7-modda
Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida · Sana: 18.12.1979 · Amalda
Ishtirokchi-davlatlar mamlakatning siyosiy va jamoat hayotida xotin-qizlar kamsitilishiga barham berish yuzasidan barcha tegishli choralarni koʻradilar, jumladan, ayollarga erkaklar bilan teng shartoitlar asosida quyidagi huquqlarni taʼminlaydilar:
a) barcha saylovlar va ommaviy referendumlarda ovoz berish va ommaviy saylanadigan organlarga saylanish;
b) davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish hamda davlat lavozimlarini egallash, shuningdek, davlat boshqaruvining barcha bugʻinlarida davlat vazifalarini amalga oshirish;
c) mamlakatning ijtimoiy va siyosiy hayot muammolari bilan shugʻullanadigan hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar va uyushmalarning faoliyatida qatnashish.
