish kitoblarini yurgizilganligini, tekshirish va aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrish vazifalari topshirilsin.
8. Tumandagi fermer xoʻjaliklari, korxona, tashkilotlar rahbarlariga jadvalda koʻrsatilgan muddatga qadar avtomototransportlarni texnik koʻrikka tayyorlash va texnik koʻrik komissiyasiga taqdim etish vazifasi topshirilsin.
9. “Oʻzagrosugʻurta” DASK Quva tuman boʻlimi (O. Qoʻchqarov)ga fuqarolardan 2015-yil uchun transport vositalarining sugʻurta toʻlovlarini oʻz vaqtida undirilishini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
10. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2013-yil 28-dekabrdagi 1316-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. “Quva hayoti” roʻznomasi (Z. Aliyeva)ga 2015-yil avtomototransport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha qabul qilingan tuman hokimining mazkur qarori bilan belgilangan vazifalarning asl mohiyati va maqsadini sahifalarda chop etish vazifasi yuklatilsin.
12. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
13. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari R. Raximjonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Z. RAXMANOV
Quva t.,
2015-yil 8-yanvar,
5-son
Tuman hokimining 2015-yil 8-yanvardagi 5-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi fermer xoʻjaliklari, korxona, tashkilotlarga qarashli avtomototransport vositalarini 2015-yil 1-martdan 30-iyungacha texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
Eslatma: haftaning har shanba kunlari shaxsiy transport egalarini transport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun IIB YXXG boʻlinmasida qabul qilinadi.
Tuman hokimining 2015-yil 8-yanvardagi 5-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi fermer xoʻjaliklari, korxona, tashkilotlarga qarashli avtomototransport vositalari va shaxsiy turdagi yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi, ogʻir va xavfli yuk tashuvchi bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtuvchi avtotransport vositalarini 2015-yil 1-martdan 30-iyungacha, ikkinchi marta 2015-yil 1-sentabrdan 31-oktabrgacha texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
Tuman hokimining 2015-yil 8-yanvardagi 5-sonli qaroriga 3-ILOVA
Avtomototransport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
